Mavzu: Metall to‘sinlarni loyhalash va hisoblash. Reja:
Metall to‘sinli konstruksiyalar.
Prokat to‘sinlarni hisoblash tartibi.
Alohida elementlardan tayyorlangan to‘sinlarning hisobi.
To‘sinlar – jamoat va turar-joy binolarining sinchini tayѐrlashda, ishlab chiqarish maydonchalarini qurishda qavatlararo ѐpmalarini ѐpishda, ko‘priklarda va boshqa bir qator sohalarda qo‘llaniladi. To‘sinlardan keng ko‘lamda foydalanishning asosiy sabablaridan biri to‘sin konstruksiyasining oddiyligi va undan foydalanishning ishonchliligidadir. Konstruktiv shakli qulay, balandligi uncha katta emas. Statik sxemasi bo‘yicha to‘sinlar bir oraliq va ko‘p oraliqli hamda konsolli bo‘ladi.
To‘sinlarga tushadigan yukka va tayanchlar ora masofasiga ko‘ra to‘sinlar yaxlit yoki yig‘ma kesimli bo‘lishi mumkin. Yig‘ma to‘sinlar payvandli ѐki boltli bo‘ladi.
Yopmalarda, ishlab chiqarish maydonchalarida, ko‘prik konstruksiyasining yuk ko‘taruvchi qismini to‘sinlar tizimi tashqil etadi. Har xil to‘sinlardan foydalanib yopilgan yuzni to‘sinli katak deydilar, to‘sinlar joylashtirilishi, ta’sir etayotgan yuk miqdori va tarxdagi o‘lchamlariga qarab, uch xil bo‘lishi mumkin: oddiy normal va murakkab.(17.1-rasm)
Oddiy joylashtirishda yopmaga qo‘yilgan yuk to‘shama orqali to‘shama to‘sinlarga, to‘shama to‘sinlari orqali devorlarga uzatiladi.
Normal joylashtirish usulida yuk to‘shama to‘sinlari orqali bosh to‘sinlariga uzatiladi, bosh to‘sinlar esa, o‘z navbatida qabul qilgan yukni ustunlarga uzatadi.
Murakkab joylashtirishda to‘shama to‘sinlari qabul qilingan yuk birin- ketin yordamchi bosh to‘sinlarga va undan keyin ustunlarga o‘zatiladi
To‘sinlarning o‘zaro tutashishi qavatli bir xil balandlikda va pasaytirilgan bo‘lishi mumkin. (16.2-rasm)
Qavatli to‘sinlar tizimi tez va oson yig‘iladi lekin qurilish balandligi katta ustivorligini tekshirish lozim. Bitta balandlikdagi to‘sinlar tizimini yig‘ish uchun ancha vaqt va mehnat sarflash kerak, lekin konstruksiyasi ustivorligini ta’minlaydi. Pasaytirilgan to‘sinli katakda eng past balandlikka ega bo‘lgan to‘sinli katak hosil bo‘ladi ustivorligi ta’minlanadi yig‘ish uchun mehnat sarfi qavatliga qaraganda ko‘proq bitta balandlikdan kamroq sarflanadi. Bosh to‘sinlar odatda ustunlarga tayanadi va ustunlari orasidagi katta masofalari bo‘ylab joylashtiriladi. To‘shamani bevosita ushlab turuvchi to‘sinlar (to‘shama to‘sinlari) bo‘lib ularni orasidagi masofa «a» xarfi bilan belgilanadi va u 0,61,6 m teng qilib olinadi.
Ikkinchi darajali to‘sinlarni orasi masofa 2m dan – 5m gacha bo‘lishi mumkin.
16.1-rasm. To‘sinli kataklarni tizimi
To‘shamani hisobi
To‘shama uchun varaqsimon prokatli po‘latdan qalinligi 6-14mm gacha bo‘lganlari ishlatiladi.
To‘shamaning ishlashi kuchlanganli holati tayanch orasidagi masofasini to‘shama qalinligi nisbati lt ga bog‘liq, agar lt50 bo‘lsa cho‘zuvchi kuchlanishlarning miqdori juda kichik bo‘ladi, shu sababli ularni hisobga olmasa ham bo‘ladi. Bu holda to‘shama faqat egilish kuchlanishlarga ishlaydi deb hisoblanadi.
16.2-rasm. Murakkab to‘sinli katakda to‘sinlarni bir – biriga
biriktirilishi.
Hisoblash tartibi quyidagicha:
To‘shamani 1 p.sm ta’sir etayotgan yuk aniqlanadi.
Eni 1 p.sm bo‘lgan to‘shama to‘sindagi eng katta eguvchi moment aniqlanadi.
M max
q l 2
t
8
(16.1)
To‘sin kesim yuzasining talab qilgan qarshilik momenti aniqlanadi.
W M max
(16.2)
Do'stlaringiz bilan baham: |