4. O`quvchilarni ijodiy yondashtirishga oid mavzularni yoritish (3- sinf)
3-sinf o`quvchilarni ijodiy fikrlashga o`rgatishning yangi va samarali yo`llarini izlab toppish faqat musiqa o`qitish metodikasi sohasi taraqiyoti uchun emas, balki barkamol shaxs tarbiyasini amalga oshirishda ham muhim ahamiyatga egadir.
Musiqa darslarida o`quvchilarni ijodiy izlanishga o`rgatishning eng qulay usullaridan biri musiqa darslarida ijro va qiyoslash metodidan foydalanish.
Ushbu metod quyidagicha amalga oshiriladi:
Asar ijrosi o`quvchi tomonidan amalga oshiriladi. O`quvchi ijrosi namunadagi ijro bilan taqqoslanib, ta’kidma- ta’kid uning yutuq va kamchiliklari tahlil qilinmog’i zarur. Musiqa ta’limiga bu usulda yondoshish bilim oluvchini o`z ustida mustaqil ishlashga, o`rganayotgan asar yuzasidan mustaqil fikrlashga, musiqiy asar ijrosiga ijodiy yondashishga undaydi.
5. O`quvchilarni ijodiy yondashtirishga oid mavzularni yoritish (4- sinf)
Mazmunan bir xil, lekin bajarish usuli bo`yicha turlicha bo`lgan ijodiy vazifalar yoki topshiriqlar 4-sinf o`quvchilarga tabaqalashtirgan holda yondoshuv uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Misol uchun “Musiqa janrlarni ajratib bil” mavzudagi ijodiy topshiriqini ko`rib chiqamiz: musiqa o`qituvchisi internentdan olingan musiqa asarlar (mp3) ni o`quvchilarga besh-oltitani eshtirib va ushbu asarlarni qaysi janrga taaluqligini aniqlanishni iltimos qiladi. Har bir o`quvchiga mazkur javob bilan ma’lum bir vaqt ichida mavzuga oid mumkin qadar ko`proq 3 janrga taaluqli asarlarni ajratishga vazifasi beriladi. Bu xil o`yinlar har bir o`quvchiga o`z imkoniyatini ko`rsatishga sharoit yaratadi. Ya’ni ayrim o`quvchilar vazifani bajarishning 2-3 asarni, boshqalari 3-4 xil, uchinchi birlari esa barcha asarlarni qaysi janrga taaluqligini aniqlab biladilar. Keyinchalik o`quvchilar berilgan javoblarni birgalikda tahlil etish va ularni bir tizimga keltirish har bir o`quvchining alohida imkoniyatining rivojlanishiga ko`maklashadi.
Fоydalanilgan adabiyotlar:
1. D.Karimova Musiqiy pedagogik mahorat asoslari. T. Iqtisod moliya. 2008y. 2. R.J.Ishmuxammedov. Innovatsion texnalogiyalar. Iste`dod. 2008 y. Qo`shimcha adabiyotlar 1.Ibrohimov O. 4 sinf «Musiqa» darsliklari T., 2004y. 2.Nurmatov H. va boshqalar. 1-3 sinf «Musiqa» darsliklari. T., 2002y. 3.Rahimov H «O`zbekiston Vatanim manim» 2 kitob. T., 1998y.