Mamlakat
|
Kuniga qazib
olinadigan neft
hajmi
|
Yiliga qazib
olinadigan neft
hajmi
|
Dunyoda neft qazib
olish bo’yicha o’rni
|
Rossiya
|
10 mln tonna
|
805 mln tonna
|
2
|
Ukraina
|
73 ming tonna
|
3,6 mln tonna
|
52
|
Belorus
|
30 ming tonna
|
1,5 mln tonna
|
66
|
Qozog’iston
|
-
|
80 mln tonna
|
17
|
O’zbekiston
|
104 ming tonna
|
5 mln tonna
|
48
|
Ozarbayjon
|
98 ming tonna
|
31 mln tonna
|
20
|
Tojikiston
|
215 tonna
|
10 ming tonna
|
99
|
Qirg’iziston
|
1 ming tonna
|
49,7 ming tonna
|
95
|
Ozarbayjon ham Qozog’iston kabi quvur yo’li orqali neftni eksport qiladi. 2006 yildagi izlanishlarga ko’ra Ozarbayjondagi neft zahirasi 7 mlrd barrelni, ya’ni 1 mlrd tonnani tashkil qilar edi. Kuniga 98 ming barrel neft qazib olinadi. 2013 yilda qazib olinga neft hajmi 31 mln tonnani tashkil etadi. Dunyoda neft qazib olish bo’yicha 20-o’rinni egallaydi. O’zbekistonda neft zahirasi 5 mlrd tonnani tashkil etadi. Yiliga 3,5 mln tonna neft qazib olinadi.O’zbekistondagi “O’zbekneftegaz” kompaniyasi dunyo bo’yicha gazni qazib olish bo’yicha 11-o’rinda turadi. Dunyoda neft qazib olish bo’yicha 48-o’rinni egallaydi. Kuniga 104 ming tonna,
yiliga esa 5 mln tonna neft qazib oladi6. Tojikiston, Qizg’iziston, Moldova va Armaniston davlatlarida neft boyligi juda ham kam
hisoblanadi. Masalan Tojikiston dunyoda neft qazib olish bo’yicha 100 tadan 99-o’rinda turadi. 1 kunda 215 tonna, 1 yilda esa 10 ming tonna neft qazib olinadi7. Qizg’iziston esa bu ro’yxatda 95- o’rinni egallaydi va kuniga 1000 tonna, yiliga esa 49,7 ming tonna neft qazib olinadi8. Rossiya eng yirik neft zahirasiga ega mamlakat hisoblanadi. Dunyoda neft qazib olish bo’yicha Rossiya, Saudiya Arabistonidan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Bir kunda o’rtacha 10 mln tonna, bir yilda esa 508 mln tonna neft qazib olinadi. Rossiyaning eng yirik neft qazib oluvchi va
qayta ishlab chiqaruvchi kompaniyalariga “Rosneft” va “Lukoyl” kiradi. 2012 yilda Rossiya o’z neftining 14,4 foizini MDH mamlakatlariga, 7,7 foizini Yevro-Osiyo iqtisodiy tashkiloti davlatlariga, 49,2 foizini Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga va 23,5 foizini APEC tarkibidagi mamlakatlariga eksport qilgan. 2013 yilning birinchi yarmida esa MDH mamlakatlariga 13,3 foiz, Yevro-Osiyo iqtisodiy tashkilota davlatlariga 7,5 foiz, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga 50,1 foiz va APEC
mamlakatlariga 24,3 foiz neft eksport qildi9. Rossiya hukumati neft sohasini yanada yaxshilash niyatida 2020 yilgacha qilinishi kerak bo’lgan ishlar ro’yxatini tuzib o’z oldiga bir qancha yangi islohotlar o’tkazishni maqsad qilib qo’ydi.
Ammo MDH mamlakatlarida neft sohasidagi iqtisodiy muammolar ham mavjud. Bular
jumlasiga, MDH davlatlaridagi eskirayotgan, neft qazib olinishini yaxshi ta’minlab bera olmaydigan uskunalar, samarasiz bo’lgan soliqlar, investitsiyalarning rag’batlantirishning pastligi, iqtisodiy mexanizmlarning yaxshi o’rganilmaganligi va boshqalar misol bo’lishi mumkin. Tahlilchilarning fikriga ko’ra MDH mamlakatlari neft narxining monopollashuvi, ya’ni ma’lum bir hududlarda o’z
hukmronligini o’rnatgan kompaniyalar orasida neft narxini o’z ixtiyoriga qarab o’rnatishi neft sohasining rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.
So’nggi yillarda O’zbekistonda ham qator neft-gaz konlari topildi. Farg‘ona viloyati hududida yirik konlardan Shimoliy So‘x, Andijon viloyatida Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Chung‘ara, Chimyon, Sho‘rsuvni ko‘rsatish mumkin. Farg‘ona vodiysidagi konlarda, asosan, neft uchraydi. Ular bir necha o‘n yillardan beri xalq xo‘jaligiga xizmat qilib kelmoqda. Namangan viloyatida Mingbuloq konining ochilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Farg‘ona nefti asosan yengil,
oltingugurti kam, parafini ko‘proq. Janubda neft konlari Surxondaryo viloyatida joylashgan. Neft konlarining katta zahiralari Ustyurtda topilgan. Bulardan tashqari neft-gaz kondensat konlari Muborak, Sho‘rtan, O‘rtabuloqda joylashgan. Buxoro viloyatidagi Ko‘kdumaloq koni ayniqsa beqiyosdir.
O‘zbekistonda gazning aniqlangan zahiralari 2 trillion kubometrni, ko‘mirniki 2 milliard tonnadan ziyodroq tashkil etadi. Mamlakatda topilgan konlarning zahiralari nafaqat ichki ehtiyojlarni to‘la qondirishga qodir, balki energiya manbalarini tashqariga eksport qilish imkonini ham beradi10.
Neft va gazga boy beshta mintaqa aniqlangan: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-g‘arbiy Hisor, Surxondaryo va Farg‘ona. Gazning hozirgi aniqlangan zahiralari mamlakat ehtiyojlarini 35, neftniki 30 yil mobaynida qoplashga yetadi. Ammo O‘zbekistonda gaz va neft zahiralarini izlab toppish darajasi hozir 30-32 foizdan oshmaydi. Gaz qazib olish sanoati va uni ishlab chiqarishning rivojlanishi, tabiiy gaz va gaz kondensatini qayta ishlash istiqbollidir. Gazning tarkibida etan, propan
va butan bo‘lib, ulardan polimer materiallari olinadi. Sho‘rtan gaz-kimyo majmuidan olinayotgan propandan kelgusida nitron tolasi ishlab chiqarish mumkin.
O‘zbekistonda 3 ta yirik ko‘mir koni mavjud. Ular Angren (Toshkent viloyati), Sharg‘un va Boysun (Surxondaryo viloyati) konlaridir. Angren koni Ohangaron daryosi voydisida joylashgan bo‘lib, bu yerda qo‘ng‘ir ko‘mir ochiq usulda qazib olinadi. Uning asosida, Angren GRESi ishlaydi. Sharg‘un koni 600-800 metr balandlikdagi tog‘likda joylashgan. Ko‘mir qazib olish jarayonida
qimmatli mineral xom ashyo resurslari ham ajratib olinadi. Ular kaolin, kvars kumlari va boshqalar bo‘lib, ko‘plab yangi zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishda xom ashyo bazasi bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Glushkova V.G., Makar S.V. «Ekonomika prirodopolzovaniya» uchebnoye-posobiye M:, Gardoraki 2005.
2. Qodirov E.B. va boshqalar. Tabiiy muhitni muhofazalashning ekologik asoslari. T., “O’zbekiston”, 1999.
3. X.X.Zokirov,Sh.A.Yo’ldosheva “Tabiatni muhofaza qilish va undan oqliona foydalanish”Toshkent “Yangi nashr”2011-yil
4.www.ziyo.net
5.www.Arxiv.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |