Lyuminessent mikroskopiyani turli defektlarni aniqlashda ishlatiladi: metall va boshqa moddalarning ustki qismini fluoressent modda bilan qoplanadi. Agar metall jismda darz ketgan joyi bo‘lsa, fluoressent modda shu yoriqlar ichiga kirishi hisobiga joylari aniq fluoressent rang beradi.
Kimyoviy lyuminessent analiz moddaning konsentratsiyasini aniqlashda intensivligining o‘zgarishi va fluoressensiya rangiga qarab yoki reaksiyadan hosil bo‘lgan mahsulotning fluoressensiyalanishga uchrashishi yoki bo‘lmasa aniqlovchi komponent ishtirokida fluoressensiyaning so‘nishi asosida topiladi.
Analitik fotolyuminessensiyaga to‘g‘ri talqin berish uchun, boshqa analitik metodlar bilan solishtirib, uning afzalligi va kamchiliklarini bilish kerak.
Bu metodning eng asosiy ustunligi - bu uning yuqori sezuvchanligi, ayrim holatlarda sezuvchanligi radiokimyoviy metodlarga yaqinlashadi.
Analitik muammolarni echish uchun lyuminessent analiz muhim axamiyatga ega, masalan ekstraksion-lyuminessent analiz metodi yordamida begona elementlarni 10-10 grml gacha xromni aniqlash mumkin, begona ionlar xalaqit bermaydi.
Juda kam moddalarning miqdorini bu metod yordamida aniqlash mumkin, masalan, porfiritlarda 10-9 gr mis 10-8 gr rux birgalikda aniqlanishi mumkin. Lyuminessent analiz 0,0001 RZE qo‘shilgan holatda alohida ajratib olmay aniqlash qobiliyatiga ega bo‘lgan yagona amaliy usul hisoblanadi. Spektrofotometrik usuli bilan 10-5 gacha, lyuminessent usul bilan 10-9 gr aniqlash mumkin.
Organik moddalar analizida fotolyuminessensiya boshqa metodlar orasida kam raqobatga ega, ayniqsa, agar gap kam miqdorli moddalar haqida borsa.
Boshqa metodlarga qaraganda (masalan adsorbsion spektroskopiya) lyuminessensiya spektrida bitta emas, bir nechta, ayrim hollarda to‘rttagacha spektr berishi mumkin. Bundan identifikatsiyaga asos sifatida foydalanish mumkin.
Noorganik moddalarning lyuminessent analizini ko‘rilsa barcha moddalar yutgan nurini nur tarzida chiqaravermaydi (lyuminessensiyalanmaydi). Bu metodning ham kamchiligi, ham afzalligi deyish mumkin. Kamchiligi-shu moddani lyuminessent metodi bilan aniqlab bo‘lmaydi, afzalligi-boshqa moddani aniqlashda esa xalaqit bermaydi (lyuminessensiyalanmaydigan moddani ajratib olish shart emas).
Ko‘p komponentli aralashmalar analizida noorganik moddalar lyuminessent analizini 10 tadan ortiq elementlarni birgalikda bo‘lganda ham aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lgan mass-spektroskopiya va emission spektral analiz metodlari bilan raqobatlasha olmaydi.
Lyuminessent analizning ko‘proq ishlatiladigan sohasi-bu titrimetriyada (fluoressent indikator yordamida rN-, metallo-redoks va adsorbsion indikator sifatida) lyuminoforlarni ishlatish mumkin. Lyuminessent titrimetriya yordamida 60 tadan ortiq kimyoviy elementlarni aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |