Mavzu: muhammad rahimxon II feruz hayoti va ijodi


Muhammad Rahimxon II – Feruz hayot yo’li



Download 29,26 Kb.
bet2/5
Sana15.01.2022
Hajmi29,26 Kb.
#368227
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu muhammad rahimxon II feruz hayoti va ijodi

Muhammad Rahimxon II – Feruz hayot yo’li

Buyuk iste’dod sohibi Feruz 1844 yil Xivada tug’ilgan. Otasi Sayyid Muhammadxon o’limidan so’ng Feruz taxt egasi bo’ldi. Bu voqea 1863 yilga to’g’ri keladi. U 16 yoshida xonlik tojini kiygan. Muarrixlar Muhammad Rahimxon II ning xonlik davrini 1863 yildan 1910 yilgacha deb yozganlar. U 1910 yil vafot etgan.

Feruzshunos olima G. Ismoilovaning yozishicha, Xiva va uning tevarak-attofidagi shoir, adabiyotchi, muarrix, musiqashunoslar saroyga yig’ilib, bir adabiy markaz vujudga keltirildi. Muhammad Rahimxonning bevosita homiyligi ostida o’nlab iste’dodli shoirlar, ajoyib sozandalar, xushxat xattotlar, muarrixlar etishib chiqdi. U har bir shoir she’rlarini jam’ qilib, devon tuzish kabi xayrli ishlarni amalga oshirdi. o’nlab tuplamlarning yaratilishiga rahnomalik qildi. «Bayozi musaddasot», «Bayozi muxammasot», «Bayozi ash’or» kabilar fikrimizga dalildir.

Feruz rahbarligida Tabibiyning «Majmatush shuaro», Bayoniyning «Shajarai Xorazmshohi» asarlari yaratilgan. «Majmatush shuaro»da Feruz saroyida yig’ilgan o’ttizga yaqin shoirlar ijodidan namunalar berilgan.

XIX asrning o’rtalariga kelib Xorazm madaniy hayotida alohida taraqqiyot yuz berdi. Ilgari vayron bo’lib ketgan binolar qaytadan tiklandi. Yangidan sug’orish inshootlari, karvonsaroylar va 60 ga yaqin masjid, madrasa barpo qilindi. Nodir iste’dod egasi (Matniyoz) Komil Xorazmiy oddiy xattotlikdan Muhammad Rahimxon zamonida mirzaboshilik lavozimiga ko’tarildi. 1873 yilda esa devonbegi mansabiga tayinlandi. Komil Xorazmiy «Rost» maqomiga bastalagan «Murabbai Komil» va «Peshravi Feruz» ayni zamonda ham mashhur.

Muhammad Rizo Ogahiyning «Iqboli Feruziy» (yoki «Shohidi iqbol») nomli tarixiy asari Feruz hukmronlik qilgan davr voqealariga bag’ishlangan.


Ogahiy, Komil Xorazmiy, Rojiy va boshqa adiblar ko’plab asarlarni fors-tojik tilidan o’zbekchaga tarjima qilganlar. Atoqli tarjimashunos N. Komilov to’g’ri ta’kidlagan kabi bu davrda Xorazm tarjimachilik maktabi paydo bo’lgan edi.

Bu vaqtga kelib «Mahfiloro», «Badoe’ul vaqoe’», «Haft kishvar», «Vomiq va Uzro», «Mehru Moh», «Bahori donish», «Chor darvish», «Anvori Suhayliy», «Shohnoma», «Guliston», «Ahloqi Muhsiniy» kabi asarlar fors-tojik tilidan o’zbekchaga o’girildi.

Muhammad Rahimxon II Xivada toshbosma tashkil etib, kitob chop etishni ham yo’lga qo’ygan.

Feruz hukmronlik qilgan davr g’oyatda alg’ov-dalg’ov bo’lib, xonliklar orasida o’zaro nizo kuchli edi. Buxoro amirligi, Qo’qon xonligi, Xiva xonligi orasida birlik yo’q edi. Mana shu qarama-qarshiliklardan chor Rossiyasi ustalik bilan foydalandi. 1866 yil Rossiya qo’shinlari Buxoro chegaralariga bostirib kirdi. 1868 yilga kelib Buxoro amirligi, Qo’qon xonligi Rossiyaga tobe’ bo’ldi.

1873 yil Kaufman rahbarligida jami 13 ming kishidan iborat qo’shin, 55 to’p-zambarak bilan Xivaga qarshi yurish boshladi. 1873 yilning 29 may kuni Xiva egallandi. Ammo Xiva o’rislar tomonidai ishg’ol qilinishidan oldin, bu erda to’ntarish bo’lib, Muhammad Rahimxon II o’rnida uning ukasi Otajon to’ra xon deb e’lon qilingai edi. Xiza ishg’ol qilingandan so’ng, Kaufman Feruzni yana taxtga o’tirg’izdi (O’zSSR tarixi, II-tom. «Fan», T.- 1971 yil, 29-bet).

Rossiyanint Xivaga ko’z olaytirishi Pyotr I davrida boshlangan. Tarixdan ma’lumki Petr I ning Bekovich-Cherkasskiy boshliq ekspeditsiyasi 1714-1717 yilda Xiva ostonalarida tor-mor qilib tashlangan, keyinroq V.A. Perovskiy ekspeditsiyasi (1839-1840) ham barbod bo’lgan edi.

Rus chorizmining bosqinchilik siyosatiii yoqlab vitse-kantsler Gorchakov yozadi: «Bu (ya’ni bosqinchilik) sharoit taqozosi bo’lib, boshqa davlatlar ham xuddi shunday qilgan. Masalan, Frantsiya Jazoirni, Gollandiya o’z mustamlakalarini, Angliya Ost-Indiyani, xullas davlatlar manfaatparastligidan ko’ra noiloj zaruriyat taqozosiga binoai mana shunday yo’ldan borishimiz muqarrar bo’lib qoldi».

Xuddi shu kitobda general-gubernator S.M. Duxovskiy o’z hukumatiga murojaat qilib yozgan xatida: «... bu erdagi aholiga odamiylik va insonparvarlikning keng negizlarini qo’llab bo’lmaydi», degan. Turkistonni boshqarishda chorizm mahalliy mehnatkashlarni ezish, ulariing huquqlarini nazar-pisand qilmaslikka asoslangan edi.


Muhammad Rahimxon II mana shunday davrda yashab, hukmronlik etib, ijod qilgan. Muarrixlarning ta’kidlashicha, u «Shashmaqom»ga o’n uchta kuy bastalagan. Bu kuylar hozirgn kungacha G’arbu Sharqdagi musiqa shinavandalariga manzurdir.

Hasanmurod qori Muhammadamin o’g’li Lafasiyning «Xiva shoirlari va adabiyotchilarining tarjimai hollari» tazkirasida quyidagi hikoyat keltirilgan: «Doiy- Yusuf Hoji nomi bilan mashhur bo’lib, hamma vaqt Xiva ulamo va sipohilarini mazammat (mazax) etib, haqorat qilib yurur erdi. Feruz esa Doiyning hurmatnni joyiga qo’yar, unga in’om berib turardi. Muhammad Rahimxon Doiyni shul tariqa sipohiy va ulamolarni haqorat qilib, mazammat etishidan voqif ekanligiga qaramay, uni masjidi Kalon voizligi mansabiga tayinlaydi. Doiy masjiddagi va’zlarida ham vazirlar va ulamolarni tanqid qiladi va ulardan shikoyat etib turadi. Aning har bir gapini xonga etkazib turardilar. Bir kun xon Islomxo’jaga: «Bugun nahordan juma masjidiga borgil va voiz nasihatlarini yana eshitib kelgil,- deb farmon berdi. Islomxo’ja o’zining yaqinlarini olib, namozga bordi. Yusuf Hoji ularnn ko’rib mazammat etib aytadi: «Fuqaro - dehqonlarga jabr-zulm etib, alarning manglay teri bilan topilgan aqchalarini olib, bunday aqchalar bilan madrasa, masjid bino qildursa, qandoq savob bo’lur? Bunday ishlarning jazosini topsalar kerak...» Islomxo’ja ushbu gaplarni xonga so’zlab beradi. Xon esa... Doiyga sarupo in’om etadi».

Quyidagi shoh baytlardan iborat g’azal Feruznikidir:

Nechuk ofat eding, ey sarviqomat,
Boshimga soldi ishqing yuz qiyomat.
Qiyomat sho’rishin jahonga solding,
Jahondin mun’adam bo’ldi farog’at.
Farog’at istagan, chiqsun jahondin,
Topilmasdur tiriklikda salomat.
Salomat ahli loshiga falakdin,
Dame tinmay yog’ar sangi malomat.
Malomat toshidin ozurdadurlar,
Bu ko’hna dayrda ahli farosat.
Farosat xaylining ollida bo’l qul,
Boshingga solmayin chini malolat.
Malomat chekmayin desang jahonda,
Xudoning berganiga qil qanoat.
Qanoat birla sabr o’lsa sanga ish,
Har ishda qilmagung hargiz nadomat.
Nadomat birla umrim o’tdi, yo Rab,
Etur tongla Rasulingdin shafoat.
Shafoat jomidin sarshor qilg’il,
Hazin Feruzni shohi risolat.


Download 29,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish