III. Yangi mavzu bayoni.
62- mashq. She'riy ’archani o'qing’ yoddan yozing. Uyushiq bo'lakl’rni toping. Qaysi bo'lak ’yushib kelganini aniqlab, tagiga chizing.
Yashna, yuksal, diyorim,
Sensan baxtim, bahorim.
Madhing jo'shib’kuylamoq
Ko'ngli’dagi shiorim.
Mahmudjon Dadaboyev
63- mashq. O'qing’ Qaysi bo'lakl’r uyushib kelganini ayting.
1. Otabek og'ir t’biatli, ko'rkam’va oqko'ngil’yigit edi. (Abdulla Qodiriy) 2. Quyon va sichqonlar bir kunda yigirma martagacha uxlaydilar. 3. Nozikkina, chiroyli bir kapalak bor ekan. U kun bo'yi g’ldan gulga qo'nark’n va sharbatlar yig'arka’. („G'unch’"dan)”4. O'zbek’stonimiz o'z ra’zlariga: bayrog'iga,’gerbiga, madhiyasiga ega.
IV. Mustahkamlash.
64- mashq. Chizmani kuzating, unga mos gap tuzib yozing.
Bilimingizni tekshiring!
• Uyushiq bo’lak nima?
• Gapning qanday bo’lagi uyushib keladi?
• Uyushiq bo’laklar qaysi so’zlar yordamida bog’lanadi?
• Qay vaqtda uyushiq bo’laklar orasiga vergul qo’yiladi?
V.Uyga vazifa:
65- mashq. Matnni o’qing. Uyushiq bo’laklarni aniqlab, tagiga chizing.
Bo’ron bulutga maqtandi:
— Sal dag’dag’a qilgandim, to’zib ketding. Bulut dedi:
— Qirlarda va adirlarda o’sgan maysalarning chanqovini qondirmoqchi edim. Afsus, yaxshi ish qilmading. Sendan kuchsiz bo’lsa ham beozor, mayin yel afzal.
05.10.2016 23- dars.
Mavzu: 2-nazorat ishi. Matnni og’zaki va yozma qayta hikoyalash. (Bayon.)
Maqsad. Matnni qayta hikoya qilish; ma’lum tayyorgarlikdan so’ng uni berilgan reja asosida yozma shakllantirish ko’nikmasini o’stirish.
Darsning borishi. I. Uy vazifasini tekshirish.
II. Darsning maqsadi bilan tanishtirish.
— Sizlar matnni savollar yordamida qayta hikoya qilishni va malum tayyorgarlikdan so’ng matnni rejaga qarab yozishni bilasiz. Bu darsda siz «Yaxshilik» mavzusidagi matnni avval savollar yordamida qayta hikoya qilib berasiz, birgalikda tayyorgarlik ko’ramiz va reja asosida bayonni yozasiz.
— Ayting-chi, bayonni yozishda nimalarga ahamiyat berasiz? (O’qituvchi o’quvchilar javobini qisqa umumlashtiradi, har bir bo’limni xatboshidan boshlashni, gaplarni, kishilar ismini bosh harf bilan boshlab yozishni unutmaslikni; bayonni yozib bo’lgach, albatta, tekshirishni uqtiradi.)
Yaxshilik
Erkin ko’chada o’ynab yurardi. U qo’shnisi Pirmat boboning kelayotganini ko’rdi.
Bobo shirinso’z edi. Erkin boboni sevardi.
Erkin boboning oldiga yugurib bordi. Boboning qo’lidan tugunchani oldi, uylarigacha kuzatib qo’ydi.
Pirmat bobo Erkinga rahmat aytdilar.
Reja
1. Ko’chada o’ynab yurgan Erkin kimni ko’rdi?
2. Erkin boboni nima uchun sevardi?
3. U nima qildi?
4. Kim Erkinga rahmat aytdi?
III. Bayonni yozishga tayyorlash.
1. Matnni o’qituvchi o’qib beradi. (Zarur bo’lsa ikkinchi marta o’qib berishi mumkin.)
2. Xattaxtaga yozib qo’yilgan savollar (reja) yordamida matn o’quvchilarga qayta hikoya qildiriladi.
3. Imlosi qiyin so’zlar ustida ishlash: yugurib, yurardi, yurar edi kabi so’zlarning yozilishi tushuntiriladi (3-4 so’zni xattaxtaga yozibqo’yish mumkin).
IV. Bayonni yozish.
1. O’quvchilar birinchi qatorga sanani, ikkinchi qatorga sarlavhani yozadilar.
2. Rejaning birinchi savolini o’qiydilar va unga javobni xatboshidan boshlab yozadilar.
3. O’quvchilar yozganlarini tekshiradilar: xattaxtadan birinchi savolni qayta o’qiydilar, yozgan javoblarini bo’g’inlab o’qib tekshiradilar, yo’l qo’ygan xatolarini to’g’rilaydilar.
Keyingi bo’limlarni ham shu tartibda yozib tekshiradilar.
4. O’quvchi bayonni yozib bo’lgach, matnni rejaga qiyoslab yana bir bor tekshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |