Milliy boylik va milliy daromad tushunchalarining farqlanishi
Milliy boylik nomoliyaviy aktivlar va tashqi dunyoga sof talablarni ifodalab, milliy daromadni ishlab chiqarishda qatnashadi. O’z navbatida milliy daromadning bir qismi ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan, eskirib va boshqa sabablarga ko’ra oborotdan chiqib ketgan kapital o’rnini qoplash uchun asosiy manba bo’lib hisoblanadi
Milliy boylikning tarkibiy qismlarini belgilash, ularni yagona kontseptsiyalar asosida qiymatini, tarkibi, dinamikasi hamda foydalanish darajasini hisoblash va iqtisodiy-statistik tahlil qilish maqsadida, BMT statistika komissiyasi huzurida va Jahon banki qoshida Dj.Dikson (AQSh) va K.Xamilton (Kanada) boshchiligida ishchi guruh tuzilgan. Ushbu guruh milliy boylikning elementlari bo’yicha qiymati, tarkibi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan darajasi hamda indeksini hisoblaydi. K.Xamiltonning hisob-kitoblariga qaraganda, ko’pgina mamlakatlarda (aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM darajasi jahon darajasidan past bo’lganlarida) umumiy kapital hajmining o’sish sur’ati aholi sonining o’sish sur’atidan pastdir.
http://Staff.tiiame.uzJadval 1
Jahonning ayrim mamlakatlarida milliy boylikning hajmi
Mamlakatlar
|
Umumiy hajmi
|
Aholi jon boshiga
|
Trln. Dollar
|
AQShga nisbatan % da
|
Ming doll
|
AQShga nisbatan % da
|
AQSH
|
123,6
|
100
|
461,5
|
100
|
Rossiya
|
58,8
|
47
|
400,0
|
87
|
Yaponiya
|
53,3
|
48
|
423,4
|
92
|
Xitoy
|
35,5
|
29
|
28,5
|
6
|
Germaniya
|
30,8
|
25
|
375.1
|
81
|
Fransiya
|
21,1
|
17
|
359.6
|
78
|
Agiliya
|
20,8
|
17
|
353,0
|
76
|
Italiya
|
17,0
|
14
|
295,8
|
64
|
Brazilliya
|
14,2
|
11
|
89,0
|
19
|
Indoneziya
|
12,2
|
10
|
60,0
|
13
|
Milliy boylik – makroiqtisodiy statistikaning tayanch ko’rsatkichlaridan biridir. Uning hajmi (solishtirma baholarda) – mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini ifodalaydi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan miqdori esa – mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga baho beradi
Milliy boylik tarkibi quyidagi mezonlarga ko’ra tasniflanadi:
-mulkchilik shakllari bo’yicha;
-qiymat elementlarining aylanish xarakteriga ko’ra;
-iqtisodiy yo’nalishi va takror ishlab chiqarish
-jarayonida qatnashishiga ko’ra;
-natura-buyum shakliga ko’ra;
-ma’muriy va iqtisodiy xududlarga ko’ra;
-iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlariga ko’ra.
Milliy boylikni mulkchilik shakllariga ko’ra tasniflash
Milliy boylik hajmini mulkchilik shakllari bo’yicha davlat, xususiy korxona va tashkilotlar, ijtimoiy nodavlat va notijorat tashkilotlar hamda uy xo’jaliklari miqyosida baholashda statistik va buxgalteriya hisobotlari, inventarizatsiya va tanlama kuzatish (masalan, uy xo’jaliklari mol-mulkini hisoblashda) usullaridan foydalaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |