Aksmonopoliya siyosati
- -Aksmonopoliya siyosati asosan uch yo`nalishni o`z ichiga oladi: bular ishlab
chiqarish
tarkibini boshqarish, aktsiyalarni sotib olish me`yorini belgilash,
baholarning taklif va talab muvozanati darajasini ta`minlashga qaratilgan
choralar kabilardir.
a) Ishlab chiqarish tarkibini belgilashga oid choralar korporatsiyalar uchun
shu xil mahsulotlarning yarmidan ortig`ini ishlab chiqarish mumkinligi va nazorat
qilishdan iborat.
b) Yirik korporatsiyalar ishtirokchilarining aktsiyalar sotib olish hajmi
chegaralanadi. Bunda aktsiya bir korporatsiya ixtiyoriga o`tishi bilan
monopollashuvga olib bormasligi e`tiborga olinadi. Chunki, ko`p
miqdorda
aktsiya sotib olish yo`li bilan tarmoq ustidan nazorat miqyosini kengaytirishga yo`l
qo`yilmaydi. Agarda biron bir korporatsiya boshqalar aktsiyasining asosiy qismini
sotib olsa, qo`shilishga va monopoliyaga olib kelishi mumkin, natijada bu
tarmoqda raqobat ta`sirining so`nishi yuz beradi.
v) Baho sohasida kelishib olishga yo`l qo`ymaslikka qaratilgan choralar
akskartel qonunlari, deb ataladi. Baho to`g`risida shartnomalar
tuzib monopoliya
yuzaga kelsa, buni kartel deyiladi. O`z vaqtida bu Germaniyada juda avj olib, hatgo
Germaniya "Kartel mamlakati" deb atalgan edi. Al-batta bozorlarni taqsimlab olib,
bir xil baholar ustida kelishib olish iste`molchilarning manfaatiga salbiy ta`sir
ko`rsatadi va zarar keltiradi.
Aksmonopol qonunlar raqobat sharoitini yaratish va erkin iqtisodiy
taraqqiyotni ta`minlashga qaratiladi. Lekin gap faqat bunday qonunlarning
bo`lishida emas, balki ularning ijrosini ta`minlash, nazorat qiluvchi organlarning
takomillashuvidadir. Shunday amaliy nazorat ostida samarali ishlab, xaqiqiy bozor
raqobati ta`minlanilsa, monopoliyalar hukmronligining oldini olish imkoni
tug`iladi. Bunday ahvolni ko`pchilik bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda
ko`rish mumkin.
Bu ayniqsa AQSh, YAponiya, Germaniya, Frantsiya va boshqa
bir qancha mamlakatlarga taalluqlidir.
Monopoliyalar mavjud bo`lgan mamlakatlarda monopoliyalarga qarshi kurash
olib borilsa, bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan mamlakatlarda
bozorning shakllanishi,
raqobat sharoitini yaratish uchun harakat qilinadi. Bunday mamlakatlarda, ayniqsa
totalitar tizimlarda davlat monopoliyasini yo`q qilish asosiy maqsad bo`ladi.
Shunga e`tibor berish kerakki, raqobat shakllangan mamlakatlarda davlatning faol
harakati raqobatni takomillashtirishga qaratilsa, bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan
mamlakatlarda raqobatni shakllantirishga qaratiladi. Davlatning raqobat sharoitini
yaratishdagi faoliyati nodavlat xo`jaliklarini ko`paytirish, davlat xo`jaliklarini esa bozor
munosabatlari tasiriga moslash mazmunida bo`ladi. Borgan sari davlat mulki hisobiga
boshqa xil mulklarni kengaytirish, korxonalarni aktsionerlashtirish va bunga
ko`pchilikni jalb eta borish, bozor talabiga xos soliq, boj, import-eksport tizimlarini
yaratish, tijorat
kreditlarini kengaytirish, xo`jalik faoliyatlarini ma`muriy ta`sirlardan
ozod etish, tadbirkorlikni ta`minlash kabi raqobat uchun zarur sharoitlarni
shakllantirib borishda albatta davlat faoliyati kuchayishi zarur.
Raqobat usullarini qo`llash, aksmonopoliya siyosati darajalari bozor holatiga
bog`liqdir. Masalan, tovarga to`yingan bozor va uning aksi bo`lgan to`yinmagan
bozor bo`lishi mumkin. Bozor shakllanayotgan O`zbekiston va bunga o`xshash
respublikalarda tovar (xizmatlar) mo`l-ko`lligi hali ta`minlanmagan. Bunda erkin
tovar tanlash imkoni yo`q va xaridlik darajasi ancha cheklangan. Bunday bozorda
baho
raqobati
juda
qo`l
kelishi
mumkin.
Chunki,
bahoning
talab
o`zgaruvchanligiga ta`siri kuchli bo`lib, baho pasayib borishi bilan xaridorlar
ko`payib boradi. Bahoni pasaytirmaydigan,
shuningdek, bahoning harakat
xususiyatini o`z vaqtida payqamagan ishlab chiqaruvchi bozordan siqib chiqarilishi
turgan gap.
Tovarlarga to`yingan bozorda esa tovar (xizmat) turlari serob, tanlab xarid
qilish uchun imkoniyat juda keng bo`lib, elastik talab hukmronlik qiladi. Bunda
daromadi puldorlar ko`pligi, bahoga e`tibor kuchli bo`lmaganligi
umumiy bozor
holatini belgilaydi. Bunday sharoitda bahosiz raqobat ustunlik qiladi. Lekin baribir
qanday bo`lmasin sog`lom raqobat uchun kurash bozor taraqqiyotining asosi
bo`lib, aksmonopoliya siyosati bunga yordam berishi kerak.
Aksmonopoliya siyosatining ta`siri haqida xulosa qilib shuni aytish
mumkinki, samarali iqtisodiyot yirik monopolistik iqtisodiy tuzumga qarshi kurash
va monopol harakatlarning oldini olish hamda raqobat ta`sirini kuchaytirishni talab
etadi. Aksmonopoliya siyosatida qonunchilik byudjet va banklarning moliyaviy
harakatlari bilan to`ldiriladi. Bir tomondan, soliq oldida barcha xo`jalik
ishtirokchilari bir xil tenglikka ega bo`lsa,
ikkinchi tomondan, alternativ ishlab
chiqarish yaratilib, mayda va o`rta korxonalar uchun soliq sohasida ma`lum
imtiyozlar bo`lmog`i zarur.
Bozor munosabatlari ta`siri kuchayib borishi bilan raqobat ham o`z mazmunini
o`zgartirib boradi, ya`ni takomillashadi. Albatta hozirgi davrdagi raqobat holati,
uning ta`sir etish mazmuni oldingi bozor raqobatidan tubdan farq etadi. Sobiq
sho`ro bozor iqtisodiyoti sharoitida
raqobat juda stixiyali, shafqatsiz ta`sirda bo`lib,
uni haqiqatan ham "yovvoyi raqobat" deb atashadi. Nomiga yarasha ta`sir
mazmuniga ham ega edi. Hozirgi davrda davlat ta`siri, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot
darajasi "yovvoyi raqobat" bilan "madaniylashgan raqobatni" yuzaga keltirgan.
Lekin "yov-voyi raqobat" faqat o`tgan davr uchun xos, deb bo`lmaydi.
Madaniylashgan raqobat aralash iqtisodiyot sharoiti uchun xos bo`lib, sekinlik
bilan asosiy raqobatga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: