Ekilgan ekinlar hosili bilan tuproqdan chiqib ketadigan mineral (azot, fosfor va kaliy) о‘g‘itlar miqdori quyidagi jadvalda keltirilgan.
Ekinlar
|
Hosili
|
N
|
P2O5
|
K2O
|
Bahorgi bug‘doy
Kuzgi bug‘doy
Sholi
Makkajо‘xori
Makkajо‘xori
Qand lavlagi
Kartoshka
Pomidor
Bodring
Karam
Beda
Tabiiy pichan
Yaylov о‘ti
|
Doni
Doni
Doni
Doni
Kо‘k massasi
Ildiz poyasi
Tuganagi
Mevasi
Mevasi
Karamboshi
Pichani
Pichani
Kо‘k massasi
|
30-40
35-42
35-40
35-40
2,4-2,6
6,0-6,5
6-7
2,5-2,7
1,6-1,8
3,0-3,5
25-27
16-18
3,3-3,5
|
11-15
12-15
15-20
10-15
1,0-1,6
1,8-2,2
1,8-2,2
0,4-0,5
1,3-1,5
1,2-1,5
6-7
6,5-7,5
1,3-1,5
|
20-30
15-38
45-50
30-50
4,5-5,5
9-13
6-8
3,5-3,7
2,5-1,7
4,0-4,5
14-16
17-19
3,5-3,7
|
Ekinlarni birinchi yili tuproqdagi va о‘g‘itlardagi oziq moddalardan foydalanish koeffitsiyenti, %
Oziq moddalar manbai
|
N
|
P2O5
|
K2O
|
Tuproq
Gо‘ng
Mineral о‘g‘itlar
|
20-50
20-30
50-70
|
5-20
30-50
20-25
|
10-40
50-70
60-80
|
Ekin ekilgan dalaning har gektariga necha kilogrammdan о‘g‘it solishni bilish uchun birinchi navbatda qaysi azotli о‘g‘it turidan foydalanishni, shuningdek, о‘g‘it tarkibidagi ta’sir etuvchi modda miqdorini bilish lozim. Shu bilan birga mineral о‘g‘itlarni solish miqdori mahalliy sharoitga, tuproq tarkibidagi oziq moddalarning miqdoriga va qanday ekin ekilishiga qarab belgilanadi.
Masalan, ekin ekiladigan yerning har gektariga sof modda hisobida 80 kg azot berish kerak. Xо‘jalikda tarkibida 35 % sof azot bо‘lgan ammiakli selitra mavjud. Bunday holda quyidagi proporsiya kelib chiqadi:
35 – 100
80 – X=(80 x 100) : 35 = 228,5.
Demak, gektariga 228,5 kg ammiakli selitra solish talab etiladi.
Agar tuproqqa, misol uchun, 90 kg sof modda hisobidan azot, fosfor va kaliy berish kerak hamda buning uchun 35%li ammiakli selitra, 45,8 % li superfosfat va 60 %li kaliy xlorid ajratilgan bо‘lsa, о‘g‘itlash meyori quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
1. X = (90 x 100) : 35 = 257,1 ga/kg ammiakli selitra.
2. X = (90 x 100) : 45,8 = 196,5 ga/kg superfosfat.
3. X = (90 x 100) : 60 = 150,0 ga/kg kaliy xlorid.
Demak, bir gektar yerga 90 kg sof modda hisobidan azot, fosfor va kaliy berish uchun gektariga 257,1 kg ammiakli selitra, 196,5 kg superfosfat va 150 kg kaliy xlorid о‘g‘iti solish kerak ekan.
Topshiriq:
1. Ekilgan ekinlar hosili bilan tuproqdan chiqib ketadigan mineral (azot, fosfor va kaliy) о‘g‘itlar miqdori hamda ekinlarni birinchi yili tuproqdagi va о‘g‘itlardagi oziq moddalardan foydalanish koeffitsiyenti bilan tanishish.
2. Sof modda hisobida beriladigan о‘g‘it miqdori va mavjud о‘g‘it turiga kо‘ra bir gektar yerga beriladigan azotli, fosforli va kaliyli mineral о‘g‘itlar meyyorini aniqlash.
3. Hosil bilan chiqib ketadigan oziq modda va tuproqdagi oziq moddadan foydalana olish koeffitsiyentiga kо‘ra mineral о‘g‘itlar meyyorini hisoblash.
Do'stlaringiz bilan baham: |