T/R
|
Bo‘limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Baholash
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish , davomot aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “ yangi yil rejalari ” mavzusida suhbat o’tkazish.
c) ingliz tili daqiqasi; fir – tree - archa.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
. Tarqatmalar yordamida oquvchilarni darsga jalb etish. Egalik qo’shimchalarini yoddan so’rash.
III Yangi mavzu bayoni 139 – mashq. Matnni o’qing. Ajratib ko’rsatilgan otlarga so’roq bering. Ular qaysi kelishikda qo’llangan?
KANAREYKA
Rashid ayvonda kanareykasini tomosha qilib o‘tirardi. O‘rik tomondan boshqa kanareykaning ovozi eshitildi. Qo‘shnisi chap qo‘lida bo‘sh qafasni ushlagancha u yoqdan bu yoqqa alanglardi. Rashid tezlik bilan qafasini hovliga olib chiqdi. Qo‘liga matrapni oldi. Kanareyka qafasning ustiga qo‘ndi. Rashid matrapni qushning ustiga tashladi. U qushni qo‘liga oldi-da, uyiga qarab chopdi. (Sh. Mamajonov)
Тushum kelishigidagi otlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chiring. Тushum kelishigidagi otlar gapda qanday vazifa bajaryapti?
Tushum kelishigidagi otlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi? Tushum kelishikdagi otlarni o’zi bog’langan so’z bilan ko’chiring.
Rashid kanareykasini, boshqa kanareykani, Rashid qafasini, matrapni oldi.
Lug’at ishi:matrap – bedana, kaptar tutish uchun ishlatiladigan asbob, to’r.
140 – mashq. Matnni o’qing. Tushum kelishigi so’roqlariga javob bo’lgan otlarni aniqlang.
Biz Kamalaktog‘ etaklariga o‘tovlarni tikdik. Bu yer- da sayohatga chiqqan bolalarni uchratdik.
Men tunda safarda foydalaniladigan maxsus xalta- to‘shakni to‘shab yotdim. Ertalab nonushtadan so‘ng shifokor yigit bizlarga yigirma xil dorivor giyohlarni ko‘rsatdi. Fotohavaskor o‘qituvchi bu yerda yashaydigan turli hayvonlarning suratlarini olgani haqida so‘zladi. Men esa yon daftarimni bu yerdan olgan taassurotlar bilan to‘ldirdim. (A. Aminov)
Tushum kelishikdagi otlarni o’zi bog’langan so’z bilan birikma tarzida ko’chiring. Tushum kelishigi qo’shimchasini tegishlicha belgilang. Tushum kelishigi qanday vazifa bajariyapti?
IV Yangi mavzuni mustahkamlash
O`tovlarni tikdik, bolalarni uchratdik, to`shakni to`shab, giyohlarni ko`rsatdi, suratlarini so`zladi, daftarimni to`ldirdim.
O’ylang! Tushum kelishigi qo’shimchasi otni qaysi so’z turkumiga bog’laydi? Tushum kelishigidagi otlar gapning qaysi bo’lagi bo’lib keladi ?
V Baholash
O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorli-gi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasi, to’g’ri va ravon o’qishi o’qutuvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |