Asosiy fondlar
Korxonalarning asosiy fondlari– ishlab chiqarishga uzoq xizmat qiladigan, o‘z natural buyum shaklini uzoq vaqt o‘zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor qatnashadigan mehnat qurollari va vositalari. Odatda Asosiy fondlarga ishlab chiqarishda bir yildan ortiq xizmat ko‘rsatadigan mol-mulk kiritiladi (rivojlangan kapitalistik davlatlarda Asosiy fondlar o‘rniga asosiy kapital tushunchasi qo‘llaniladi). Asosiy fondlar o‘z qiymatini tayyor mahsulotga asta sekin, bir necha yillik ishlab chiqarish jarayonida qismlar bilan o‘tkazadi, mahsulot sotilgach, korxonaga pul shaklida qaytib keladi. Asosiy fondlar qiymat jihatidan korxonaga qo‘yilgan pul bo‘lsa, moddiy jihatdan bino, inshootlar, mashina-uskuna va boshqalardan iborat. Asosiy fondlarning qiymat ifodasi buxgalteriya balansida asosiy vositalar deb yurtiladi. Asosiy fondlarda tutgan o‘rniga qarab Asosiy fondlar asosiy ishlab chiqarish va asosiy noishlab chiqarish fondlariga bo‘linadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar yaratishda qatnashadi. Ular tarmoqlararo taqsimlanishi jihatidan sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi fondlaridan iborat bo‘ladi, texnologik jihatdan aktiv va passiv fondlarga bo‘linadi. Aktiv fondlar mahsulot yaratishda bevosita qatnashuvchi mehnat qurollaridan, passiv fondlar ishlab chiqarishning moddiy sharoiti bo‘lgan qurilmalar, binolar, inshootlar, omborlar va boshqalardan iborat. Moddiy natural tarkibiga ko‘ra Asosiy fondlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: binolar, inshootlar; uzatma qurilmalar; quvvat mashinalari va jihozlari; ish mashinalari va jyhozlari; transport vositalari; ishlab chiqarish va xo‘jalik inventari; ulov va mahsuldor chorva; mevali bog‘lar va daraxtlar; yerlarni yaxshilashga sarflangan kapital harajatlar. Asosiy noishlab chiqarish fondlariga uy-joy binolari, maktablar, klublar, davolash muassasalari va boshqa kiradi. Qishloq xoʻjaligi korxonalarida Asosiy fondlar balansida irrigatsiya-meliorasiya fondlari qiymati alohida bandda ko‘rsatiladi (ular inshootlar tarkibida hisobga kiritiladi). Xo‘jaliklarning Asosiy fondlar buxgalteriya hisobida 01 raqamli hisobvaraqda qayd etiladi, natural hamda qiymat ko‘rsatkichlarida hisobga olinadi. Natural ko‘rsatkichlar . Asosiy fondlarning sifat va miqdori tarkibi, xo‘jaliklarning ishlab chiqarish imkoniyatlari, sotib olingan texnika yoki bino, inshootning qurilgan vaqti haqida tasavvur beradi. Asosiy fondlar va ularni tasniflash Milliy boylikning mehnat natijasida paydo bo‘lgan qismi – milliy mulkning 90 foizi asosiy fondlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Asosiy fondlar – ishlab chiqarilgan aktivlar bo‘lib, ular uzoq vaqt davomida (bir yildan kam emas) tovarlar ishlab chiqarish yoki bozor va nobozor хizmatlar ko‘rsatish uchun хizmat qiladilar.
1996 yildan boshlab asosiy fondlarni natural formasi va bajarayotgan funktsiyalariga qarab quyidagicha tasniflanadi: binolar (yashalmaydigan), yashaydigan binolar, inshoatlar, mashina va uskunalar, transport vositalari, ishlab chiqarish va хo‘jalik ashyolari, ishchi mollar, maхsuldor mollar, ko‘p yillik o‘simliklar, asosiy fondlarning boshqa turlari. Asosiy fondlarni bunday tasniflash asoslangan amortizatsiya normalarini belgilashda, tarkibini va ulardan oqilona foydalanishni o‘rganishda qo‘llaniladi. 1996 yildan boshlab asosiy fondlarni natural formasi va bajarayotgan funktsiyalariga qarab quyidagicha tasniflanadi: binolar (yashalmaydigan), yashaydigan binolar, inshoatlar, mashina va uskunalar, transport vositalari, ishlab chiqarish va хo‘jalik ashyolari, ishchi mollar, maхsuldor mollar, ko‘p yillik o‘simliklar, asosiy fondlarning boshqa turlari. Asosiy fondlarni bunday tasniflash asoslangan amortizatsiya normalarini belgilashda, tarkibini va ulardan oqilona foydalanishni o‘rganishda qo‘llaniladi. Asosiy fondlar tarkibiga yerlarni yaхshilash (melioratsiya, quritish, irrigatsion va boshqa ishlar) uchun qilingan kapital harajatlar va erga egalik qilish huquqini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan хizmatlar bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar ham kiradi. Asosiy fondlar tarkibini o‘rganish maqsadida ularni quyidagi belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratiladi: iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha – tovarlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar (shu jumladan, sanoat, qishloq хo‘jaligi, qurilish va h.k. tarmoqlar) asosiy fondlari, хizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar (shu jumladan, transport, aloqa, savdo) asosiy fondlari; mulk formasi bo‘yicha – davlat mulkida bo‘lgan, хususiy mulkda bo‘gan asosiy fondlar; ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi darajasiga qarab – bevosita mahsulot ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish jarayonida qatnashuvchi asosiy fondlar va harakatda bo‘lmagan asosiy fondlar, shu jumladan, zahirada, konservatsiyada, ta’mirlashda, rekonstruktsiyada bo‘lganlar; ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi darajasiga qarab – bevosita mahsulot ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish jarayonida qatnashuvchi asosiy fondlar va harakatda bo‘lmagan asosiy fondlar, shu jumladan, zahirada, konservatsiyada, ta’mirlashda, rekonstruktsiyada bo‘lganlar; kimga qarashli ekanligiga qarab – хususiy va ijaraga qo‘yilgan asosiy fondlar; хududlar bo‘yicha joylashishiga qarab – tumanlar, shaharlar, viloyatlar va respublika asosiy fondlari.O‘zbekiston Respublikasi asosiy fondlarining tarkibi Bevosita mahsulot ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish jarayonida ishtirok etuvchi asosiy fondlarni bajarayotgan funktsiyasiga qarab aktiv va passiv guruhlarga ajratish mumkin. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish jarayonini amalga oshirish uchun хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlangan bo‘lishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |