10-masala: Suvda 1.6 g metall eritilganda 0.896 litr (n.sh) H2 ajralib chiqdi.
Metallning ekvivalentini aniqlang.
Yechish:
Me + H2O = Me (OH)x + H2
1,6 g 0,896 litr
x=20 ekv 11,2 litr (ekv.n.sh)
Javob: 20 ekv (Ca)
2.3. Mavzuga oid test topshiriqlari
1. 0,4 mol miqdordagi mis kuporosi (CuSO4∙5H2O) massasini hisoblang
A) 27,06 gr B) 64 gr
C) 100 gr D) 66,33 gr
2. 0,2 mol miqdordagi glauber tuzi (Na2SO4∙10H2O) massasini hisoblang
A) 27,06 gr B) 23,04 gr
C) 44 gr D) 64,4 gr
3. 0,2 mol miqdorining massasi 8,8 gr bo‘lgan moddaning molyar massasini toping
A) 8,6 gr/mol B) 1,76 gr/mol
C) 44 gr/mol D) 66 gr/mol
4. N2O gazning 0,6 moli n.sh.da necha litrni tashkil qiladi?
A) 22,4 B) 13,44 C) 11,2 D) 3,36
5. 3,36 litr (n.sh.) H2 massasini (g) toping.
A) 3 B) 1,5 C) 0,15 D) 0,3
6. 8 gr kislorod necha litr (n.sh) hajmni egallaydi?
A) 5,6 B) 22,4 C) 0,56 D) 4,48
7. Agar normal sharoitda 6,4 gr gaz 4,48 l hajmni egallasa, shu gazning molekulyar massasini aniqlang?
A) 71 B) 32 C) 28 D) 64
8. Massasi 48 gr bo'lgan oltingugurt (VI) oksidda qancha miqdor (mol) modda bor?
A) 0,275 B) 0,75 C) 0,6 D) 0,3
9. Reaksiya mahsulotining unumi 75% ni tashkil etsa, 2,45 g Bertolle tuzidan qancha(g) kislorod olish mumkin?
A) 0,72 0 )0 ,3 6 C) 0,224 D )0,96
10. 49 gr Bertolle tuzining katalizator ishtirokida parchalamshidan hosil bo’lgan gazning hajmini l (n.sh) da aniqlang. Reaksiya unumi 75%.
A) 13,44 B) 26,88 C) 10,08 D) 20,16
11. 37 g kalsiy karbonat va natriy nitrat aralashmasi qizdirilganda hosil boigan gazlar kalsiy gidroksid eritmasini o‘tkazilgandan so‘ng qolgan gaz 2,241 (n.sh.) ni tashkil qildi. Boshlangich aralashmadagi CaCO3 ning massa ulushi % bo`lgan.
A) 62 B) 68 . C) 54 D) 39
12. ) Ichimlik sodasi va kristall soda aralashmasi qizdirilganda 31,8 gr o’rta tuz hosil bo’ldi va 2,24 litr (nsh) C O2 ajraldi. Dastlabki tuzlar aralashm asi massasini (gr) hisoblang.
A) 74 B) 38 , 0 ) 48,6 D) 67,8
13. Natriy va kalsiy aralashmasi suvda eritilganda 10,5 I (n.sh.) gaz ajraldi. Natriy gidroksidning massasini aniqlang? (w(Na) = 0,46)
A) 16 B) 21,4 0 )9 ,2 D) 19,98
14. 0,9 mol K, Na va Ca aralashmasi suvda eritilgada 13,44 l gaz ajraldi. Hosil bo'Igan aralashmada kaliy gidroksidning massasi kalsiy gidroksid massasidan 11 gr ga kam bo'lsa, kalsiyni massa ulushini (%) aniqlang?
A) 19,0 B) 41,4 C) 26,9 D) 12,0
15. 109,2 gr ikki valentli metal nitrat kristallogidrati uzoq vaqt qizdirilganda 78,96 gr suvsiz tuz qizdirish davom ettirilganda 33,6 gr metall oksidi qattiq qoldiq hosil bo’lsa, kristallogidratni formu- lasini aniqlang.
A) Cu(NO3)2∙5H2O
B) Fe(NO3)2∙5H2O
C) Cu(NO3)2∙4H2O
D) Fe(NO3)3 ∙4H2O
16. 1 l suvga 16,81 (n.sh.) sulfit angidrid shimdirilganda hosil bodgan eritmadagi sulfit anioni massa ulushini (%) toping. (a(SO32- ) =7%)
A) 2,1 B) 5,7 C) 3,4 D) 0,4
17. 500 ml 90% li sulfat kislota (p=l,8 gr/ml) eritmasiga qanday hajmdagi (1, n.sh.) oltingugurt(VI) oksid yuttirilganda eritmadagi kislotani massa ulushi 95% ga yetadi?
A) 163,6 B) 142 C) 45,8 D) 56,8
18. Sulfat kislotaning 500 ml 8 mol/1 li (p=l,6 gr/ml) eritmasiga necha gramm oltingugurt (VI) oksid shimdirilganda 80% li sulfat kislota eritmasi hosil bo'ladi?
A) 696 B) 583,5 C) 163,4 D) 490
19. 80 g 10% li natriy gidroksid (p=l) eritmasidan? 2,24 l vodorod sulfid o'tkazish natijasida qanday tuz va qan- cha massada (gr) hosil bo'ladi (gidroliz hisobga olinmasin) ?
А) Na2S; 7,8 B )N aHS ; 7,8
C)Na2S ;5,6 D) NaHS, 5,6
20. 70% li 100 g nitrat kislota eritmasida kumush eritilganda kislotaning massa ulushi 27% ga teng bo'ldi.
Ushbu eritmaga 35,1% li 50 g natriy xlorid eritmasi qo‘shildi. Hosil bo‘lgan eritmadagi moddalarning miqdorini (g) aniqlang.
A) 20,3; 25,6 B) 25,5; 32,2;
C) 15,1; 19 D) 38,2; 9
Xulosa:
Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev aytganidek ta’limini rivojlantirish, yosh avlodga jahon andozalariga mos bilim, iqtidor va ko’nikmalar berish, ularni ona –Vatanga, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida ko’rsatayotgan doimiy g’amxo’rligi tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o’zgardi. U mustaqillikka erishib, taraqqiyot yo’lidan dadil borayotgan mamlakatimiz ruhini, g’oyalari va intilishlarini o’zida aks etttirgan ta’lim tizimiga aylanmoqda. Eng asosiysi, mamlakatimizda ta’limning hali jahon amaliyotida kam uchraydigan betakror milliy modeli yaratildi. Ta’lim va tarbiya, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sportni rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo‘lishi, chet tillarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini ta’minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi .
Globallashuv sharoitida shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr davlat va jamiyat oldiga dolzarbligi va qamrovi kun sayin ortib borayotgan zamonaviy talablarni qo’ymoqda. Olamshumul strategik maqsadlarga erishish, yangi marralarni zabt etish, rivojlangan davlatlar qatoridan o’rin olish uchun mamlakatda bilimli, tajribali va zamonaviy fikrlaydigan yuksak salohiyatli kadrlar, mutaxassislarning o’rni beqiyos. Bunday raqobatdosh kadrlarga bo’lgan ehtiyojni qondirish zamirida inson kapitali, sodda qilib aytganda, inson va uning salohiyatini kashf etish hamda buyuk maqsadlarga erishishga safarbar qilish kabi ulug’vor vazifalar turadi. Mamlakatimiz uchun ilm – fan sohasidagi ustuvor yo’nalishlarni aniq belgilab olishimiz kerak. Hech bir davlat ilm – fanning barcha sohalarini bir yo’la taraqqiy ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm – fanning bir nechta ustuvor yo’nalishini rivojlantirish tarafdorimiz.
Joriy yilda matematika, kimyo – biologiya, geologiya kabi yo’nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlarni faollashtirib,olimlarga barcha shart – sharoitlar yaratib beriladi. Ilm – fan yutuqlarining elektron platformasi,mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish lozim.
Kimyoga doir nazariy bilimlarni puxta bilib olmoq uchun kimyoning barcha bo’limlariga taalluqli masalalarni yecha oladigan bo’lish nihoyatda zarurdir. Masalalarni yecha bilish maktab, litsey va kasb-hunar kollej o’quvchilariga, shuningdek, oliy o’quv yurtlari talabalarining ko’pgina kimyoviy protsesslar va qonuniyatlarni chuqur o’rganishlari va tushunib olishlariga imkon beradi.Afsuski, masalalar yechishga hamma vaqt ham yetarlicha e’tibor berilavermaydi Oliy o’quv yurtiga kiruvchilar uchun mo’ljallangan ko’pgina qo’llanmalarda masalalar yechish ikkinchi darajali vazifa deb qaraladi; har xil tip masalalarning xususiyatlariga hamda ularni yechish metodikasiga diqqat jalb etilmaydi. Hayotni kimyo fanisiz tasavvur qilish mumkin bo’lmaganligi tufayli, atrofimizda sodir bo’layotgan o’zgarishlarning mohiyatini tushunish uchun moddalarni va ularning kimyoviy o’zgarishlari qonuniyatlarini bilish talab etiladi. Har bir o'qituvchi boshqalar tajribalarini quruq nusxa qilmasdan, o'zining tajribasi bilan to'ldirishi kerak va shunda o'quv jarayoni mukammalashadi chunki har bir inson o’ziga xos uslub va unga xos shaxsiy xislatlarga ega.
Har xil ko’rinishdagi masalalar o’quvchini mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi, ayniqsa ularni bir-biri bilan taqqoslash zarur. Masalalar o’quvchilarga kimyoviy tushunchani shakllantirishga, hayotni kimyo bilan bog’lashga kimyoning nazariy asoslarining xatolarini topib tuzatishni o’rgatadi. Masalalar darsni turli xil qiziqarli va mazmunli qiladi. Bundan tashqari masalalar o’quvchilar uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Chunki ular o’quvchida ijobiy o’zgarishlarni ya’ni qat’iylikni, jiddiylikni, erkinlikni, o’z ishida javobgarlikni, tarbiyaviylikni, ozodalikni va har qanday qiyinchiliklarga tayyorligini ta’minlaydi.
Organik kimyodan masalalar yechishga kirishishdan oldin organik birikmalar kimyoviy tuzilishi nazariyasining asosiy qoidalarini takrorlash lozim. Turli xil organik birikmalarning molekulalarida atomlarning bir - biriga ta’sir etib turishni ko’rsatib bera oladigan bo’lishi kerak. Organik moddaning sifat va kimyoviy tahlili natijalariga asoslanib, uning empirik formulasini chiqarish mumkin. Molekulyar formulani chiqarish uchun esa moddaning elementar tarkibidan tashqari uning molekulyar massasi ham ma’lum bo’lishi shart. Endi uglevodorodlar mavzusini olib qaraydigan bo’lsak, avvalo ularning o’zi haqida to’xtalib o’tamiz. Uglevodorodlar – organik kimyoning eng ko’p o’rganiladigan muhim sinflaridan biri sanaladi
Kimyoviy masalalarni yechishdan asosiy maqsad - kimyoviy qonun va qoidalarni, ulardan foydalanishni kimyoviy formulalar tuzishni o’rgatish va ularni tobora rivojlanayotgan hozirgi zamon kimyo faniga, uning yutuqlariga tatbiq eta olishdan iboratdir. Masalalarni yechishga kirishishdan oldin zarur nazariy va faktik materialni takrorlash muhim ahamiyatga ega.Kimyoviy masalalarni yechish usullari turlicha bo’lib, masalalarni yechishda qaysi usulni tanlash masalaning shartidan kelib chihadi.
Masala yechish uchun uning aniq rejasini tuzib olish va imkoni boricha ixcham, qisqa usul bilan echishga harakat qilish kerak. Har qanday holatda ham masala yechishda e'tiborni quyidagilarga qaratish zarur:
1.Masalani o’qib, tanishib chiqib ayni masala orqali hal qilinishi zarur
bo’lgan muammoni aniqlash;
2.Masala shartida qaysi modda, qaysi element ishtirok etishini belgilash;
3. Masalada ishtirok etuvchi moddalarning molyar massasi, nisbiy molyar massasi, molyar hajmi, elementning tartib nomeri, nisbiy atom massasi va boshqa tushunchalarni aniqlash;
4.Masala kimyoning qaysi bo’limiga taalluqli ekanligini aniqlash;
5.Eritmalarga doir masalalarni yechishda ularning foiz, massa ulushi, molyar, normal, ekvivalent konsentrasiyalari va ulardan foiz konsentrasiyasi
berilgan bo’lsa, jadval asosida uning zichligini, zichligi berilgan bo’lsa, foiz konsentrasiyasini yoki massa ulushini aniqlash;
6.Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga doir masalalarni yechishda reaksiyada ishtirok etuvchi elementlarning oksidlanish darajalari o’zgarishi aniqlanadi, jarayonning elektron tenglamalari tuziladi. Oksidlovchi element (atom) yoki qaytaruvchi element (atom yoki ionlar) aniqlanadi;
7.Tuzilgan formula yoki reaksiya tenglamalarining va ularning koeffisientlari to’g’ri ekanligini tekshirib ishonch hosil hilish kerak bo’ladi;
8.Formulalar va tenglamalar asosida hisoblashga doir masalalarni yechishda proporsiya, nisbat, formulalardan foydalaniladi;
9.Masalalarni grafik usulda yechishda koordinatalar sistemasidan foydalaniladi;
10.Moddalarning tuzilish formulalarini yozishda shu modda tarkibiga kiruvchi elementlarning valentliklari aniqlanadi;
11.Moddaning tuzilishi, oddiy moddalarning yadro tarkibi, atomlardagi elektronlarning holati va oddiy moddalarning xossalarini o’rganishda D. I. Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy sistemasidan foydalanish tartibini o’rganish zarur;
12.Eksperimental masalalarni yechishda kimyo laboratoriyalarida ishlash qonun-qoidalariga rioya hilish kerak.
Kimyodan masala yechishni bilish o’rta maktab o’quvchilarining amaliy hayotda zarur bo’ladigan eng muhim malakalaridan biridir. Ba’zan, kimyoviy masalalar degan so’zdan asosan miqdoriy masalalar tushuniladi. Sababi amaliy hayotda shunday masalalar yechishga to’g’ri keladi. Ammo kimyo fanida sifatga oid masalalar kimyoviy tushunchalar, nazariyalar va qonuniyatlarga oid masalalar ancha katta ahamiyatga ega. Bu masalalar o’qituvchining o’quvchilar nazariy tayyorgarlik darajasini ancha oson bilib olishi, moddalar va ularning o’zgarishi to’g’risidagi bilimlarni mustahkamlashi hamda chuqurlashtirishi, nazariy bilimlarni amalda tadbiq etishi, o’quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirishi, o’quvchilarda kimyoviy tafakkur hosil qilishi uchun imkoniyat berdi. O’quvchilar kimyoviy masalalarni doimo, dars davomida aniq ma’lum tartibda (asta-sekin murakkablashib boradigan sistemada) yechib borganlari taqdirdagina o’quvchilarda kimyoviy masalalar yecha bilish qobilyatini muvoffaqiyat bilan hosil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |