IV. Mustahkamlash.
444- mashq. O'qing va ko'chiring. Ajratilgan fe'llarning bo'lishli-bo'lishsizligi, zamoni va shaxs-sonini qavs ichida yozing.
Sizning bobolaringiz Alpomish avlodlari bo'lgan ( bo’lishli, o’tgan zamon, III shax, birlik) . Ularni arslon kelbatli, sher yurakli deb ta'riflashgan. Chavandozlik, merganlikda ular bilan tenglashadigan odamlar bo'lmagan. Aql, tafakkurda ham dunyoni lol qoldirishgan. Siz ularga munosib voris bo'ling.
Muhabbat Hamidova
Matnda uchragan fe'l yasovchi qo'shimchalarni belgilang.
voris — ota-bobolar ishini davom ettiruvchi
V.Uyga vazifa:
445- mashq. Quyidagi rasmni kuzating. „Maktabimiz bog'ida hashar" mavzusida insho yozing. Mavzuni yoritishda qaysi turkumdagi so'zlardan ko'proq foydalandingiz? Qaysi turkumdagi fe'llar gapingizni tugallashingizga yordam berdi?
Bilimingizni tekshiring!
• Fe'l nimani bildiradi va qaysi so'roqlarga javob bo'ladi?
• Tuslanish nima? Shaxs-son qo'shimchalarini egalik qo'shimchalaridan qanday farqlaysiz?
• Fe'lda nechta zamon bor? Ular qaysilar?
• O'tgan zamon qo'shimchalarining aytilishi va yozilishini misollar bilan tushuntiring.
• Hozirgi zamon fe'li qaysi qo'shimchalar bilan hosil qilinadi?
• Kelasi zamon fe'li-chi?
159- dars
Mavzu: 15-nazorat ishi va tahlili.
Mavzu. Matnni og'zaki va yozma qayta hikoyalash. (Bayon.)
Maqsad. Matnni qayta hikoya qilish; ma'lum tayyorgarlikdan so'ng uni berilgan reja asosida yozma shakllantirish ko'nikmasini o'stirish.
Darsning borishi. I. Uy vazifasini tekshirish.
II. Darsning maqsadi bilan tanishtirish.
— Sizlar matnni savollar yordamida qayta hikoya qilishni va malum tayyorgarlikdan so'ng matnni rejaga qarab yozishni bilasiz. Bu darsda siz «Yaxshilik» mavzusidagi matnni avval savollar yordamida qayta hikoya qilib berasiz, birgalikda tayyorgarlik ko'ramiz va reja asosida bayonni yozasiz.
— Ayting-chi, bayonni yozishda nimalarga ahamiyat berasiz? (O'qituvchi o'quvchilar javobini qisqa umumlashtiradi, har bir bo'limni xatboshidan boshlashni, gaplarni, kishilar ismini bosh harf bilan boshlab yozishni unutmaslikni; bayonni yozib bo'lgach, albatta, tekshirishni uqtiradi.)
Yaxshilik
Erkin ko'chada o'ynab yurardi. U qo'shnisi Pirmat boboning kelayotganini ko'rdi.
Bobo shirinso'z edi. Erkin boboni sevardi.
Erkin boboning oldiga yugurib bordi. Boboning qo'lidan tugunchani oldi, uylarigacha kuzatib qo'ydi.
Pirmat bobo Erkinga rahmat aytdilar. Reja
1. Ko'chada o'ynab yurgan Erkin kimni ko'rdi?
2. Erkin boboni nima uchun sevardi?
3. U nima qildi?
4. Kim Erkinga rahmat aytdi?
III. Bayonni yozishga tayyorlash.
1. Matnni o'qituvchi o'qib beradi. (Zarur bo'lsa ikkinchi marta o'qib berishi mumkin.)
2. Xattaxtaga yozib qo'yilgan savollar (reja) yordamida matn o'quvchilarga qayta hikoya qildiriladi.
3. Imlosi qiyin so'zlar ustida ishlash: yugurib, yurardi, yurar edi kabi so'zlarning yozilishi tushuntiriladi (3-4 so'zni xattaxtaga yozibqo'yish mumkin).
IV. Bayonni yozish.
1. O'quvchilar birinchi qatorga sanani, ikkinchi qatorga sarlavhani yozadilar.
2. Rejaning birinchi savolini o'qiydilar va unga javobni xatboshidan boshlab yozadilar.
3. O'quvchilar yozganlarini tekshiradilar: xattaxtadan birinchi savolni qayta o'qiydilar, yozgan javoblarini bo'g'inlab o'qib tekshiradilar, yo'l qo'ygan xatolarini to'g'rilaydilar.
Keyingi bo'limlarni ham shu tartibda yozib tekshiradilar.
4. O'quvchi bayonni yozib bo'lgach, matnni rejaga qiyoslab yana bir bor tekshiradi.
V. Darsni yakunlash. Daftarlar tekshirish uchun yig'ib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |