30.09.2016 20- dars
Mavzu: Uyushiq bo’laklarning o’zaro bog’lanishi.
54-56-mashqlar
Darsning maqsadi: a) o’quvchilarning uyushiq bo’laklar haqidagi bilimlarini mustahkamlash. O’quvchilarning gapda so’zlarni bog’lovchi vositalar haqidagi bilimlarini aniqlash. So’z o’zgartuvchi qo’shimchalar bajaradigan vazifani misollar yordamida tushuntirish. Darslikdagi mashq matnlari orqali ularni mantiqiy fikrlashga o’rgatish. Lug’at diktant yordamida savodxonligini oshirish;
b) o’quvchilarga o’z Vatani—O’zbekiston tabiatining o’ziga xos tomonlari, ulardan zavq olish uchun asrab-avaylash lozimligi uqtiriladi.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: analitik-sintetik tovush metodi.
Darsning jihozi: rasm, jadvallar.
Darsning borishi:
1. O’quvchilarning darsga tayyorlanishini nazorat qilish.
2. Uyga berilgan 53- mashq qanday bajarilganini aniqlash.
Uyushiq bo’lakli gaplarni ko’chiring. Gapda qaysi bo’lak uyushib kelganini aniqlab, tagiga chizing.
T inish belgilarining qo’llanishiga diqqat qiling.
3. Yangi mavzu bayoni.
54- mashq. Gaplarni o’qing. Uyushiq bo’laklarni aniqlang.
1. So’zni aniq, to’g’ri yozish, Bilag’onga emas tashvish. (Obid Rasul)
2. Uyda va ko’chada odobli bo’ling. 3. Men Yo’ldosh-ni ko’rdim, lekin so’zlasha olmadim. 4. Oy yoritadi, biroq isitmaydi. (Maqol)
Har bir uyushiq bo’laklarning qanday bog’langanini ayting. Uyushiq bo’laklarda qanday tinish belgilar qo’yilgan?
Uyushiq bo’laklar ohang yordamida hamda va, ammo, lekin so’zlari bilan ham bog’lanadi.
Uyushiq bo’laklar va yordamida bog’langanda vergul qo’yilmaydi. Ohang yoki ammo, lekin so’zlari yordamida bog’lansa, vergul qo’yiladi.
IV. Mustahkamlash.
55- mashq. She’riy parchalarni o’qing va ko’chiring. Uyushiq bo’laklarning bog’lanishiga diqqat qiling.
Oq terakmi, ko’k terak, Har bir ishga qunt kerak. O’qishda va turmushda Mehnatsevar, bo’l ziyrak, Bizdan elga shu kerak.
Tolib Yo’ldosh
Maktabimiz bog’ida
Mehnat qildik hammamiz.
Naq oltin kuz chog’ida
Pishdi behi, olmamiz.
Qambar O’tayev
V. Uyga vazifa:
56- mashq. Matnni o’qing. Unga sarlavha toping.
Sahroda turli hayvonlar poda bo’lib yurishgan edi. Ular suv topolmay, tashnalikdan juda qiynalishdi. Quduq qazimoqchi bo’lishdi. Eng avval sher ish boshladi. U tezda charchadi. Ikkinchi bo’lib fil ishga kirishdi. U ham tezda charchab qoldi. Navbat jirafaga, bo’riga va tulkiga keldi. Ko’p o’tmay ular ham holdan toyishdi. Oxiri ishga mitti ohu kirishdi. U ingichka oyoqlari bilan qaziy-qaziy oxiri suv chiqardi. Barcha hayvonlar xursand bo’ldi.
(O’zbek xalq ertagi”dan)
Uyushiq bo’lakli gaplarni ko’chiring. Gapda qaysi bo’lak uyushib kelganini aniqlab, tagiga chizing.
Tinish belgilarining qo’llanishiga diqqat qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |