Mavzu: moylarni fenol va furfurol bilan tozalash. Neft parafinlarini deparafinlash. Moylarni fenol bilan selektiv tozalash


Fenol va furfurolning fizik-kimyoviy xossalari



Download 0,71 Mb.
bet4/10
Sana17.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#812326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
YO\'LDOSHEV BOBURBEK DAVRONBEK O\'G\'LI (1)

1.3.Fenol va furfurolning fizik-kimyoviy xossalari
Berilganlardan ko’rinib turibdiki, fenolning zichligi deyarli katta emas, bu esa rafinatni va ekstraktli eritmalarni to’qnashtirganda fazalarda ajralish sharoitiga salbiy ta’sir qiladi. Haydash haroratining yuqori bo’lishi quvurli o’choqlarda yoqilg’ining ko’p sarf bo’lishiga va qurilmalarda isitish xarajatlarining ko’payishiga olib keladi. Fenolning boshqa kamchiliklari: kristallanish haroratining balandligi, bunda ekstraktor kolonnasida ishchi harorat diapozoni qisqaradi, yuqori qovushqoqligi, bunda kolonnada oraliq oqimlarni to’qnashtirganda fazalar muvozanatini hosil bo’lish tezligi pasayib, modda almashinish yomonlashadi ,yuqori zaharliligi, kolonna tipidagi qurilmalarda emulstiyalanishga moyilligi baland.
2-jadval
Fenolning fizik-kimyoviy xossalari

1

Issiqlik sig’imi, 45 0С da, kJ/(kg∙grad)

2,11

2

Qovushqoqlik, 450С da




3

Kinematik, mm2 /s

3,8

4

Dinamik, Pa∙s

4.0

5

Harorat, 0С




6

Chaqnashi

79

7

Bug’larining havoda alangalanishi

430

8

Atmosfera bosimida qaynashi

181

9

Erishi

41

10

Suvda eruvchanlik harorati 200С /400С

8.2/3.6

11

Suvning fenolda eruvchanligi %, 400С

33.2

12

Bug’lanish entalriyasi, kJ/mol

45

13

Suv bilan aznotrop aralashmani qaynash harorati atmosfera bosimida, 0С

99.6

14

Suv bilan azeotorp aralashmadagi fenolning tarkibi %

9.2

15

Dipol moment

1.7

Fenol-etanol erituvchisi bilan ekstrakstiyalanganda rafinat chiqishi 4-5% quruq fenol bilan tozalanganda nisbatan ortadi. Fenolning ajratish xossasini ko’tarish uchun unga qo’shimcha engil benzin frakstiyasi, spirtlar, sirt faol moddalar fenolning tanlash xossasini ko’taradi. Furfurol erituvchisi. Furfurol bilan tozalashning afzalligi: rafinat distillyatlarining ko’p chiqishi bilan va xom-ashyoning diaromatizastiyalash bilan baholanadi. Furfurol yoqimli non hidini eslatadigan rangsiz suyuqlikdir. U tarkibida pentazon saqlagan chiqindilarni gidrolizlash va kislota qo’shtb qaynatish yo’li bilan olinadi. Kimyoviy tabiati bo’yicha Furfurol aromatik aldegidlarga o’xshab ketadi. Uning struktura formulasi: Past haroratda (30-400С) Furfurolda qattiq parafinlar va asfaltenlar erimaydi, oltingugurt birikmalari va smolalar sekin va parafin-naften uglevodorodlari judayam sekin eriydi. 400С haroratda qaynaydigan molekulyar aromatik uglevodorodlar 60-80 0С da yaxshi eriydi. Eritish xossalarini yaxshilash uchun benzol, asteton, spirtlar, xloroform va boshqa molekulyar organik birikmalar qo’shiladi. Furfurol uglerodning turli guruhlarini tanlashi xom-ashyoning tarkibiga, ekstrakstiyaning harorat rejimiga, erituvchining xom-ashyo bilan nisbatiga bog’liq bo’ladi. Tozalash sharoitiga qarab rafinat va ekstraktning uglevodorod tarkibi o’zgarib, Furfurol bilan tozalanganda taqsimlanish koeffistienti fenol bilan tozalanganga nisbatan ancha yuqoridir. Erituvchining keng qo’llanilishiga qaramay Furfurol bir qancha kamchiliklarga ham ega. U kam zaharli bo’lsada, yuqori harorat va havo kislorodi ta’sirida oksidlanib, o’zining dastlabki xossalarini yo’qotadi.
3-jadval
Furfurolning fizik-kimyoviy xossalari

1

Issiqlik sig’imi, 45 0С da, kJ/(kg∙grad)

1160

2

Molekulyar og’irlik

9603

3

Sindirish ko’rsatkichi, 41 0С

1.5261

4

Kritik harorat, 0С

396

5

Kritik bosim, MPa

5.43

6

Issiqlik sig’imi, 450С da, kJ/(kg∙grad)

1.59

7

Qovushqoqlik, 450С da




8

Kinematik, mm2 /s

0.907

9

Dinamik, Puaz

1.02

10

Harorat, 0С




11

Chaqnashi

59

12

Atmosfera bosimida qaynashi

162

13

Erishi

-39

14

Suvda eruvchanlik %,0С




15

Furfurol suvda

5.9

16

Suv furfurolda

4.5

17

Bug’lanish entalpiyasi, kJ/mol

44

18

Suv bilan azeotorp aralashmaning qaynash harorati, 0С

97.5

19

Azeotrop aralashmadagi furfurolning tarkibi %

35

20

Dipol momenti

3.57

N- metilpirrolidon erituvchisi.
N- metilpirrolidon - qiyin uchuvchan erituvchi bo’lib, ijobiy ekologik va toksikologik xarakterga ega. Qulay eruvchanligi va yuqori tanlash xossasiga ega bo’lgani uchun, u neft va kimyo sanoatida keng ko’lamda ishlatilmoqda.
4-jadval
N- metilpirrolidon fiz-kimyoviy xossalari.

1

Zichlik 20 0С kg\m3

1028

2

Molekulyar og’irlik

99.13

3

Kritik harorat, 0С

451

4

Kritik bosim, MPa

4.78

5

Harorat 0С,
Yonish nuqtasi
Atmosfera bosimida qaynashi
Erishi

245 
204.3


-23.6

6

Bug’lanish entalpiyasi, kJ/mol

550

7

Kritik hajmi

0.316

8

Sirt tarangligi

0.041

9

Portlash chegarasi, hajmiy ulushda, %
Pasti
Yuqorisi

1.3
9.5



10

Dipol momenti

1.7

N- metilpirrolidon kuchli qutbli erituvchi hisoblanadi. U rangsiz, harakatchan suyuqlik bo’lib, kuchsiz aminosulfatli hidi bor. N- metilpirrolidon cheksiz proporstiyada suv va ko’pgina organik erituvchilar bilan aralashishi mumkin. N- metilpirrolidon suv bilan azeotropik aralashma hosil qilmaydi va termik barqaror hisoblanadi. Moylar ishlab chiqarishda yarim tayyor mahsulotlardan tozalashda N- metilpirrolidon aromatik uglevodorodlarni va geterobirikmalarni, jumladan organik oltingugurtni tanlab eritadi. Parafin uglevodorodlarni eritishda inert bo’lgani uchun u furfurolga va ayniqsa fenolga raqobatbardosh hisoblanadi.


Moylarni selektiv erituvchilar bilan tozalash jarayoni uchun quyidagi omillar muhimdir:
1.Jarayonning harorati. 2. Moy frakstiyasini erituvchida eruvchanligining kritik harorati. 3. Xom-ashyo va erituvchilarnig nisbati. 4. Erituvchini xom-ashyo bilan o’zaro ta’siri. 5. Bosim ostida suyultirilgan gazlarni erituvchi sifatida ishlatilganda o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Erituvchini moy eritmasidan va kerak bo’lmagan komponentlar eritmasidar regenerestiyalash bir necha bosqichda amalga oshiriladi: - erituvchi yuqori haroratda va atmosfera bosimida haydab ajratiladi; - suv bug’i bilan haydab olinadi; - vakuum ostida haydab olinadi;
Tozalangan mahsulot erituvchining qoldiq miqdori 0,005-0,02%dan ortiq bo’lmasligi kerak.
Moylarning qimmatbaho uglevodorodlari GACh yoki ekstraktga o’tib ketishi mumkin. Bu asosan, erituvchining etarli darajada sellektiv bo’lmaganlini sababli yuz beradi. Buning natijasida qimmatbaho va keraksiz komponentlar orasida turgan uglevodorodlar yo’qoladi. Bu komponentlar ichki rafinat deyiladi. Bu komponentlarning yo’qolishi asosiy mahsulot chiqishini pasaytiradi.
Eng ko’p tarqalgan tozalash mujassamlashgan qurilmalarda fenol va furfurol yordamida o’tkaziladi. Bunday qurilmalarning ahamiyatli tomoni shundaki, ularda bir vaqtning o’zida distillYatli va qoldiq xom-ashyoni qayta ishlash imkoniyati mavjud.
Rafinat chiqishini oshirish va ekstrakt bilan birgalikda chiquvchi kerakli komponentlar yo’qolishini kamaytirish uchun, shuningdek turli tarkib va xususiyatdagi ikki rafinatlarni olish maqsadida ikki bosqichli fenolli tozalash qo’llaniladi. Xom-ashyoni birinchi kiritilishida tozalik uchun talab etilgan fenolni taxminan yarim miqdori beriladi. Ekstrakstion kolonna yuqorisidan og’irlashtirilgan rafinat ikkinchi bosiqch tozalash uchun ikkinchi ekstrakstion kolonnaga yuboriladi va bu erga qolgan qism fenol kiritiladi. Ikkinchi kolonna yuqorisidan yakuniy rafinatli eritma erituvchini qayta ishlash jihoziga kiritiladi. Tozalashdagi 1 va 2-bosqich ekstraktli eritmalarni fenolli qayta tiklash tizimiga yuboriladi.
Kam qavushqoqli past haroratda qotuvchi moylarni olish uchun engil distillyatlarni tozalash nisbatan past temperaturalarda (35-400С) amalga oshiriladi. Qurilma texnologik sxemasida sovutish tizimi tushirilgan. Sovutish tizimi ekstrakstiya kolonnasi pastki qismidan restirkulyastiyalanuvchi xom-ashyo va ekstraktli eritma uchun sovutgichlarda foydalaniladigan suvni 3-8 0С ga sovutib berishga mo’ljallangan.
Moy frakstiyalarini tanlab ta’sir etuvchi fenol yordamida tozalash jarayoni texnologik tizimi.
Qurilmaning asosiy bloklariga quyidagilar kiradi: fenol-suv azeotropik bug’li aralashmadan fenolni absorbstiyalash, ekstraktlash, rafinatli eritma tarkibidan fenolni ekstrakstiyalash.
Xom-ashyo 1-nasos yordamida 2- issiqlik almashtirgichga beriladi, 3-bug’li qizdirgich orqali o’tib, 5-absorberni yuqori tarelkasidan beriladi. Xom-ashyoni absorberga kirishdagi harorati 110-115 0С ga teng. Absorberni pastki qismidagi suyuqlik sathiga ko’ra xom-ashyoni uzatish boshqarilib turiladi. Buning uchun qizdirish liniyasida klapan o’rnatilgan. Absorberning pastki tarelkasi ostida azeotropik aralashma bug’lari kiritiladi. Xom-ashyo oqimi ko’tarilayotgan bug’lar bilan to’qnashib, undan fenol absorbstiyalanadi. Suv bug’lari chiqishi bilan 4- kondensator-sovutgichga tushadi va hosil bo’lgan kondensat suv bug’i ishlab chiqarish tizimiga yuboriladi.
Xom-ashyo unda absorbstiyalangan fenol bilan birgalikda absorber pastki qismidan 10-ekstrakstion kolonna o’rta qismidan beriladi. Kolonnalar nasadkali yoki tarelkali tipda bo’lishi mumkin. Kolonna yuqorisidagi harorat erituvchining kritik haroratidan taxminan 8-120С ga past holda ushlanadi, odatda qoldiq xomashyo uchun 1150С dan oshmagan holda va kam qovushqoqligi xom-ashyo uchun 500С. Kolonnalar yuqorisi va pastki orasidagi hosil qilinadigan harorat gradienti 10-300С ni tashkil etadi. Moy distillyatlarini tozalashda fenolning karraligi xomashyoga nisbatan 1,2-2 oralig’ida, deasfaltizatni tozalashda esa 2,5-4 bo’ladi.
Tarkibi 0,005%dan ko’p bo’lmagan fenol saqlagan rafinat 12-nasos yordamida 17-issiqlik almashtirgich orqali o’tib rezervuarga yuboriladi.
10-kolonnadan chiqariladigan ekstraktli eritma 11-nasos yordamida 24- issiqlik almashtirgich orqali 27- quritish kolonnasiga beriladi. Bu kolonnaga ekstraktli eritmani kiritishdagi harorati 150-1600С ga teng yarim berk tarelkalar yordamida ikki qismga bo’linadi, 27-kolonna yuqori qismi 12ta tarelka bilan jihozlangan va pasti tub qismidir. Ekstraktli eritma va unga birlashtirilgan fenolsuvli kondensat 27-kolonnada suvsizlantiriladi.
Bu kolonna yuqorisidan azeotrop aralashma bug’lari (taxminan 91% mass. qolgani fenol) chiqariladi, pastki qismidan esa fenolni asosiy massasi va ekstraktdan tarkib topgan suvsiz eritma chiqariladi. Kolonna yuqorisidan chiqarilayotgan azeotrop aralashma bug’larini bir qismi 5-absorberga, qolgan miqdori esa 19-havoli sovutgichdan o’tib, hosil bo’lgan suv-fenolli kondensat 15- yig’gichda yig’iladi.
27-kolnnaning yarim berk tarelkasida yig’iluvchi ektraktli eritma 25- qaynatgichga o’tadi. Bu erda u 32-kolonnadan chiqayotgan kondensastiyalanuvchi fenol bug’lari bilan qizdiriladi. Suvsizlantirilgan ekstraktli eritma 27-quritish kolonnasi pastki qismidan 29-nasos yordamida olinib, 30- zmeevikli pechda 250- 2600С gacha qizdirilgan holda 32-bug’lanish kolonnasiga beriladi.
Eritmaning 32-kolonna pastida 30-pech orqali restirkulyastiyalanadi. 31- nasos yordamida 30- zmeevikli pech orqali amalga oshiriladigan eritma stirkulyastiyasi ekstrakstion kolonna pastidagi haroratni taxminan 3300С gacha oshiradi. Bu orqali kolonna qoldiq mahsulotidagi fenolni miqdorini kamaytirishga erishiladi. 32-kolonna 0,2-0,3MPa ortiqcha bosimda ishlaydi. Kolonna yuqorisidagi harorat ishchi bosimda fenolni qaynash temperaturasiga teng. U 230- 2400С chegarasida o’zgarib turadi. Tarkibida 2-5% (mass.) fenol saqlagan ekstraktli eritma 32-kolonna pastki qismidan o’z oqimi bilan 36-bug’latuvchi kolonnaga o’tadi va u erda suv bug’i bilan shamollaniladi.
32-kolonnadan chiquvchi fenol bug’lari 25-qaynatgich uchun issiqlik tashuvchi hisoblanadi. Qayta tiklangan fenol 24-issiqlik almashtirgich va 26-sovutgich orqali 28-quruq fenolli yig’gichda yig’iladi. 36 -kolonnadan chiquvchi fenol va suv bug’lari 35-havoli sovutgichda kondensastiyalanadi va ekstraktli eritma bilan birgalikda kondensat aralashmasi 27-quritish kolonnasiga beriladi. 36 -kolonnadan ekstrakt 37-nasos yordamida 2-issiqlik almashgichdan o’tib, rezervuarga chiqariladi.
5-jadval
Moylarni fenolli tozalash ko’rsatkichlari:

Ko’rsatkichlar 

Tozalangan xom-ashyo 

 Kam qovushqoqli distillyat

 O’rta qovushqoqli distillyat

 Qovushqoqli distillyat

 Deasfal tizat

 Xom-ashyo tavsifi

 Zichlik 200С dagi, kg/m3

885

912

924

911

 Qovushqoqlik, 1000С da, mm2 /s

8.9

5.9

9.2

20.6

 Kondrson bo’yicha koksliligi, % (mass)










0.9

 Oltingugurt miqdori, % (mass)

1.7

1.6

1.8

1.5

Jarayon parametrlari

Fenolni xom-ashyoga nisbatan sarfi, % (mass)

350

200

400

550

Kolonnadagi harorat, 0С
Yuqorisida
Pastida

45
32



60
40



65
45



88
68



Rafinat tasnifi

Zichlik 200С dagi, kg/m3

838

855

867

876

Qovushqoqlik, 1000С da, mm2 /s

7.7

4.9

6.8

15.4

Kondrson bo’yicha koksliligi, % (mass)

_

_

_

_

Oltingugurt miqdori, % (mass)

0.3

0.4

0.4

_

Qovushqoqlik indeksi

104

103

97

95

Rafinat chiqishi, % (mass)

51

55

65

50



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish