Davlat tili darslarida matn va uni o‘rganish usullari
Matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
DTSda berilgan talablar asosida
03
02
04
01
Muallifga borliq
- o‘quvchi (muallif) va borliq; yozma ishning maqsadi; yozma ish – o‘quvchining (muallifning) o‘zligi;
Qayta ishlash
-yozma ish matni ustida qayta ishlash; uyadosh, ma’nodosh, shakldosh, zid ma’noli so‘zlardan foydalanish;
Ijodiy yozma ish
- “Ijodiy yozma ish” (matn) tushunchasi: rasm asosida hikoya, manzara tasviri, shaxs, hayvon, narsa – buyum, voqyea – hodisa tasviri;
Uyg‘unlik
- yozma ish mazmunining mavzu va uning nomlanishi bilan uyg‘unligini ta’minlash;
Hukm va xulosa
- mavzuni yoritish uchun zarur material: o‘quvchining bilimlari, kuzatishlari, taassurotlari, mushohadalari, qiyos va o‘xshatishlari, hukm va xulosalari;
Harakat
-tor reja, keng reja;
-ishni oqqa ko‘chirish;
-xatolar ustida ishlash v.h.
Matn yaratish
- yozma ishga mavzu tanlash; uni tayyorlash; ayni bir narsa (buyum, manzara, voqyea - hodisa) hamda turli mavzuda matn yaratish;
Matn uslubi
-matnning uslubi (gap qurilishi), imlosi va tanish belgilari ustida ishlash;
Matn ustida ishlashga o‘rgatishda egallangan bilimlarni quyidagi ko‘nikma va malakalar bilan mustahkamlashni tavsiya qilinadi.
Matn yaratish va matn ustida ishlashning didaktik prinsiplari
1
Ta’limning rivojlanuvchi va takomillashib boruvchi texnologiyasi boshqa fanlar qatori o‘zbek tili ta’limida ham keng miqyosdagi umumpedagogik vazifani bajaradi. O‘quvchi nutqiy mahoratining yuksalib borishi – o‘zbek tili ta’limi mazmuni, o‘quv jarayoni va uning to‘g‘ri shakllantirilishiga bog‘liqligi isbot talab qilmaydigan haqiqat bo‘lsa, nutq tilning ifoda vositalaridan foydalangan holda voqyeylikka aylangan fikrdir.
2
U nutq a’zolarining ongli harakati jarayonida paydo bo‘ladi. Ruhiy hodisa bo‘lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o‘tgach, haqiqatga aylanadi.
Demak, nutqning vazifasi – ong, xotira va tafakkurning uyg‘unlikdagi faoliyati mahsulini barcha uchun tushunarli, adabiy me’yoriy shaklga kiritish, uni moddiylashtirish (axborotga aylantirishdan) va tinglovchiga yetkazishdan iborat.
3
Shu bilan bir qatorda o‘zbek tili o‘qitish metodikasi lingvodidaktik asoslarga ham egaki, bunda til birliklarini nafaqat grammatik xususiyatlariga, balki lug‘aviy ma’nolariga ham asoslangan holda o‘rganish, umumiy va xususiy hodisalarni fikrlash, so‘z boyligini oshirish, og‘zaki nutq, mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish, uning rang-barangligi va uslubiy ravonligiga erishish ko‘zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |