Psixosomatik jarayonlar o’z navbatida individning jismoniy sog’lomligi, erki, irodasi, maqsadga yo’nalganligi, mehnatga ishtiyoqi, o’ziga ishonch kabi individual-shaxsiy sifatlari haqida gapirishga imkon beradi. Barcha mazkur energetik-psixosomatik hodisalar mustaqillik, o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini takomillashtirish, o’z-o’zini namoyon etish, ijtimoiy faollik kabi yuksak amaliy faoliyat bilan bog’liq qadriyatlarni yuzaga keltiradi. - Psixosomatik jarayonlar o’z navbatida individning jismoniy sog’lomligi, erki, irodasi, maqsadga yo’nalganligi, mehnatga ishtiyoqi, o’ziga ishonch kabi individual-shaxsiy sifatlari haqida gapirishga imkon beradi. Barcha mazkur energetik-psixosomatik hodisalar mustaqillik, o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini takomillashtirish, o’z-o’zini namoyon etish, ijtimoiy faollik kabi yuksak amaliy faoliyat bilan bog’liq qadriyatlarni yuzaga keltiradi.
- 2. Tarbiyaviy qadriyatlarning yana bir asosiy manbai – bu tabiat dunyosidir. Inson tabiatning ajralmas qismi va uning tabiat bilan o’zaro munosabati ko’p jihatdan har bir individning insoniyligi, yaxlitligini belgilab beradi. Tabiat bilan me’yoriy o’zaro harakat insonda qator tarbiyaviy qadriyatli munosabatni yuzaga keltiradi. Eng avvalo, tabiat inson uchun tarbiyaviy, jismoniy-sog’lomlashtiruvchi va ma’naviy qadriyat sifatida aks etadi. Tabiatdagi har bir narsa-hodisa individni tarbiyalaydi.
- Tarbiyaviy qadriyatlarning tabiiy manbasi shaxsda tabiat, inson va jamiyatga nisbatan muhim qadriyatli munosabatni shakllantiradi. Tabiat insonda moddiy borliq, uning paydo bo’lishi, moddiy borliq shakl va qonunlari birligi haqidagi falsafiy dunyoqarashni hosil qiladi. Insonda tabiatga tarbiyaviy-qadriyatli, ilmiy-bilishga doir munosabatni rivojlantirish unda ilmiy, bilim, ko’nikma va malakalarni egallash; real moddiy hayot harakat qonunlarini bilish; moddiy hayot mohiyatini falsafiy jihatdan tushunib yetish; tabiat qonunlari bilan bog’liqlikda tabiiy boyliklarni o’zlashtirishdagi amaliy harakatga intilishni rag’batlaydi.
- Bundan tashqari tabiat tarbiyaviy qadriyat sifatida ob’ektiv go’zallik hodisasidir. Tabiat shaxsda estetiklikni, badiiy-estetik ongni; dunyo go’zalligini idrok etish va yaratish qobiliyatini shakllantiradi.
- 3. Tarbiyaviy qadriyatlar manbai sifatida sotsium ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish zarurki, inson nafaqat tarbiyaviy qadriyatlarni yaratadi, balki uning o’zi ham mohiyatiga ko’ra tabiiy va muhim tarbiyaviy qadriyatdir. Katta avlod vakillari, ayniqsa, ota-onalar va pedagoglar, davlat va jamoat arboblari, fan va san’at namoyondalari o’zlarida tarbiyalanuvchilarga yorqin va kuchli ta’sir etuvchi shaxs fazilatlari va xususiyatlari, uning faoliyati va xulq-atvori namunasini aks ettiradi. Har qanday ma’naviy yetuk, keng tafakkurli, ijodkor, yaratuvchan, mas’uliyatli inson o’zida ma’naviy ustoz maqomini ifoda etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |