1.3. Milliy g’oya fanini sinfdan tashqari ishlarining o’quvchi ma’naviyatini yuksaltirishidagi muhim tamoyillari
Darsdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda: tanlovlar, klublar, badiiy havaskorlik, uchrashuvlar, bahslar, sport musobaqalari, davra suhbatlari, treninglar usullari: ishontirish, namuna ko‘rsatish, o‘rganish, mashq qildirish, rag‘batlantirish, illatlarga salbiy munosabat bildirish, munozaralar, kuzatish, trening, jamoaviy ijodiy faoliyat, “mafkuraviy vaziyat”, harakatli, taqlidli, rolli o‘yinlar va hokazolardan samarali foydalanish lozim10.
"Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari" fanining asosiy maqsadi o‘sib kelayotgan yosh avlodni iymon-e’tiqodli, or-nomusli bo‘lishga, o‘z Vatani, xalqi, uning boy tarixiy va madaniy qadriyatlari, merosi, urf-odatlariga sodiq qolishga va tariximizga bo‘lgan mehr-muhabbatini shakllantirishga qaratilgandir.
O‘qituvchi o‘quvchilarni sinfdan tashqari buladigan professor-o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy-amaliy konferensiyalarida qatnashishlarini tashkil etishi yanada maqsadga muofiq bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchi-talabalarni saylovlarda qatnashishini tashkil qilib o‘quvchi-talabalarga, Saylov huquqi butun dunyoda e’tirof etilgan eng muhim konstitutsiyaviy-siyosiy huquqlardan biri bo‘lib, fuqarolarga davlat hokimiyati organlariga o‘z vakillarini yuborish imkoniyatini beradi. Fuqarolarning o‘z saylov huquqlarini hech to‘sqinliksiz amalga oshirishlari ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokining eng muhim kafolatlaridan biri ekanligini tushintirib berishi lozim.
O‘qituvchi o‘quvchi-talabalarni turli Respublika va xalqaro anjumanlarda: ilmiy - amaliy, nazariy konferensiyalarda, seminarlarda ma’ruzalar bilan qatnashish larini ham tashkil etishi mumkin, bu ham sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar sirasiga kiradi albatta.
Sinfdan tashqari ishlarda yoshlarni kitob mutola qilishga da’vat etish, ularning kitoblardan foydalanib o‘z ustida ishlash imkoniyatlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixiy joylar, osori atiqalar, yodgorliklar, ziyoratgohlar bilan tanishib, ularni o‘rganishga o‘quvchi-talabalar jalb etish zarur. Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, muzeylar faoliyatini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘quvchi-talabalar huquq faniga bevosita taaluqli bo‘lgan davlat idoralari, hususan : Oliy majlisga, Senatga, Vazirlar mahkamasiga, Shahar va tuman Hokimiyatlariga Ekskursiyalar tashkil etishi va ekskursiya jarayonida O‘quvchi-talabalarga davlat organlari ularning faoliyati haqida tushunchalar berib borishi, Jumladan, davlat organi muayyan davlat hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan, davlat tomonidan uning aniq, vazifa va funksiyalarini bajarishga safarbar etilgan hamda davlat belgilagan tartib asosida faoliyat ko‘rsatadigan fuqaro (shaxs) yoki fuqarolarning jamoasidir11.
Millatimiz asriy asoratdan ozod bo‘ldi. Ozodlik tushunchasiqo‘l yetmas xayoldan real voqelikka aylandi. Bugun mustaqil mamlakatimiz farzandlari, ya’ni, Siz, aziz o‘quvchilar – bu ozodlikning mevalarisiz. Demak, eng avvalo, bu – Sizning faningiz. Uning maqsadi esa Sizga ozodlik, hurriyat, erkinlik xususida keng va atroflicha bilim berishdir.
Hayot maqsadlar silsilasidir. Bizning fanimiz milliy tariximiz, madaniyat va san’atimizning ezgu g‘oyalarini Sizga yetkazishdan iborat. Tuprog‘imizda qadimdan yashab kelgan ota-bobolarimiz an’analari, istiqlol yo‘lidagi kurashlarga guvoh bo‘lgan o‘lmas tariximiz, boy madaniy merosimiz haqida Sizlarni ogoh etish ham shu maqsadlar sirasiga kiradi.
Jahon mafkuralar kurashi maydoniga aylangan, turli yot g‘oyava qarashlar insonlar ongi uchun kurashayotgan bugungi murakkab sharoitda Sizning mafkuraviy salohiyatingizni mustahkamlash ham mazkur fanning asosiy maqsad va vazifalaridandir.
Aziz o‘quvchi, milliy istiqlol g‘oyasi fani vatanparvarlik va jasoratga undovchi fandir. Siz uni o‘rganar ekansiz, jasur bobolarning mardonavor hayotini, kurashlarini qalb va ongingizga muhrlaysiz, deb o‘ylaymiz.
Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi istiqlol g‘oyasining asosiy mavzusidir. Zero, Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, xalqqa mehr tuyg‘ulari komillikning oliy namunasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |