Azeatrop aralashma-mineral suv bilan qaynash harorati
99.6
97.8
-
98.9
98.7
73.45
72
-
Ichki (oraliq) rafinatlarni quyidagi texnologik usullari bilan ajratib olinadi.
1. Ekstrakt eritmasini haroratini pasaytirish bilan.
2. Ekstrakt eritmaga suv qo'shish bilan.
3. Ekstrakt eritmaga yana ekstrakt qo'shish bilan.
4. Yuqori haroratda erituvchini yangi miqdori bilan yuvish.
Buning natijasida birinchi uch usulni qo'llaganda erituvchini selektivligi ortadi va ekstrakt eritmadan oraliq rafinatni ajratib olinadi. To'rtinchi usulda esa moy gach va petrolatumdan ajratib olinadi.
2. 5.2.Moylarni deasfaltlash
Qoldiq moylarni gudron va yarim gudronlardan ishlab chiqariladi. Bu fraktsiyalarda ayniqsa smolali neftlardan olingan bo'lsa 50% gacha smola va asfalten bo'ladi. Smola-asfaltenli birikmalarni murakkabligi selektiv erituvchini qo'llashga yo'l bermaydi. Shuning uchun moyni qimmatbaho uglevodorodlari uchun erituvchi tanlanadi. Smola-asfaltenli birikmalar erituvchida deyarli erimasdan cho'kmada qoladi. Erituvchi sifatida suyuq propan ishlatiladi.
2.2.Moylarni deasfaltlash jarayoni Moy uglevodorodlarining propandagi eritmasidan smolalar 50-850С oralig'ida engil ajraladi.
Haroratni yuqori darajasi propanni kritik harorati bilan (96,80С) chegaralanadi. Propanning harorati kritik temeraturaga yaqinlashgani sari uning eritish qobiliyati pasayadi, moyni uglevodorodlari qisman smolalar bilan cho'kib qoladi. Buning natijasida moyning chiqishi pasayadi. Past haroratda buni teskarisi bo'lib suyuq propanni eritish qobiliyati ortadi va 400С da smolalar propanda eriydi va moyni sifati pasayadi.
Jarayon kolonnada olib boriladi. Propan kalonna tagidan beriladi, moylar esa tepa qismidan, kolonnani tepa qismida harorat 70-750С va pastki qismida 50-600С bo'ladi. Kalonnani tepa va pastki qismida haroratni har xil ushlab turish natijasida moydan smola va asfaltenlarni to'liq ajratib olinadi. Haroratni bu farqiga deasfaltlash gradienti deyiladi. Propanni suyuq holda ushlab turish uchun jarayonni 4-4,5 MPa da olib boriladi.
Erituvchini va boshlang'ich mahsulotni nisbatini tajriba yo'li bilan topiladi va u xom-ashyodagi uglevodorodlar soniga bog'liq. Uglevodorodlar miqdori qancha ko'p bo'lsa propan bilan boshlang'ich mahsulot nisbati ham shuncha ko'p bo'ladi.
Propan va boshlang'ich modda 4:1 dan 8:1 gacha bo'lgan nisbatda olinadi.
Propanni miqdorini ma'lum darajagacha oshirish deasfaltizat sifatiga yaxshi ta'sir ko'rsatadi, smolali-asfaltenlarni cho'ktirish tezlashadi. Deasfaltdash jarayonini bir bosqichda olib borish mumkin lekin olingan mahsulotni sifati ikki bosqichli jarayonda ko'ngildagidek bo'ladi. Birinchi bosqichda olingan asfalt eritmasidan qimmatbaho uglevodorodlarni ajratib olish uchun ikkinchi bosqichda deasfaltlanadi. Ikki bosqichli sxemada gudrondan moyni olish 10% ga ortadi. I va II bosqich deasfaltizatlari sifat bo'yicha katta farq qiladi. II bosqich deasfaltizatidan juda yopishqoq moylar olinadi.
7-jadval