Lyuminessensiyaning so‘nishi
Lyuminessensiyaning kvant chiqishining kamayishi lyuminessensiyaning so‘nishi deyiladi. Bunda har xil sabablar bo‘lishi mumkin: Haroratning ortishi, konsentratsiyaning o‘zgarishi, tashqi ionlar ta’siri, molekulalarda ichki o‘zgarishlar va h.k.
Vavilov lyuminessensiyaning so‘nishini ikki turga bo‘ladi.
So‘nishning birinchi turi - molekula ichki strukturasining o‘zgarishidir. Bu o‘zgarishlar molekula qo‘zg‘algan holatda ham sodir bo‘lishi mumkin. Lekin bu hol jismdan qo‘zg‘atuvchi manba’ olib qo‘yilganda fosforessensiyaga ta’siri bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |