Agar ijodiy jarayon o`qituvchi tomonidan boshqarib borilsa, bolalar musiqiy tomondan faol rivojlanadilar: qo`shiqchilik intonatsiyalaridan erkin foydalanib, qo`shiq ohangini tezroq o`zlashtiradilar, ularda o`z ijrolarini eshitib nazorat qilish ko`nikmasi shakllanadi. 3. O`quvchilarni ijodiy yondashtirishga oid mavzularni yoritish (2- sinf) - Musiqa ijodkorligi faoliyati bolalarda musiqiy tafakkur, izlanish va ijodkorlik malakasini o`stira borishi bilan ham ahamiyatga molikdir. Bu faoliyat o`qituvchi ijrosida doyra chertib jo`rnavozlik qilish, sinf ijrosiga «dirijorlik» qilish, kuy ohangiga mos harakatlar (xususan, raqs) topish, she’r parchasiga kuy «bastalash» kabi ijodkorlik amaliyotlari bilan bajariladi. Musiqali harakatlar, cholg‘uchilik va ijodkorlik faoliyatlarini amalga oshirishda o`yin metodlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi.
- 2 sinf yil mavzusi: «Ijrochilik turlari. Musiqaning ifoda vositalari» Birinchi chorak mavzusi esa: «Yakkanavozlik, jo`rnavozlik» deb nomlanib, o`quvchilarga 1 - darsda uyga ijodiy vazifa qilib «Vatanimni madh etaman» mavzusida rasm chizib kelish topshiriladi.
- 3 - 4 darslar «Yakkanavozlik» deb nomlanib, jamoa bo`lib kuylash va ijodiy faoliyatlar jarayonida F. Nazarovning «Maktabim» qo`shig‘ini takrorlash uchun oldin o`quvchilar birgalikda jamoa bo`lib, qo`shiqni ijro etadilar, keyin har bir guruhga bajariladigan vazifa beriladi: 1 - guruh bolalar cholg‘u asbobida jo`r bo`lib chaladilar (uchburchak, shiqildoqlar), 2 - guruh esa fortepiano jo`rligida ijro etadi, 3 - guruh esa barmoqlar bilan chertib yoki chapak chalib, kuy ritmiga jo`r bo`ladilar. Keyin guruhlar bajaradigan vazifalari bilan almashadilar.
- 5 - 6 darslar mavzusi: «Jo`rnavozlik» deb nomlanadi. Ijodiy faoliyat jarayonida o`quvchilar o`rganilgan qo`shiqni raqs harakatlari bilan ijro etadilar. O`quvchilar guruhlarga bo`linadilar: birinchi guruh qo`shiq aytadi, ikkinchi guruh raqs harakatlarini bajaradi, uchinchi guruh esa musiqa usuliga qo`l bilan chertib jo`r bo`ladi. O`qituvchi qo`shiq musiqasini cholg‘u asbobida chalib beradi yoki audio, CD disk yozuvidan foydalanadi. Keyin guruhlar bajaradigan vazifalari bilan almashadilar. Keyingi darsda ijodiy faoliyat jarayonida o`quvchilar uch guruhga bo`linadi: birinchi guruh qo`shiq aytadi, ikkinchi guruh raqs harakatlarini bajaradi, uchinchi guruh cholg‘u asbobida chalib, musiqaga ritmik jo`r bo`ladi. Keyin guruhlar bajaradigan vazifalari bilan almashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |