Mavzu: muhammad rahimxon II feruz hayoti va ijodi



Download 29,26 Kb.
bet3/5
Sana15.01.2022
Hajmi29,26 Kb.
#368227
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu muhammad rahimxon II feruz hayoti va ijodi

Feruzning ijodiy merosi

Ogahiy Muhammad Rahimga ustodlik qildi, unga sheʼriyat sirlarini oʻrgatdi, tarihdan, tarjima ilmidan saboq berdi. U Al-Xorazmiy, Beruniy, Mahmud Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud kabi buyuk allomalar haqida dastlab Ogahiydan dars eshitdi. Keyinchalik esa ularning ijodiy meroslarini toʻplashga kirishadi va Pahlavon Mahmud ruboiylaridan bir kitob tartib etadi.

Muhammad Rahim 1863 yilda otasi Said Muhammadxon vafot etgandan keyin uning oʻrniga Xiva xonligi taxtiga oʻtiradi. Bu voqeaga bagʻishlab shuaro va fuzalolar tarix va qasidalar bitdilar, masnaviylar yaratdilar. Ogahiy tomonidan bitilgan tarix va yozilgan qasida alohida ahamiyat kasb etadi.

Ogahiyning Feruzga bagʻishlagan qasidasidaunga otaning oʻz oʻgʻliga, ustodning shogirdiga bergan nasihatlari, tilak va istaklari, adolatparvarlik va xalqparvarlik niyatlari ifodalangan. Ogahiyning ushbu qasidasi yirik pand-nasihat haqidagi asar boʻlib, mamlakatni boshqarishda Feruz faoliyatida unga berilgan yoʻl-yoʻriq ham edi. Feruz bu vaqtda endigina oʻn toʻqkiz bahorni koʻrgan yigit boʻlib, oʻn yilcha mustaqil ravishda xonlik qildi. Ammo Rusiya imperiyasining Xiva xonligini bosib olishi natijasida, qolgan davrda uning vassali sifatida davlatni boshqardi.

Muhammad Rahim yoshligidan adabiyotga havas qoʻyadi. Alisher Navoiy, Munis, Ogahiy, Komil singari shoirlarning asarlarini qunt bilan oʻrganib, ularga ergashib sheʼrlar yozdi, yozgan sheʼrlariga “Feruz” (gʻolib, baxtli, saodatli) deb taxallus qoʻyadi. Ayniqsa, oʻziga qadar oʻtgan Sharq adabiyoti vakillarini ustod deb bildi.

Ogahiy bilan Feruz oʻrtasida shogird va ustodlik munosabatlari mustahkam edi. Hatto Ogahiy oʻz shogirdi Feruzga ota-oʻgʻildek munosabatda boʻladiki, bu albatta Feruz faoliyatiga taʼsir etmay qolmadi. Feruz bilan bir davrda yashab ijod qilgan olimu shoirlar, uning fuqaroparvar, adolatli va raxmdil shohlardan biri sifatida talqin etadilar.

Feruz saroyiga shoir, tarixnavis, olimu fuzalo, tarjimonu xattot, tabibu sozanda va shunga oʻxshash zamonasining madaniyat arboblarini atrofiga toʻpladi. Feruz fan-madaniyat rivojiga katta ahamiyat berdi. U oʻz atrofiga shoiru sozandalarni toʻplab har haftada gʻazalxonlik, sheʼrxonlik kechalari tashkil qilgan. Bu haqda Bayoniy bunday yozgan: “Xon hazratlari haftada ikki kun: juma va dushanba oqshomlarida ulamo bila suhbat tuzib, kitobxonlik etdurur erdilar”. Feruzning oʻziham sheʼr yozgan, ashula aytgan va musiqa bastalagan. Buni uning OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik, H. Sulaymonov nomidagi Koʻlyozmalar institutlari, Maskov, Sankt-Peterburg shaharlari hamda Britaniya, Fransiya, Turkiya kabi mamlakatlarning kutubxonalarida saqlanayottan “Gʻazaliyoti Feruz”, “Bayozi Feruz”, “Devoni Feruz” asarlari ham tasdiqlaydi.

Feruz sheʼriyati qoʻlyozma devon va toshbosma bayozlarda bizga toʻliq yetib kelgan deyish mumkin. Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida shoirning oʻnga yaqin gʻazal majmualari mavjud. Bundan tashqari uning sheʼrlari oʻsha vaqtda Xorazmda tuzilgan turli xil bayoz, majmualardan ham oʻrin olgan.

Feruz ijodiga nazar tashlar ekanmiz, unda shoir gʻazaliyotining juda koʻp qismi ishq-muhabbat mavzuiga bagʻishlanganligining guvohi boʻlamiz. 

Ishq elin shohiman, vale oshiqining qatorida

Ushbu hazining ul pari koʻziga ilmadi, netay. 

Shoir insonning insonga boʻlgan muhabbatini ulugʻladi va unga har bir insonning eng muhim fazilatlaridan biri deb qaradi. Inson va hayotni, sevgi va sadoqatni oʻz ijodining asosi qilib olgan Feruz sevgini sadoqatsiz, mehrni oqibatsiz tasavvur qilaolmaydi. Bular shoir lirikasining yetakchi gʻoyaviy asosini tashkil qiladi. Uning koʻpchilik gʻazallari oʻz zamonasida sozandalar va goʻyandalar tomonidan kuyga solib kuylanib kelindi. Ular bugungi kunda ham musiqashunoslarimizning diqqatini oʻziga tortmoqda.

Feruz ijod ahliga gʻamxoʻrlik qildi, ularga maosh tayinladi. Ularning kitoblarini bosib chiqarish uchun qoʻlidan kelgan barcha ishlarni amalga oshirdi. Feruz shoirlarning asarlaridan iborat har xil tazkiralar, bayozlar tuzdirdi. “Haft shuaro”, “Bayozi gʻaza-liyot”, “Bayozi muxammasat”, “Bayozi musaddasat” kabi toʻplamlar shular jumlasidandir. Feruzning tashabbusi bilan isteʼdodli shoir Ahmadjon Tabibiy “Majmuat ush-shuaroyi Feruzshohiy”, “Muxammasat ush-shuaroyi Feruzshohiy” tazkiralarini tuzdi. Bu majmualar Feruz xonlik qilgan davrda yaratilgan boʻlib, oʻsha davr adabiy harakatini oʻrganishda qimmatli manba boʻlib xizmat qiladi.

Feruz xonlik qilgan davrda Xiva davlatining biroz markazlashuvi natijasida ilm-fan, madaniyat va adabiyot rivojlandi. Feruz tashabbusi bilan Xiva shahrida toshbosma tashkil etildi. Unda Feruz farmoni bilan Alisher Navoiyning “Chor devon”, “Xamsa” singari asarlari ilk bor chop etildi. Munis, Ogahiy, Komil, Bayoniy, Mirzo, Avaz Oʻtar, Devoniy, Niyoziy, Chokar singari shoirlarning asarlari koʻplab nusxada bosilib chiqdi. Xorazm shoirlarining asarlaridan tashkil topgan bayoz, tazkira va boshqa xalqlar adabiyotidan qilingan tarjima asarlar ham shu matbaada nashr qilindi. Feruz tarjima qilinishi kerak boʻlgan asarlarning roʻyxatini tuzdirib, turli tarjimonlarni bu ishga jalb etgan. Natijada Feruz davrida “Xorazm tarjima” maktabi vujudga keldi. Bu davr tarjimonlari tomonidan oʻzbek tiliga oʻgirilgan qator tarixiy, badiiy, ilmiy-falsafiy asarlar madaniyatimizning nodir durdonalari boʻlib qoldi.

Feruz tarjimonlik, xattotlik, kitobot ishlari, tazkira, majmua va bayozlar yaratish boʻyicha ham bir muncha ishlarni amalga oshirdi. Tarix, tibbiyot, badiiy adabiyot va musiqaga doir koʻplab qoʻlyozma manbalar qayta tiklandi hamda yangidan-yangi asarlar vujudga keldi.

Bu ulkan merosni xalqqa yetkazish va uni kitobot qilishda Xorazm kallegraflarining xizmatlari nihoyatda kattadir. Ular oʻzlariga xos uslubda sodda va aniq qilib, nasx, sulx, rayhoniy singari arab xati shaklidan foydalanib yuzlab qoʻlyozma asarlarga sayqal berdilar. Xorazmda bu davrda koʻchirilgan qoʻlyozmalarning koʻpchilik qismi adabiyotga oid boʻlib, ular oʻtmish va zamondosh shoirlarning devon, bayozlari hamda turli xil majmua, tazkiralaridan iborat edi. Bularning barchasi Feruz farmoni asosida amalga oshirildi. Muhammad Rahim soniy – Feruz xonlik qilgan davrdashu tariqa meʼmorchilik, musiqa, xattotlik, naqqoshlik kabi bir qator sanʼat turlari rivojlandi. Bu davrda fotografiya va kino sanʼati vujudga keldi. Turmushga garmon, grammafon, elektr singari yangiliklar kirib keldi.

Feruz musiqashunos sifatida shoir va bastakor Pahlavon Niyoz Mirzoboshi Komilni Xorazm shashmaqomini tanburga moslab nota yozishga undadi. Komil “Xorazm tanbur notasi” deb yuritiladigan “Tanbur chizigʻi”ni yaratdi. Komildan keyin esa bu ishni uning oʻgʻli Mirzo Feruz talabi asosida Xorazm shashmaqomini yetti maqomda tanburga moslab nota yozdi. Feruzning oʻzi ham bir qancha sheʼrlarga musiqa bastalagan. Shoir Komilning tashviqi bilan butun shashmaqom kuylarini mukammal oʻrgangan, “Navo”, Segoh” va “Dugoh” maqomlariga bogʻlab kuylar yaratgan edi. Bu kuylar Xorazm musiqachilari orasida mashhurdir.

Muhammad Rahim soniy davrida xonliqda juda koʻp qurilishlar amalga oshirildi, madrasa, masjid, bogʻlar barpo etildi.

U 1871 yilda Koʻhna Ark qarshisida oʻz nomiga madrasa qurdirib bitkazadi. Bu madrasa XIX asr meʼmorchiligidagi eng nodir yodgorliklardan biri boʻlib, ikki qavatli qilib qurilgandir. Unda mullavachchalarning oʻqishi uchun yozgi va qishki masjid, darsxona va kutubxonalar hamda ularning yashashlari uchun 76 hujra qurilgan. Feruzning bevosita rahbarligi va tashabbusi bilan yigirmadan ortiq madrasa, masjid, minora, xonaqolar quriladi.

Feruz yerlarni suv bilan taʼminlash, bogʻ-rogʻlar barpo qilish ishiga ham alohida ahamiyat berdi. Uning buyrugʻiga muvofiq Qoʻngʻirot tumani sarhadida katta ariq bunyod etildi. Xalq ushbu ariqning qurilishiga Muhammad Rahim soniy rahbarlik qilganligi uchun ariqni uning nomi bilan Xon arigʻi deb atadi. Kalta minor, Amirobod, Saribiy kabi ariqlarning qazilishi va qayta tiklanishi ham Feruz nomi bilan bogʻliqdir. Feruz Angarik, Tozabogʻ, Bogʻishamol va boshqa kanal hamda bogʻlarning qurilishiga ham rahbarlik qildi.

Shu bilan birga 47 yil-u sakkiz oy-u 20 kun Xorazmda hukmronlik qilganligining oʻzi ham uning adolatparvar hukmdor, xalqparvar shoir, maʼrifatparvar buyuk shaxs boʻlganligidan dalolat beradi.

Davlat arbobi, isteʼdodli shoir, zukko musiqashunos va sozanda, ilm-fan homiysi boʻlgan Muhammad Rahim soniy – Feruz umrining oxirida chap tomoni butunlay shol boʻlib, falaj kasaliga uchraydi.

Bayoniy Muhammad Rahim soniy janozasida qatnashadi va oʻz koʻzi bilan koʻrganlarini, Feruzning tobuti oʻzi qurdirgan madrasaga qoʻyilib, oʻsha yerda janoza oʻqilganligini, Isfandiyor boshliq barcha ulamo, fuzalo va arkoni davlatning hozir boʻlganligini hikoya qiladi.

Umuman, Feruz xalqimiz tilida, dilida oʻzining qilgan yaxshi va ezgu ishlari, yozgan sheʼrlari va bastalagan kuylari, qurdirgan imoratlari bilan abadiy qoldi.




Download 29,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish