Qadriyatlar o`z-o`zidan shakllanmaydi, boyimaydi. Ularning shakllanishi uchun muayyan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sharoit zarur. Qadriyatlarni shakllantiruvchi omillarga ilm-fan, jumladan, falsafa, adabiyot, san'at kiradi. "Qadriyat", "baho" kabi so`zlar qadimgi zamonlarda paydo bo`lgan. Bu so`zlar hamma tillarda mavjud bo`lib, turli davrlarda shakllangan, rivojlangan ularning mazmuni va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati masalasiga e'tibor berilgan, qadriyatlar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning mahsuli ekanligi ko`rsatilgan. - Qadriyatlar o`z-o`zidan shakllanmaydi, boyimaydi. Ularning shakllanishi uchun muayyan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sharoit zarur. Qadriyatlarni shakllantiruvchi omillarga ilm-fan, jumladan, falsafa, adabiyot, san'at kiradi. "Qadriyat", "baho" kabi so`zlar qadimgi zamonlarda paydo bo`lgan. Bu so`zlar hamma tillarda mavjud bo`lib, turli davrlarda shakllangan, rivojlangan ularning mazmuni va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati masalasiga e'tibor berilgan, qadriyatlar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning mahsuli ekanligi ko`rsatilgan.
- Qadriyatlar kategoriyasi tushunchasi muayyan moddiy va ma'naviy hodisalar, shuningdek, ularning ayrim xususiyatlarining ifodasidir. Bu hodisalardan jamiyat o`zining amaliy ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanadi. Insonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, axloqiy, estetik jihatlardan olamga bo`lgan munosabatini ifodalovchi tushunchalar har xil sharhlanib kelindi. Bir qarashda qadriyat shakllari tartibsizga o`xshab ko`ringani bilan aslida ular orasida qonuniy, zaruriy uyg`unlik mavjud.
- Kundalik hayotda ko`pchilik tomonidan qo`llaniladigan "qadriyat"lar iborasi odamlar uchun zarur ahamiyat kasb etganida narsa, hodisa, ob'ekt, predmet kabilarga nisbatan ishlatiladi. Qadr so`zi o`zbek tilidagi ba'zi ibora va so`zlarda sharqona falsafiy mazmun borligidan dalolat beradi va serqirra ma'no kasb etadi.
- "Qadriyatshunoslik" tarixining eng teran qirralarini faqat G`arbdan emas, balki Sharqdan "qidirish" ham katta ahamiyatga ega. Forobiy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Farg`oniy, Ulug`bek, Navoiy, Mashrab, Behbudiy, Donish, Cho`lpon, Qodiriy, Avloniylar ham qadriyatlar taraqqiyotiga munosib hissalarini qo`shgan mutafakkir va olimlardir.
- Qadriyatlarning mazmuni jamiyatning moddiy ne'matlar ishlab chiqarish jarayonidagi yutuqlari bilan bog`liq. U keng ma'noda madaniyat dunyosidir, bu inson ma'naviy hayotining va faoliyatining qimmatini belgilovchi bahodir, insonning axloqiy ongi, axloqiy intilishlari sohasiga mansub bo`lib, shaxs ma'naviy boyligining mezoni sifatida idodalanadi. Zero, eng oliy qadriyat insondir. Inson borlig`i, uning hayoti, yashashi eng asosiy masaladir. Inson hayot bo`lsagina narsalar, tabiat, butun borliq, moddiy va ma'naviy madaniyat ahamiyatga ega bo`lai. Uning ahamiyati faqat inson borlig`i asosida qadrlanadi.
- Qadriyatlarda ular yuzaga kelgan davrning ta'siri, imkoniyatlari, talab va ehtiyojlari o`z ifodasini topadi. Har bir qadriyat ma'lum bir davr va sharoitning mahsuligina emas, balki uning ko`zgusi hamdir. Qadriyatlarga baho berayotganda o`sha davrdagi imkoniyat va ehtiyojlarni ham bilish talab etiladi. Har bir qadriyatning ijtimoiy ahamiyatini bilishga muayyan tarixiy sharoitlarni hisobga olib yondoshmoq joizdir.
- Insoniyat tarixi turli ziddiyatlar orqali o`tmishdan kelajakka tomon harakatlanadi. Shu bilan birga muayyan sivilizasiya qadriyatlari ham shu tariqa boyib, umuminsoniy, milliy-etnik va boshqa qadriyatlarning mukammalroq jihatlarini, turli-tuman qirralarini yaqqolroq namoyon qilib boraveradi. "Yangidan-yangi avlodlar, qanchadan - qancha elat, xalq va millatlar nodir asarlarni takror va takror o`qib-o`rganib, ta'lim-tarbiya oladilar".
- Tulenov J, G`afurov 3. Mustqillik va milliy tiklanish.T., "O`zbekiston", 1996 yil. 199-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |