bu yechim Sizniki bo‘lmagani uchunmi?». Bu savollar suhbat uzilishi arafasida
uchraydigan ko‘p hollardan biridir. Agar yechim ancha vaqtgacha bahs mavzusiga
aylanayotgan bo‘lsa, tomonlardan - «Umuman muzokarani davom ettirish kerakmi
yoki yo‘qmi?» - deb so‘rash lozim. Vaholanki, muzokaradagi qiyinchiliklarni
muhokama etib borilishi mavjud to‘siqlarni tezda bartaraf etish imkonini beradi.
Shundan so‘ng, har qanday qabul qilinayotgan qarorning ob‘yektivligi bir necha
bor tekshirib o‘tilishi darkor. Agar bu tekshiruv davomida sanab o‘tilgan
tamoyillardan chetlanish sezilsa, muzokara davom ettirilishi va maqbul yechim
ustida yana ish olib borilishi lozim. Mabodo, o‘zga tomon masalani yechishdan
bosh tortayotgan bo‘lsa, haqqoniy bo‘lmagan qaror qabul qilinishi qanday oqibatga
olib kelishi haqida birgalikda o‘ylab ko‘rish kerak.
Vaziyat taqozosi bilan ob‘yektiv mezonga mos keluvchi qaror topilsa, uning
ustida to‘xtalgan ma‘qul, har qalay hyech qanday yechimdan ko‘ra biron-bir qaror
ustida to‘xtash muammoni yechish imkonini beradi va zarurat tug‘ilgan paytda
muzokara stoliga yana qaytish mumkin.
Muzokara davomida yolg‟on ishlatish. Muzokara davomida yolg‘on
ma‘lumot berish ob‘yektiv mezonga zid keluvchi, lekin shunga qaramay, ko‘p
uchrab turadigan holdir. Muzokaradagi u yoki bu tomonning yolg‘on ishlatish
sabablarini tahlil etmagan holda, yolg‘onga berilmaslik va unga qarshi turish
imkoniyatlari haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Yolg‘ondan samarali foydalanish ko‘pgina sotuv shartnomalariga oid
muzokaralarda, qisqa muddatli shartnomani imzolashda ko‘p uchraydi.
Avvalambor, shuni aytish lozimki, aldovning samarasi ikkala tomonning
ishtirokini taqozo etadi, aldovchi jarayonga qanchalik tayyorlangan bo‘lsa, o‘zga
tomon ham har qanday aldovga qarshi tura olish malakasiga ega bo‘lishi lozim.
Umuman olganda, odam ikki holda ko‘proq aldanadi – birinchidan, ushbu
muammoni tezroq hal qilish maqsadida shoshilganda, aniqrog‘i uning ijobiy
natijasini juda xohlaganda, kkinchidan esa, masala haqida yetarlicha ma‘lumotga
ega bo‘lmagan paytda. Shuning uchun, muzokara olib boruvchidan doimo
vaziyatni aniq tasavvur etish va o‘z orzusi qurboni bo‘lib qolmaslik hamda
bo‘lajak muzokara mavzusi haqida ko‘proq ma‘lumot yig‘ish lozim.
Bundan tashqari, ma‘lum psixologik qonunlar mavjudki, ularning inson
ruhiyatida amal qilishi yolg‘onga berilish ehtimolini kuchaytiradi.
Jumladan, quyidagilarni kiritish mumkin:
Obro‘-e‘tiborga ega shaxs bilan muloqotda unga shubhasiz ishona
boshlaymiz.
O‘zga shaxs bizga qanchalik yoqimli bo‘lsa, uning ma‘lumotini
shunchalik ishonch bilan qabul qilamiz va aksincha, biz yoqtirmagan kimsaning
ma‘lumotini shubha ostiga olamiz va ishonqiramay qaraymiz.
Odamning bilim saviyasi va aqliy salohiyati qanchalik yuqori bo‘lsa, u
hayotga shunchalik ishonch bilan qaraydi, u mushohadaga moyil, vaziyatlarni
Do'stlaringiz bilan baham: |