Mavzu. Mehnat bozorida mehnat resurslariga



Download 297,99 Kb.
bet4/5
Sana06.05.2023
Hajmi297,99 Kb.
#935770
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-MAVZU. MEHNAT BOZORIDA MEHNAT RESURSLARIGA — копия

Mehnat taklifi

Mehnat bozoridagi fuqarolar xususiyatlari

mezonlari







Mehnatga qobiliyati

Mehnatga qobiliyatli fuqarolar

bo‘yicha







Mehnatga qobiliyatsiz fuqarolar




Ish bilan bandligi

Ish bilan bandlar




bo‘yicha­







Ish bilan band emaslar

Ishdan bo‘shatilganlar




Ish bilan band, ish izla­







Mehnat bozoriga ilk bor chiqqan




yotganlar




yoshlar, bitiruvchilar













Ishsizlar







Uzoq muddat davomida ishlamayot­







ganlar

Ishga joylashtirish

Potensial mehnat bozori




ehtiyojini shakllanti­







Real mehnat bozori




rish sohasi bo‘yicha




Kafolatlar, maqom va

Kasb ta’limi va mahorati

Tor tarmoqda (u bankrotlikka uchra­

hokazolar bo‘yicha




ganda qiymatini yo‘qotadi)







Xodim ko‘p sohalarda kafolatni







yo‘qotadi




Mehnat taklifi







Raqobatbardoshligi







Kontraktlar




Ish o‘rni maqomi

Xodimning ish haqi miqdori

bo‘yicha







Ishning nufuzi













Ish sharoiti







Xizmat mansabida ko‘tarilish imkoniyati




Ishning xodim malakasi va ixtisosligiga muvofiqligi

Ish bilan bandligi

To‘la ish kuni

Doimiy xodimlar

vaqti bo‘yicha










Vaqtincha xodimlar










To‘liqsiz ish kuni

Doimiy xodimlar







Vaqtincha xodimlar







Qisqa muddatga vaqtincha ishga







olingan xodimlar

Mehnat faoliyatiga

Mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan yoshlar

jalb etilishi daraja­







Ishsizlar

O‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shagan­

si bo‘yicha




lar













Ma’muriyat tashabbusi bilan ishdan







bo‘shatilganlar




Ish bilan band bo‘lgan holda

boshqa yoki qo‘shimcha ish qidirayot­




ganlar





Mehnat bozorida mehnat resurslarining taklifi va unga talab o‘rtasidagi nisbat mehnat bozorining kon’yunkturasi hisoblanadi. Mehnat bozoridagi kon’yunkturaning uch turi farqlanadi:



  • muvozanatli kon’yunktura – mehnat resurslariga talab va taklifning mutanosibligi;




  • mehnat taqchilligi kon’yunkturasi – mehnat resurslariga talabning ularning taklifidan ortiqligi;




  • mehnatning ortiqchaligi kon’yunkturasi – mehnat resurslariga taklifning ularga talabidan ortiqligidir.

Har bir xodim mehnat bozorida uch narsani: ish vaqti, ish sifati va uning intensivligini taklif etadi. Ularning jamlanmasi mehnat bozorid mehnat resurslarining shaxsiy taklifini tashkil etadi.


Xodimlarning ish vaqti taklifi foydalilik nazariyasiga asoslanadi. Ushbu nazariya Avstriya maktabining eng mashhur vakillaridan biri Byom-Baverk Oygen tomonidan ishlab chiqilgan.




Oygen fon Byom-Baverk (nem. Eugen Böhm Ritter von Bawerk; 1851–1914 – avstriyalik mashhur iqtisodchi olim va davlat arbobi.


Asosiy asari:


Osnovы teorii sennosti xozyaystvennыx blag. - M.: Eksmo, 2009. - 912 s.





  1. foydalilik xaridor tovarni iste’mol qilishdan oladigan qoniqish ekanligini va umumiy, o‘rtacha va eng ko‘p foydalilikni farqlash kerakligini ko‘rsatgan. Bunda umumiy foydalilik – xarid qilingan qandaydir tovar yoki xizmatdan foydalanishdan olingan qoniqish, o‘rtacha foydalilik – umumiy qoniqishning iste’mol qilingan tovarlar birligiga nisbati, eng ko‘p foydalilik esa qo‘shimcha olingan tovardan olingan qoniqishning umumiy foydalilik bilan jamlanmasidir.

Avstraliyalik iqtisodchi olim Byom-Baverk amalga oshirgan tadqiqotlari natijasida qaysidir bir ne’matning biror bo‘lagini izchil ravishda iste’mol qilish jarayonida uning foydaliligi iste’molchi uchun kamayib borishini aniqlagan.


4.4-rasmda aks ettirilganidek, Q ne’matining uzluksiz ko‘paytirilishiga umumiy foydalilik – TU mos tushadi. Holbuki, ne’matlar soni ko‘paygani sari umumiy foydalilik ortib boradi, lekin eng ko‘p foydalilik – MU va har bir qo‘shimcha ne’mat birligi bu foydalilikni kamaytiradi.

Mehnat resurslari sifatining taklifi insonning ta’lim va mala­ ka darajasi, fiziologik, jismoniy, ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, ishlab chiqarish sharoitlariga moslasha olishi, kasbga yo‘naltirilganligi va mobilligi kabi shaxsiy xislatlarining jamlanmasidir. Mehnat resurs­ lari sifatining barcha ko‘rsatkichlari yaxshilanishi ularning mehnat bozo­ ridagi raqobatbardoshligini kuchaytiradi, mehnat unumdorligini oshirish va sifatini yaxshilashga xizmat qiladi, milliy mehnat bozorida mehnat re­ surslarininng taklifi ularga talabdan yuqori bo‘lganda tashqi mobillikka rag‘batlantiradi.




4.4-rasm. Umumiy (a) va eng ko‘p (b) foydalilik


Mehnat intensivligining taklifi. Mehnat intensivligini oshirish mehnat unumdorligini oshirish, demakdir. Mehnat intensivligi bilan turli boshqa omillar o‘rtasidagi aloqadorlik juda murakkab bo‘lib, u ish vaqti va mehnat sifati takliflariga nisbatan chuqur va batafsil tahlil qilinmagan. Mehnat bozorida taklif etiladigan mehnat intensivligi, bir tomondan, xodimning ichki motivatsiyasi va jismoniy holatiga bog‘liq, ikkinchi tomondan, qonunchilik milliy an’analar orqali tartibga solinadi.

Ma’lumki, xodim katta daromad hisobiga ko‘p tovar va xizmatlarni xarid qilishi mumkin. Daromadlarning ortishi ish haqining ham ortishini nazarda tutadi. Yuqorida bayon qilinganidek, ish haqining ortishi mehnat taklifining kamayishiga olib keladi.


Mehnat resurslari taklifining iqtisodiy mazmuni – bu yollanma xodim tomonidan o‘ziga tegishli va ajralmas mehnat qobiliyatini mehnat bozori­ da ish beruvchiga taklif qilishidir. Mehnat resurslariga taklif aniq bir shaxslar tomonidan shakllantiriladi va shuning uchun shaxsiy xususiyatga ega bo‘ladi. Shu boisdan mehnat resurslarining mehnat bozoridagi oddiy takli­ fi alohida shaxslar mehnat qobiliyatining taklifidir (4.5-rasm).


Mehnat resurslarining mehnat bozoridagi oddiy taklifi quyidagi xususiyatlarga ega:


– xodimlarning vaqti ikki qismga: daromad olish uchun ish vaqtiga va qolgan bo‘sh vaqtga bo‘linadi;



4.5-rasm. Mehnat

resurslarining shaxsiy taklifi
– xodim mehnat faoliyatini amalga oshirish natijasida ish haqi stavkasi va ishlagan vaqtiga muvofiq ish haqi oladi;

– xodimning daromadi ish haqidan va boshqa­ mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘l­ maganlar (ijtimoiy to‘lovlar, nafaqalar va boshqalar)dan olinadigan daromadlar­ dan iborat;


– xodimlar daromadiga olishi mumkin ne’matlarni iste’mol qiladi;


– bo‘sh ish vaqti ham ne’mat hisobla­ nadi, xodim bo‘sh vaqtini o‘z ehtiyojlari, qiziqishlari­ va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda sarflaydi;


– xodim iste’mol qiladigan ne’matlarning o‘ziga imkon qadar ko‘p foyda keltirishiga intiladi.


Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, mehnat resurslarining oddiy taklifi modelini foydalilikning shaxsiy funksiyalarini imkon qadar ko‘paytirishga yo‘naltirilgan, deb aytish mumkin.


Xodimlar tomonidan tashkillashtirilgan mehnat faoliyatida ishtirok etish to‘g‘risida ijobiy qaror qilishi mumkin bo‘lgan eng kam ish haqi zahira ish haqi (wr) hisoblanadi. Agar ish haqi zahira ish haqidan kam bo‘lsa, xodim uchun eng ko‘p foydalilik keltiradigan eng maqbul ish vaqti (H*) nolga teng bo‘ladi, ya’ni:


w < wr bo‘lganida, H*=0.


Zahira ish haqi mehnat bozorida mehnat resurslarini taklif qilishda ishtirok etmayotgan xodimlarga mehnat faoliyatiga kirishish uchun qancha pul taklif etilishi lozimligini ko‘rsatadi (4.6-rasm).



4.6-rasm. Zahira ish haqi
Rasmda aks ettirilgan mehnat faoli­ yatidan olinmagan daromadning (V) o‘zga­ rishi zahira ish haqini o‘zgartiradi va xodimlarning mehnat faoliyatiga kiri­ shish to‘g‘risida qaror qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat faoliyatidan olinmagan daromadning ko‘payishi zahi­ ra ish haqini oshiradi. Bo‘sh vaqt ne’mat sifatida ko‘rilishi uchun xodim umumiy daromadining ortishi dam olish qimma­ tini ko‘paytiradi va unga ishlamaslikka

rag‘bat beradi. Rasmdagi A nuqta xodimning bo‘sh vaqtdan voz kechib, daromad topish uchun mehnat faoliyatiga kirishishga undaydigan holatni ifodalaydi.


Zahira ish haqi ikki xil xususiyati bilan ajralib turadi. Agar uning miqdori kam bo‘lsa, xodimning mehnat bozoridan ish topishi yengil bo‘ladi, buning uchun kamroq vaqt talab qilinadi, chunki u kamroq ish haqiga ham ishlashga tayyor bo‘ladi.


Aksincha, zahira ish haqi yuqori bo‘lsa, xodim bo‘sh vaqtdan voz kechib, mehnat faoliyatiga kirishishi uchun yuqoriroq ish haqi to‘lanadigan ish joyini mo‘ljallaydi. Tabiiyki bunday ish joyini topish oson emas, shu bilan birga bu ko‘p vaqt ham talab qiladi.





Download 297,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish