“Ko’rsang ikkoviga ham salom ayt. Sunnetulla “Dizelnaya”da turadi!” dedi. Xom sut emgan banda emasmizmi, G’afur G’ulom va Muxtor Avezovning do’sti adabiyot yangiliklaridan bexabar bo’lsa kerak, deb o’ylardim. Oqsoqol ko’chaga chiqqanimizda “Muhammad Yusuf degan shoir chiqibdi. “Laganbardorlar” degan she’rini o’qidim. “Podxalim”lar ottirib yuborgan Izbosar Fozilovni eslab yig’ladim. Senlar bilmaysanlar: o’ttizinchi yillarning o’rtalarida bizlar RSFSR sostavida edik. Moskvaning yangiligi To’rtko’l va Chimboyga bir oyda yetib kelsa, Toshkentning habarlarini bir-ikki kun ichida eshitardik. Usmon Nosir degan shoir chiqib “o’zbek Lermontovi” deb nom olgan edi. Xuddi bizning qaldirg’och dramaturgimiz Abduraxman O’tepovdek nohaq qamalib, yosh o’lib ketdi, bechora. Endi sizlarga Alloh uzoq umr bersin!” deb xayrlashdi. Nukus ko’chasidan o’ychan odimlar ekanman, Muhammadjon aka tomonidan Toshkentdagi “Bilimlar uyi”da o’qilgan o’sha she’rning satrlari mis qo’ng’iroq zarblaridek quloqlarim ostida jarangladi: Mehribon homiysi shogirdlarining. O’zi o’ldirib, so’ng mozorigacha Ko’tarib borishar tobutlarini… Aziz ustozimiz, allomai zamon Ibrohim G’afurov quyidagi so’zlarni yozganida ming bora haqdir: “Ulug’ tarixiy, ijtimoiy hodisalar o’z odamlarini – o’z shoirlari, o’z siyosatchilari, ijodkor fidokorlarini yaratadi. Muhammad Yusuf xuddi istiqlol uchun yaratilgandek edi. U xuddi Mahtumquliga o’xshardi. She’rlari ozod xalq orzulari bilan tutashib ketgan edi…” Shoir shaxsi bilan lirik qahramon ichki olami barcha zamonlarda adabiyot ilmini o’yga solgan. Yuqoridagi satrlardan kelib chiqib taniqli munaqqid Umarali Normatov “Shoirning lirik qahramoni g’aroyib shaxs” degan xulosaga kelib, uning ijodida “jahon yangi she’riyati nafasi” va “yangicha she’riy tafakkur” epkini paydo bo’lganiga ishora qiladi. Ikkinchi atoqli munaqqid Abdug’afur Rasulov esa “Shoir she’riyati – mukammal vujud: unda har bir a’zo, asab tolasi, qon qatrasi, kiprikdan tirnoqqacha aniq vazifani bajaradi.” deb yozadi. Uchinchi tajribali munaqqid Saydi Umirov shoir she’rlarining tavsifiga “Tabiiy va samimiy, jozibador va maftunkor, ta’mli va totimli, sodda va teran, xalqona va mardona” degan metaforalarni qo’shadi. Uchala ustozning munosib izdoshi Adhambek Alimbekov esa shoir ijodi haqida tugal monografiya yozib, uni “Latif she’riyat” deb nomladi. Asar adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |