Lisenziya talabgorining arizasiga ko‘ra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning quyidagi qismlariga beriladi:
a) yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda tashish;
b) yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha
mikroavtobuslarda tashish;
v) yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha yengil avtomobillarda tashish;
g) yo‘lovchilarni shaharda avtobuslarda tashish;
d) yo‘lovchilarni shaharda mikroavtobuslarda tashish;
e) yo‘lovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish;
j) yo‘lovchilarni shahar atrofida avtobuslarda tashish;
z) yo‘lovchilarni shahar atrofida mikroavtobuslarda tashish;
i) yo‘lovchilarni shahar atrofida yengil avtomobillarda tashish;
k) yo‘lovchilarni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda tashish;
l) yo‘lovchilarni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha mikroavtobuslarda tashish?
m) yo‘lovchilarni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha yengil avtomobillarda tashish;
n) yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda tashish;
o) yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha mikroavtobuslarda tashish;
p) yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha yengil avtomobillarda tashish;
r) yuklarni avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish;
s) yuklarni avtomobil transportida shaharda tashish;
t) yuklarni avtomobil transportida shahar atrofida tashish;
u) yuklarni avtomobil transportida shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish;
f) yuklarni avtomobil transportida xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish.
Lisenziya 5 yil muddatga beriladi. Lisenziyaning amal qilishi litsenziya berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Lisenziya bilan birga har bir avtotransport vositasiga litsenziya kartochkasi beriladi.
Har bir avtotransport vositasiga litsenziya kartochkasi litsenziyaning amal qilish muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi. Agar ashyoviy huquqlarning yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati litsenziyaning amal qilish muddatidan kam bo‘lsa, litsenziya kartochkasining amal qilish muddati ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati bilan cheklanadi. Lisenziya kartochkasining amal qilishi litsenziya kartochkasi berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Lisenziatning litsenziya kartochkalari bilan ta'minlanmagan avtomobil transporti vositasidan foydalangan holda olgan daromadi (foydasi) noqonuniy hisoblanadi va qonun hujjatlariga muvofiq byudjyetga olib qo‘yilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 248-moddasida Ichki ishlar organlari ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lgan ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra, ushbu kodeksning 1251-moddasida belgilangan yuk tashish qoidalarini, shatakka olish qoidalarini buzish huquqbuzarligini yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (Bosh boshqarmasi) boshlig‘i, uning o‘rinbosari, yo‘l-patrul xizmatini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda ma'muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i, uning o‘rinbosari, alohida muhim ishlar bo‘yicha inspektor (ma'muriy amaliyot bo‘yicha inspektor), ma'muriy amaliyot bo‘linmasi (bo‘limi) boshlig‘i, uning o‘rinbosari, ma'muriy huquqbuzarliklarga doir materiallarni ko‘rib chiqish bo‘yicha katta inspektor (inspektor), ular yo‘qligida esa ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari ko‘rib chiqishi mumkin.
Mavzu:11. mashgʼulot-1. Transport vositalarining texnik holati va jixozlanishi.
33. Transport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazishga DYHXX organlari tomonidan ko‘rsatilgan joyga qo‘yilishi lozim (Subyektlar tomonidan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini baholash hollari bundan mustasno).
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
34. Har qaysi transport vositasining texnik ko‘rigi ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomada (texnik pasportda, texnik talonda) ko‘rsatilgan ma’lumotlarga transport vositasi turi, markasi, modeli, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari, shassi (rama), kuzov va dvigatelning identifikatsiyalash raqamlarining muvofiqligini tekshirishdan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |