Birinchi usul - bu YAIMni hisoblashga qo’shilgan qiymatlar bo’yicha yondashuvi: Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo’yicha yaratilgan qo’shilgan qiymatlar qo’shib chiqiladi (YAIM tarmoq va ishlab chiqarishlar bo’yicha). Bu usul bilan hisoblangan YAIM alohida tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi o’rnini va hissasini aniqlash imkonini beradi.
Ikkinchi usul - bu YAIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo’yicha yondashuv: Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini sotib olishga qilingan butun sarflar qo’shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo’jalikning uchta sub’ekti - uy xo’jaliklari, davlat, tadbirkorlar, hamda tashqaridan chet ellik iste’molchilar sotib olishi mumkin.
Uy xo’jaliklarining iste’mol sarflari - bu kundalik ehtiyojdagi tovarlarga, xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va boshqalarga qilinadigan sarflardir.
Milliy hisoblar makroiqtisodiy tahliliy va bashoratlash maqsadida foydalanish MHT asosida amalga oshiriladigan tahlilning asosiy yo’nalishlaridan biri iqtisodiy o’sish darajasi va iqtisodiy konyukturaning tebranishi hisoblanadi. Iqtisodiy o’sish darajasining ko’rsatkichlaridan mamlakatning u yoki bu davridagi o’sish tendensiyalarini o’rganish uchun foydalaniladi.
Jadval 3
Masalan MDH mamlakatlarida YAIM(o'zgarmas baholarda 1991-yilga nisbatan foiz hisobida) dinamikasi
O’zbekiston
|
98,6
|
102,7
|
107,0
|
111,4
|
120,0
|
127,7
|
Ozarbayjon
|
53,3
|
59,3
|
65,1
|
72,0
|
80,1
|
88,3
|
Armaniston
|
76,8
|
84,2
|
95,0
|
108,2
|
119,1
|
124,6
|
Belarussiya
|
89,7
|
94,0
|
98,7
|
105,4
|
107,0
|
109,3
|
Gurjiston
|
47,6
|
49,8
|
52,5
|
57,1
|
63,3
|
65,6
|
Qozog’iston
|
76,0
|
88,5
|
97,2
|
106,1
|
116,2
|
126,6
|
Qirg’iziston
|
72,2
|
76,1
|
76,1
|
81,2
|
87,0
|
91,4
|
Moldaviya
|
42,0
|
45,0
|
48,5
|
51,6
|
54,7
|
57,0
|
Rossiya
|
70,8
|
74,3
|
77,8
|
83,3
|
89,5
|
95,9
|
Tojikiston
|
41,0
|
45,0
|
49,3
|
54,3
|
59,7
|
63,4
|
Ukraina
|
47,4
|
51,7
|
54,2
|
58,8
|
66,6
|
72,6
|
Malumotlar asosida MDH mamlakatlarining YAIM hajmini o’sish suratlari bo’yicha ikki guruhga ajratish mumkun:
1)1991 yil darajasiga yetib o’tib ketgan mamlakatlar O’zbekiston, Qozog’iston, Armaniston va Belarussiya;
2)1991 yil darajasiga yetmagan mamlakatlar: Ozarbayjon, Gurjiston, Qirg’iziston, Moldaviya, Rossiya, tojikiston va Ukraina.MDH davlatlari ichida YAIM ko’rsatkichi bo’yicha eng yuqori darajaga erishgan mamlakat O’zbekiston bo’lib uning YAIM (o’zgarmas baholarda) 1991 yilga nisbatan 127,7%ni tashkil etdi Moldava esa YAIM endi 57,0%ni tashkil etgan edi. Milliy boylikni an’anaviy shakllardan farqli o‘laroq, yangi kengaytirilgan konsepsiyasi tabiiy va inson resurslarini o‘z ichiga qamrab oladi. Tabiiy kapital milliy boylikning muhim elementidir. Tabiiy kapitalga tiklanadigan va tiklanmaydigan tabiat in’omlari kiradi: yer, suv , foydali qazilmalar, yovvoyi o'simlik va hayvonot dunyosi, havo, energiyaning tabiiy turlari. Egalik qilish huquqi joriy qilinadigan, shu bilan birga iqtisodiy manfaat manbai bo‘la oladigan tabiiy resurslar milliy boylik tasnifida ishlab chiqarilmagan moddiy aktivlar tarkibiga kiritiladi. MHTda yer — bu ishlab chiqarilmagan moddiy aktiv bo'lib, yer ustidagi turpoq, unda joylashgan suv havzalari hamda qurilish inshootlari joylashgan yerlar yer tarkibiga kiritiladi. Qazilma boyliklar — bu mavjud texnik taraqqiyot darajasidan kelib chiqib foydalanish iqtisodiy ma’noga ega bo‘lgan yer usti va qa’rida joylashgan foydali qazilmalaming aniqlangan zaxirasi. 0‘simlik va hayvonot dunyosining yetishtirilmaydigan biologik resurslari - bu inson ishtirokisiz o'simlik va hayvonot mahsulini bera oladigan va keyinchalik ularga egalik huquqi o‘rnatiladigan yovvoyi flora va fauna, yovvoyi o'simliklar va hayvonlar. Suv resurslari — milliy iqtisodiyotda foydalanilishga yaroqli bo'lgan yer usti va yerostida joylashgan suvlar. BMTning ishchi guruhi (Dj.Dikson va K.Xamilton) tabiiy kapitalni hajmi va tarkibini hisoblash metodologiyasini ishlab chiqqan. Ularning hisob-kitoblariga qaraganda tabiiy kapitalni (qishloq xo‘jalik yerlari, o'rmon va himoyalangan yerlar, minerallar va boshqa yer osti boyliklari) jon boshiga hisoblaganda birinchi o’rinda Yaqin Sharq mamlakatlari, ikkinchi Shimoliy Amerika, eng oxirida Shimoliy Afrika davlatiari turar ekan. Yer osti boyliklari bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasi ham yuqori o‘rinIarda turadi. Respublika zaminida mashhur ximik Mendeleev D .I.(1834-1907)ning davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlar topilgan. Hozirgi paytda mustaqil 0‘zbekiston Respublikasida 3 mingga yaqin turli foydali qazilma konlari va madanlar namoyon bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral xomashyo turlarini o‘z ichiga oladi. Juda katta zaxiralar Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 900 dan ortiq konlar qidirib topilgan. Ularning tasdiqlangan zaxiralari deyarli 1,0 trillion AQSH dollarini tashkil etadi, mineral xomashyo potensiali 3,3dan ortiq. Aholi jon boshiga hisoblasak, tegishli ravishda 31,25 va 103 ming dollardan ortiq. Demak, O’zbekiston jon boshiga to’g’ri keladigan yer osti boyliklar qiymatt bo’yicha eng boy davlatlar qatoriga kirar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |