Mavzu: Monopoliya va bozor modellari Reja



Download 181,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana25.03.2023
Hajmi181,74 Kb.
#921733
1   2   3   4   5
Bog'liq
Monopoliya va bozor modellari

oligopoliya 
bo`lib, raqobatda ishtirok etuvchilarning 
ozchilikni tashkil etishi bilan farqlanadi. Agar bozordagi raqiblar ko`pchilik 
bo`lmay, juda ozchilikni tashkil etib, miqdori o`ndan oshmasa, buni oligopoliya 
deyiladi. Bu taxminan sof monopoliya va monopolli raqobat o`rtasidagi bozor 
modelidir. Aytaylik, AQShdagi avtomobil sanoatida uch yirik firma hukmronlik 
qiladi; "Djeneral motorz", "Ford" va "Krays-ler". YAponiyada ham bir nechta 
gigantlar mavjud. Shularga o`xshagan gigantlarning bozordagi hukmronligi 
oligopoliya mazmuniga ega bo`ladi. 
Oligopollar bir xil yoki tabaqalashtirilgan tovarlar ishlab chiqarishi mumkin. 
Bir xillilik ko`pincha xomashyo va yarim fabrikatlar bozoriga xosdir. Aytaylik, ruda, 
neft, po`lat, tsement, texnik spirt kabilar. Tabaqalashtirish asosan iste`mol 
buyumlariga xosdir. Albatta ozchilikni tashkil etgan firmalarning bir birlari bilan 
kelishuvi juda oson. Ular monopol baho, bozorlarni bo`lib olish va raqobatning 
boshqa tomonlariga osonlikcha ta`sir etib, uni chegaralay oladilar. Shunday qilib, 
oligopoliya sof monopoliyaga yaqinlasha oladi. Tajriba shuni ko`rsatadiki, oligopol 
bozordagi raqobat ishlab chiqarish kontsentratsiyasiga bog`liqdir: ular ko`p bo`lsa, 
ya`ni ko`p sonli firmalar mavjud bo`lsa, raqobat ta`siri kuchliroq bo`ladi, agar 
firmalar oz sonli bo`lsa, raqobat zaiflashadi, monopollik ustunlik qiladi. 
Oligopol bozorning rivojlangan raqobatdan muhim farqi shuki, u baho 
harakati bilan bog`langandir. Raqobat bozorida baholar to`xtovsiz va tez-tez 
o`zgarib tursa, oligopol bozorda baho juda kam o`zgarib, ancha turg`unlikka ega 
bo`ladi. Baholarni etakchi firma bo`lsa, belgilaydi qolganlari uning ketidan 
ergashadilar. 
Shunday qilib, raqobat va monopoliyalar ta`siri ostida bozor modellari 
turliligi to`g`risidagi umumiy tu-unchalar bilan tanishib chiqdik. Endi yuqorida 
aytganimizdek, sof monopoliyaga qaytib, bahoning shakllanishi va umuman unga 


xos ba`zi muhim tomonlarni to`laroq ko`rib chiqaylik. Bunda harakatlar, baho va 
daromadlar o`zgarish chizig`idan foydalanamiz. Sof raqobatli bozor sharoitida 
elastik, ya`ni o`zgaruvchan talab mavjud bo`lib, talab chizig`i pirovarddagi 
daromad chizig`iga to`g`ri keladi. Monopolistning talab chizig`i tarmoqlar talab 
chizig`iga mos keladi, shunga ko`ra u pasayish xususiyatiga ega. Bunda birinchi 
sotilgan yuqori bahodagi tovarga nisbatan keyingilarining bahosi pasayib boradi. 
Daromad ham shu tarzda bo`ladi. 
Ammo shu narsani ham e`tiborga olish kerakki, doimo baho hisobiga 
daromad olib bo`lmaydi. Bahoning ko`tarilishi hamma vaqt monopoliya uchun 
foydali deb bo`lmaydi. Uning uchun eng ma`qul yo`l ishlab chiqarishni o`stirish va 
taraqqiy ettirishdir. 
YAkka firma mavjudligi va sof monopoliya sharoitida raqobat yo`q bo`ladi, - 
deb bo`lmaydi. Chunki, bu firma resurslar, ishlab chiqarish vositalari va ish kuchi 
bozorida xaridor sifatida raqobatga uchraydi. Jahon bozori ichki bozordan 
farqlanadi. Aytaylik, AQSh yirik avtomobil kontsernlari YAponiya, Germaniya, 
Frantsiya, Shvetsiya kabi mamlakatlar avtomobil firmalari bilan raqobat kurashida 
bo`ladilar. Bularning hammasi monopoliyaning sof mazmunini inkor etmaydi va 
aksmonopoliya 
siyosatini qo`llash talab etiladi. Bu siyosat Xg`X asrning oxiridayoq boshlangan 
bo`lib, hozirgacha takomillashib kelmoqda. Davlatning monopoliyalarga qarshi 
birinchi qonuni antitrest qonun 1890 yilda AQShda chiqarilgan bo`lib, bu 
"Sherman qonuni" deb atalgan. Bu qonun keyinchalik bir necha bor qayta qo`rib 
chiqildi. Bunday qonunlar ko`pchilik bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarga 
mansubdir. Bizning respublikamizda monopoliyadan chiqarish qo`mitasi bor va uning 
asosiy vazifasi monopoliyaga qarshi kurashishdir. 

Download 181,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish