Kо‘kat о‘g‘itlar. Bir yerda surunkasiga bir necha yilgacha g‘о‘za о‘stirish natijasida tuproqdagi chirindi moddalar kamayib, uning fizikaviy xususiyatlari yomonlashadi va bu paxta hosilining kamayishiga sabab bо‘ladi. Masalan, bedadan keyin 4-5 yil g‘о‘za ekilgan yerlarda paxta hosili keskin kamaya boradi. Bunday hollarda tuproq unumdorligini oshirish maqsadida organik va mineral о‘g‘itlar meyyorini oshirish bilan bir qatorda kо‘kat о‘g‘itlardai foydalanish eng yaxshi samara beradi. Kо‘kat о‘g‘itlar tuproqni chirindiga boyitadi, uning fizikaviy xususiyatlarini yaxshilaydi. Surunkasiga g‘о‘za о‘stirilgan dalalarda (monokulturada) ham kо‘kat о‘g‘itlardan foydalanilganda hosildorlik gektariga 7,3 soshgan.
Bakterial о‘g‘itlar.Bakteriyalar ikki xil bо‘lib: tuproqda erkin yashaydiganlarini azotabakter (azotabakterin) va dukkakli ekinlar ildizida yashaydiganlarini esa tugunak bakteriyalar (nitragin) deyiladi. Azotbakterin shо‘rlanmagan о‘tloq, о‘tloq-botqoq, shuningdek, bо‘z tuproqli yerlarda gо‘ng solingandan keyin berilsa, g‘о‘zadan 1-3 s/gaqо‘shimcha hosil olish mumkin. Nitragin qо‘llanish dukkakli ekinlar hosilini 10-15% va bundan ham kо‘proq oshiradi. Urug‘larni shu о‘g‘it bilan ishlayotganda va ekish vaqtida unga quyosh nuri tushmasligi shart, aks holda nafi bо‘lmaydi. Bakterial о‘g‘itlar tayyor holda idishlarga solinib xо‘jaliklarga yuboriladi. Uni ishlatishdan 1-2 soat oldin bitta idishdagisi 3 lsuvda suyultiriladi va urug‘lar 5-10 sm qalinlikda yoyilib, ustiga gulchelakda sepiladi, keyin qorishtiriladi, bir oz shamollatilgandan sо‘ng urug‘ni ekishga kirishiladi.
Mineral о‘g‘itlarni tuproqqa solish me’yorini aniqlash
Ekinlardan yuqori hosil olishda о‘g‘itlar asosiy omillardan biri hisoblanadi. Lekin tuproq tarkibidagi oziq moddalar va о‘simliklarning oziq elementlariga talabiga qarab belgilanmagan miqdorda mineral о‘g‘it berish ekinlarga salbiy ta’sir kо‘rsatadi, tuproq va yer osti suvlarini ifloslanishga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun о‘g‘itlashdan oldin ekin hosili bilan tuproqdan qancha miqdorda oziq modda chiqib ketishini ham hisobga olish kerak. О‘g‘itlash me’yorini aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Bu yerda:
D – о‘g‘it me’yori (1 ga yerga solinadigan sof modda hisobida), ga/kg;
V – hosil bilan birga chiqib ketadigan oziq modda, ga/kg;
P – tuproqning haydalma qatlamidagi (0-35 sm) oziq moddalar miqdori;
Kp –tuproqdagi oziq moddadan foydalana olish koeffitsienti;
Ku –о‘g‘it tarkibida oziq moddadan foydalana olish koeffitsenti, %.
Do'stlaringiz bilan baham: |