I bob.Milliy g’oya fanida olib boriladigan sinfdan tashqari ishlar.
1.1.Sinfdan tashqari olib boriladigan ishlarning mazmuni
Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
O‘quvchi-talabalarga milliy g‘oya va mafkurani ta’limdan tashqari ishlar orqali singdirishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarga e’tibor qaratilishi lozim2:
- yoshlarni erkin fikrlashga o‘rgatish, hayot mazmunini tushunib olishiga ko‘maklashish, o‘z-o‘zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini uyg‘otish;
- o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, o‘stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarini shakllantirish;
- har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish, inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilib ko‘rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoit hozirlash;
- insonparvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish (bir-birini tushunish, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga qarshi kurasha olish), muomala odobi kabi tarbiya vositalarini keng qo‘llash;
- odamlar bilan o‘zaro munosabat – muloqotni o‘rganish, o‘z xalqiga, davlatiga, uning himoyasi uchun hamisha shay bo‘lib turish, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Bayrog‘iga, Gerbiga, Madhiyasiga, Prezidentiga sadoqatli qilib tarbiyalash;
- qonuniy jamoa ahloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy mas’uliyat hislarini rivojlantirish, o‘zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi. Insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish uchun fidoyilikni, ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirish;
- mustaqil davlatimiz – O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga qiziqishni oshirish. Uning tinchliksevarlik, demokratiya va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, oshkora-ochiq tashqi siyosatiga va o‘z xalqining turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan, fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladigan ichki siyosatini to‘g‘ri tushuntirish;
- turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondashish fazilatlarini shakllantirish;
- sog‘lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila sohibi bo‘lish istagini shakllantirish;
- yoshlarimizni erkin va mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
Ta’limdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchi-talabalarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi. U o‘quvchi-talabalarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi.Ta’limdan tashqari ishlarning o‘ziga xosligi shundaki, to‘garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar yigit-qizlarning ijtimoiy shaxs sifatida shakllanishlari uchun qator imkoniyatlar yaratadi3.
Ta’limdan tashqari ishlarni amalga oshirish orqali o‘quvchi-talabalar o‘rtasida milliy istiqlol g‘oyalarini targ‘ib qilish, shakllantirish imkoniyatlari mavjud bo‘lib, ularni takomillashtirish orqali samarali natijalarga erishish mumkin.O‘quvchi-talabalarning bir kunlik vaqt byudjeti: o‘quv va darsdan tashqari vaqt sotsiologiyasini aniqlash va shu asosda ta’limdan tashqari ishlarni samarali tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish zarur4.
Darsdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda: tanlovlar, klublar, badiiy havaskorlik, uchrashuvlar, bahslar, sport musobaqalari, davra suhbatlari, treninglar usullari: ishontirish, namuna ko‘rsatish, o‘rganish, mashq qildirish, rag‘batlantirish, illatlarga salbiy munosabat bildirish, munozaralar, kuzatish, trening, jamoaviy ijodiy faoliyat, “mafkuraviy vaziyat”, harakatli, taqlidli, rolli o‘yinlar va hokazolardan samarali foydalanish lozim5.
"Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari" fanining asosiy maqsadi o‘sib kelayotgan yosh avlodni iymon-e’tiqodli, or-nomusli bo‘lishga, o‘z Vatani, xalqi, uning boy tarixiy va madaniy qadriyatlari, merosi, urf-odatlariga sodiq qolishga va tariximizga bo‘lgan mehr-muhabbatini shakllantirishga qaratilgandir.
O‘qituvchi o‘quvchilarni sinfdan tashqari buladigan professor-o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy-amaliy konferensiyalarida qatnashishlarini tashkil etishi yanada maqsadga muofiq bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchi-talabalarni saylovlarda qatnashishini tashkil qilib o‘quvchi-talabalarga, Saylov huquqi butun dunyoda e’tirof etilgan eng muhim konstitutsiyaviy-siyosiy huquqlardan biri bo‘lib, fuqarolarga davlat hokimiyati organlariga o‘z vakillarini yuborish imkoniyatini beradi. Fuqarolarning o‘z saylov huquqlarini hech to‘sqinliksiz amalga oshirishlari ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokining eng muhim kafolatlaridan biri ekanligini tushintirib berishi lozim.
O‘qituvchi o‘quvchi-talabalarni Turli respublika va xalqaro anjumanlarda: ilmiy - amaliy, nazariy konferensiyalarda, seminarlarda ma’ruzalar bilan qatnashish larini ham tashkil etishi mumkin, bu ham sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar sirasiga kiradi albatta.
Sinfdan tashqari ishlarda yoshlarni kitob mutola qilishga da’vat etish, ularning kitoblardan foydalanib o‘z ustida ishlash imkoniyatlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixiy joylar, osori atiqalar, yodgorliklar, ziyoratgohlar bilan tanishib, ularni o‘rganishga o‘quvchi-talabalar jalb etish zarur. Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, muzeylar faoliyatini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Muzeylarga o‘quvchi-talabalarning tashrifini uyushtirib borish an’anaga aylanishi kerak.Tarixiy joylarga sayohat o‘ziga xos ma’naviy-ma’rifiy ish uslubi bo‘lib, o‘quvchilarga o‘rganilayotgan ob’ektni bevosita ko‘rish, kuzatish va ular to‘g‘risida mukammal, to‘liq ma’lumotlar olish imkonini beradi. Bu dars afzalligining yana bir tomoni bo‘lib, o‘rganilayotgan ob’ekt to‘g‘risida ilgarigi mavjud bilimlarini to‘ldirish uchun qiyoslash, tahlil qilish sharoitini yaratadi.
O‘zbek oilalaridagi kitobga muhabbat, kitobni asrab-avaylab saqlash va kitobxonlik xalqimiz ma’naviy kamolotida muhim ahamiyat kasb etgan fazilatga aylangan. Chunki kishining o‘zini-o‘zi tarbiyalashida kitob ham bilim manbai, ham o‘zingizni ko‘rish, taqqoslash, taqlid qilish, munozara yuritish, bahslashishda ma’lum darajada ko‘zgu vazifasini o‘taydi. Kitobxonlik mushohada va mulohaza yuritish iqtidorini shakllantiradi, fikrni charxlaydi, teranlashtiradi. Ta’limdan tashqari ishlarda yoshlarni kitob mutola qilishga da’vat etish, ularning kitoblardan foydalanib o‘z ustida ishlash imkoniyatlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarixiy joylar, osori atiqalar, yodgorliklar, ziyoratgohlar bilan tanishib, ularni o‘rganishga o‘quvchi-talabalar jalb etish zarur. Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, muzeylar faoliyatini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Muzeylarga o‘quvchi-talabalarning tashrifini uyushtirib borish an’anaga aylanishi kerak6.
“Mening davlatim”, “Mening xalqim”, “Mening Vatanim”, “Biz hech kimdan kam bo‘lmaganmiz, kam bo‘lmaymiz ham” va shu kabi mavzularda turli ma’rifiy tadbirlar tashkil etib, ularda talaba-o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash lozim.
Tuman, shahar, viloyat va respublika ma’naviyat-ma’rifat markazlari, oliygohlar, ilmiy tekshirish institutlari, muzeylar, sayohat muassasalari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ishlashni yo‘lga qo‘yishi zarur.
Muzeylar, tarixiy joylar, zavod-fabrikalar, san’at dargohlari, konsert zallari, teatr, televidenie va hokazolarga sayohat darslarini tashkil etish maqsadga muvofiq.Tarixiy joylarga sayohat o‘ziga xos ma’naviy-ma’rifiy ish uslubi bo‘lib, o‘quvchilarga o‘rganilayotgan ob’ektni bevosita ko‘rish, kuzatish va ular to‘g‘risida mukammal, to‘liq ma’lumotlar olish imkonini beradi. Bu dars afzalligining yana bir tomoni bo‘lib, o‘rganilayotgan ob’ekt to‘g‘risida ilgarigi mavjud bilimlarini to‘ldirish uchun qiyoslash, tahlil qilish sharoitini yaratadi.
Mamlakatimizning barcha hududiy birliklarida sanalar, nomlar, tarixiy voqealar, davrlar bilan bog‘liq joylar mavjud. Ular ko‘cha, tepalik, bino, soy, ariq, qishloq, ovul, mahalla bo‘lishi mumkin. Sayohatlarni o‘quv muassasasiga yaqin, o‘quvchilarning yashash joylarida uyushtirish qator qulayliklarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |