Mavzu: Milliy g’oya fani bo’yicha sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar.
MUNDARIJA:
KirishI bob.Milliy g’oya fanida olib boriladigan sinfdan tashqari ishlar.
1.1.Sinfdan tashqari olib boriladigan ishlarning mazmuni
1.2.Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish rejasini ishlab chiqish metodikasi
1.3. Milliy g’oya fanini sinfdan tashqari ishlarining o’quvchi ma’naviyatini yuksaltirishidagi muhim tamoyillari
1.4. Milliy g’oya fani bo’yicha sinfdan tashqarishi ishlarda fan to'garaklari, uchrashuvlar, konferensiyalar va kechalar tashkil qilish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2005-yil 5-iyuldagi «Maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini oshirish o‘quv yili yakunlari va rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida»gi buyrug‘ida qayd etilishicha o‘quvchilarni maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga faol jalb etishda muayyan ishlar qilinganligi qayd etilgan. Shuni alohida qayd etish lozimki, «Maktabdan tashqari ta’lim» tushunchasi bilan birga, «darsdan tashqari ishlar» tushunchasi mavjud. Umumta’lim maktablari sistemasida mavjud bo‘lgan «Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari» o‘zida qator mustaqil ta’lim-tarbiyaga bevosita aloqador bo‘lgan muassasalarni o‘z ichiga oladi. Chunonchi, Respublika o‘quvchilar saroyi, Respublika yosh sayyohlar va o‘lkashunoslar markazi, Respublika o‘quvchilar texnik-ijodiyot markazi, Respublika ta’lim markazi va uning qoshidagi Ilmiy-metodik kengashi, Respublika «Bio ekosan» o‘quv-uslubiy majmui muassasalarida Respublika miqyosida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tasarrufida faoliyat olib boradi.
Sinfdan tashqari ishlarni olib borish tartibi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonunining II bob 17 -moddasi “Maktabdan tashqari ta’lim” ni tashkil etish masalasini aniq belgilab bergan1: “Bolalar va o’smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarni qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarni tashkil etishlari mumkin”. Maktabdan ta shqari ta’lim muassasalariga bolalar, o’smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o’smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
O’quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarga
ta`lim-tarbiya jarayoning ajralmas tarkibiy qismidir. U darslarda olib boriladigan
o`quv-tarbiya ishlarini mustahkamlab va to`ldirib borishi bilan birgalikda o`quvchilarni pedagogik ta`sir ostiga to`la ravishda jalb etishga hamda dars uchun ajratilgan vaqt ichida amalga oshirilishi qiyin bo`lgan yoki butunlay iloji bo`lmagan bir qancha muhim tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga yordam beradi.
Qiziqish va intilishlarini darslarda, masalan, fizika darslarida, yetarlicha qondirish mumkin emas. Bu vazifani o`quvchilar bilan ularni qiziqtirgan masalalar bo`yicha darsdan tashqi mashg`ulotlar o`tkazish yo`li bilangina maqsadga muvofiq ravishda hal qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |