(ko`pincha ba`zi xomashyo va yangi mahsulot ta`minotchilariga xos); 3)
monopolist bozorga o`z hukmini o`tkazadi,
bahoni nazorat qiladi, tovarning
bozorga kelishini o`z qo`lida ushlab turadi; 4) monopolist tomonidan raqiblar
uchun bozorga kirish yo`li to`la to`siladi. Bunda
uning yagonaligi ish bersa,
zaruriyat tug`ilsa, sun`iy to`siqlar ham ishga solinadi. Ayniqsa bunda patent,
litsenziyalardan to`la foydalanish mumkin.
Hozircha shu bilan chegaralanib (chunki quyida yana monopolizmga
qaytamiz), bundan keyingi model — monopollik raqobatni ko`rib chiqaylik. Bunda
tanholik yoki ommaviylik sharoiti hukmron bo`lmay, bozorda nisbatan ishlab
chiqaruvchilar ko`p bo`ladiyu, lekin ularning tovarlari bir xil bo`lmay, farqlanadi.
Shuning uchun ham ishlab chiqaruvchilar va firmalar minglab bo`lmay, o`nlab
bo`lsa etarli. Sof raqobatda standartli tovarlar yoki bir
xil tovarlar bozorga olib
chiqilsa, bunda tabaqalashtirilgan tovarlar olib chiqiladi. Tabaqalashtirish yoki
turlilik mahsulot va xizmatlar sifatiga taalluqli bo`lgani tufashga iste`molchining
bularga munosabati narx-navoga bog`liq bo`lmaydi. Aytaylik, vinolarning alohida
xillari yoki bir xil turdagi shokolad kabilarni misol keltirish mumkin. Kiyim
modalarida buning o`rni albatta katta. Bunda raqiblarga nisbatan bo`lgan ta`sir va
munosabat faqat baholar orqali bo`lmay, tovar va xizmatlar turliligiga katta e`tibor
berish yo`li bilan ham amalga oshadi hamda bu asosiy tamoyil bo`lib hisoblanadi.
Bu modeldagi bozor, ya`ni monopolli raqobatning
muhim xususiyatlaridan yana
biri shuki, tarmoqqa kirish va ma`lum tovar bozorida ishtirok etish oson ko`chadi.
Bunday bozor ishtirokchilari juda yirik ishlab chiqarishga ega bo`lmay, nisbatan
katta bo`lmagan firmalar bo`lib, ularning xarajatlari uchun katta mablag` talab
etilmaydi.
Monopolli raqobatdagi monopollik mazmunini nima belgilaydi,
degan savol
tug`ilishi mumkin. Bunga javoban shuni aytish mumkinki, tovar xillari turliligi, sotuvga
chiqariladigan tovarlarning farqlanishi va o`ziga xos monopol egalikning
mavjudligi bozorda monopol hukmronlikni yuzaga keltiradi. Tovar ishlab
chiqaruvchilarning yagona bo`lmay, yana boshqalarning bo`lishi va tarmoqqa
kirish erkinligi mavjud bo`lishiga qaramay, o`z
tabaqalashgan tovari yoki
xizmatiga o`zi baho qo`yish imkoniga ega bo`ladi. Bundan tashqari bu bozorda
mayda va o`rta ishlab chiqaruvchilar bilan birga yiriklari ham ishtirok etadi.
Shuning uchun ham hozirgi zamon harbiy mamlakatlar bozori tuzilishida shu biz
ko`rayotgan monopolli raqobat ustunlik qiladi.
Keyingi model —
Do'stlaringiz bilan baham: