Mavzu: moylarni fenol va furfurol bilan tozalash. Neft parafinlarini deparafinlash. Moylarni fenol bilan selektiv tozalash


Moylarni tanlab eritadigan erituvchilar bilan tozalash



Download 0,71 Mb.
bet2/10
Sana17.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#812326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
YO\'LDOSHEV BOBURBEK DAVRONBEK O\'G\'LI (1)

1.1.Moylarni tanlab eritadigan erituvchilar bilan tozalash.
Moy frakstiyalari uglevodorodlarning har xil sinflari va geterostiklik birikmalarning aralashmalaridan iboratdir. Uglevodorodlarni fizik xossalari ularni ma’lum sifnlarga mansub ekanligini va molekulyar massalariga bog’liqdir.
Geterostiklik uglevodorodlarning fizik xossalari boshqalardan farq qilib, ular har-xil haroratda, har-xil tezlikda organik erituvchilarda tanlab eritiladi.
Selektiv erituvchilar deb, shunday suyuq moddalarga aytiladiki, ma’lum haroratda neft mahsulotlari aralashmasidan faqat keraksiz, tozalanishi kerak bo’lgan komponentlarni ajratib oladigan, bu jarayonda boshqa uglevodorodlarni eritmasdan va ularda erimasdan qoladigan moddaga aytiladi. Tozalash maqsadlari uchun shunday erituvchilar tanlab olinadiki, ular bir-biridan keskin farqlanadigan erkin haroratda har-xil moddalarni eritadigan bo’lsin.
Ba’zan erituvchilar uglevodorodlarni yaxshi eritadi va keraksiz komponentlar eritmalardan cho’ktirilib, osongina ajratiladi. Shu tamoyilga asosan smolaasfaltenli birikmalar va qattiq uglevodorodlar ajratib olinadi. Boshqa jarayonlarda esa buni teskarisi bo’lib, erituvchilar kerakli komponentlarni eritmasdan, keraksiz komponentlarni eritib yuboradi. Bu usul moylarni fenol va furfurol bilan selektiv tozalashda qo’llaniladi. Tozalangan mahsulot va keraksiz komponentlarning konstentrati har-xil jarayonda o’zini nomiga ega. Masalan: deasfaltizastiya jarayonida tozalabolingan moy deasfaltizat deyiladi, smolali-asfalten moddali konstentrat esa smola-asfalten deyiladi.
Deparafinlash jarayonida olinadigan maxsus deparafinlangan moy, deparafinat, qattiq uglevodorodlarni esa gach yoki petrolatum deyiladi. Fenol yoki furfurol bilan tozalanganda toza moy-rafinat va smola asfaltenli polistiklik aromatik uglevodorodlar aralashmasi- ekstrakt deyiladi. Erituvchilar selektiv ideal emas, ya’ni erituvchi fazalardan birini to’liq eritadi va ikkinchisi qisman. Masalan, fenol polistiklik aromatik uglevodorodlarni yaxshi eritadi, lekin shu bilan birga moyli uglevodorodlarni ham qisman eritishi mumkin.
Distillyat moy frakstiyalari, odatda, deasfaltizastiya qilinmaydi. Distillyat va qoldiq moylarni umumiy texnologik sxemasi shu bilan farq qiladi. Moy frakstiyalari tozalangandan so’ng, ularning rangi o’zgaradi, ular ancha rangsizlanadi. Smola va polistiklik aromatik uglevodoordlardan tozalash natijasida moylarni kokslanishi va qovushqoqlik indeksi oshadi. Smola va to’yinmagan uglevodorodlardan tozalash moyni termik barqarorligini oshiradi. Kislota xususiyatiga ega bo’lgan uglevodorodlardan tozalash esa korroziya aktivligin pasaytiradi va qattiq uglevodorodlardan tozalash qotish haroratini pasaytiradi.
Moylarni tovar holatiga keltirib tayyorlash kompoundirlash qurilmasida olib boriladi. Engil, o’rta va og’ir distillyat hamda qoldiq komponent bo’lsa moylarni xoxlagan navini tayyorlash mumkin.
Moylarni tozalash jarayonida selektiv erituvchilardan foydalaniladi. Selektiv erituvchilar suyuq modda bo’lib, ma’lum haroratda aralashmasdan, faqat ma’lum komponentlarni (boshqalarini eritmasdan va ularda o’zi erimasdan) ajratib boradi. Ba’zan erituvchilar uglevodorodlarni yaxshi eritadigan va keraksiz komponent cho’kmaga tushadi, engili ajratib olinadi. Deasfaltizastiya va deparafinizastiya ana shunga asoslangan.
Erituvchilarga (fenol, furfurol, N-metilpirrolidon, dixlor etan, suyultiruvchi propan, karbomidlar) suv, benzol, toluol qo’shib, ularning sellektivligini va erituvchilik qobiliyatini o’zgartirish yoki nazorat qilish mumkin bo’ladi.
Suv, benzol, toluollarni qo’shib aralashtirish erituvchilarni sellektivligini o’zgartirib yuboradi. Suv qo’shilganda sellektivlik oshib, umumiy erituvchanlik pasayadi. Benzol va toluol qo’shilganda esa erituvchilarning sellektivligi pasayadi va umumiy erituvchanlik ortadi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish