Mavzu: mashgʼulot Umumiy qoidalar. Qoidalarda qoʼllaniladigan asosiy tushuncha va atamalar



Download 1,11 Mb.
bet1/45
Sana24.09.2021
Hajmi1,11 Mb.
#183929
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45

Mavzu: 1. mashgʼulot-1. Umumiy qoidalar. Qoidalarda qoʼllaniladigan asosiy tushuncha va atamalar

1. Ushbu Yoʼl harakati qoidalari (keyingi oʼrinlarda — Qoidalar) Oʼzbekiston Respublikasi hududida yoʼl harakatining yagona tartibini belgilaydi.

2. Oʼzbekiston Respublikasi yoʼllarida transport vositalarining oʼng tomonlama harakatlanish tartibi belgilangan.

3. Yoʼl harakati qatnashchilari «Yoʼl harakati xavfsizligi toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunini, va ushbu Qoidalarni va unda keltirilgan svetofor ishoralari, yoʼl belgilari (ushbu qoidalarga 1-ilova), yoʼl chiziqlarining (ushbu qoidalarga 2-ilova) talablarini bilishlari, ularga amal qilishlari, shuningdek ularga berilgan vakolat doirasida yoʼllarda harakatni tartibga soluvchilarning koʼrsatmalarini soʼzsiz bajarishlari shart.

4. Yoʼl harakati qatnashchilari boshqa yoʼl harakati qatnashchilarining harakatlanishiga xavf tugʼdirmasliklari kerak. Tegishli vakolatga ega boʼlmagan yuridik va jismoniy shaxslarga yoʼl qoplamasini buzish yoki ifloslantirish, yoʼl belgilarini, svetoforlarni va harakatlanishni tashkil etishning boshqa texnik vositalarini oʼzboshimchalik bilan olib tashlash, oʼrnatish, toʼsib qoʼyish, shikastlantirish, yoʼllarda harakatlanishga toʼsqinlik qiluvchi narsalarni qoldirish taqiqlanadi.

Harakatga toʼsqinlik tugʼdirgan shaxs uni tezda bartaraf qilish uchun imkoniyati darajasida barcha choralarni koʼrishi, agar buning iloji boʼlmasa, mavjud barcha vositalar bilan xavf-xatar haqida harakat qatnashchilarini ogohlantirishi va ichki ishlar organlariga (keyingi oʼrinlarda IIO) xabar berishi shart.

5. Mazkur Qoidalarni buzgan shaxslar Oʼzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

Qoidalarda quyidagi asosiy tushuncha va atamalardan foydalaniladi:

Аvtomagistral — 5.1. yoʼl belgisi bilan belgilangan, har bir yoʼnalishning qatnov qismlari ajratuvchi boʼlak bilan ajratilgan (u boʼlmaganda yoʼl toʼsiqlari bilan) hamda boshqa yoʼllar, tramvay va temir yoʼllari, piyoda va velosiped yoʼlkalari bilan bir sathda kesishmaydigan yoʼl.

Аvtopoezd — ulagich moslamalari bilan ulangan egarli shatakka oluvchi va yarim tirkama yoki yuk avtomobili va tirkama (tirkamalar)dan iborat transport vositasi tarkibi.

Yoʼl harakati xavfsizligi — yoʼl harakati qatnashchilarining yoʼl-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yoʼl harakati holati.

Velosiped — odam kuchi bilan harakatlantiriladigan (nogironlar aravachasidan tashqari) ikki yoki undan ortiq gʼildirakli transport vositasi.

Transport vositasining egasi — transport vositasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.

Haydovchi — yoʼllarda transport vositasini boshqarib borayotgan shaxs. Boshqarishni oʼrgatuvchi, ot aravani boshqarayotgan, hayvonlarni minib harakatlanayotgan yoki ularni yetaklab borayotgan, chorva mollari (poda)ni haydab borayotgan shaxslar haydovchiga tenglashtiriladi.

Majburiy toʼxtash — texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yoʼlovchining holati, yoʼldagi biror toʼsiq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-havo sharoitiga bogʼliq holda transport vositasi harakatini toʼxtatish.

Аsosiy yoʼl — tuproqli yoʼlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalьt va sement-betonli, tosh va shunga oʼxshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yoʼlga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yoʼl belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yoʼlga nisbatan har qanday yoʼl. Ikkinchi darajali yoʼlning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali boʼlishi uni asosiy yoʼl bilan teng huquqli qilmaydi.

Аrava — ot (yoki boshqa hayvonlar)ga qoʼshib tortiladigan yoki odam mushak kuchi bilan harakatga keltiriladigan dvigatelь bilan jihozlanmagan, yuk tashishga moʼljallangan qurilma.

Yoʼl — transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan yer boʼlagi yoxud sunʼiy inshoot yuzasi. Yoʼl avtomobilь va shahar elektr transporti yoʼllarini hamda trotuarlarni oʼz ichiga oladi.

Yoʼl-transport hodisasi — transport vositasining yoʼlda harakatlanishi jarayonida roʼy bergan, fuqarolarning halok boʼlishiga yoki sogʼligʼiga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishi yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab boʼlgan hodisa.

Yoʼl harakati — odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yoʼllar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui.

Temir yoʼl kesishmasi — yoʼlning temir yoʼllar bilan bir sathda kesishgan joyi.

Yoʼnalishli transport vositasi — belgilangan yoʼnalishi va bekatlari boʼlgan, yoʼlovchi tashish uchun moʼljallangan umum foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yoʼnalishli taksi).

Mexanik transport vositasi — dvigatelь bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi (mopeddan tashqari). Bu atama barcha traktor va oʼziyurar moslamalarga ham taalluqlidir.

Moped — ish hajmi 50 sm3 gacha, yuqori tezligi soatiga 50 kilometrdan oshmaydigan dvigatelь bilan harakatga keltiriladigan ikki yoki uch gʼildirakli transport vositasi. Osma dvigatelli velosipedlar va yuqoridagi taʼrifga ega boʼlgan boshqa transport vositalari ham mopedlarga tenglashtiriladi.

Mototsikl — kajavali yoki kajavasiz ikki gʼildirakli mexanik transport vositasi. Аslahalangan holatdagi vazni 400 kilogrammdan oshmaydigan uch va toʼrt gʼildirakli mexanik transport vositalari, shuningdek dvigatelining ish hajmi 50 sm3 dan yoki eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan ortiq boʼlgan skuter, kvadrotsikl, elektroskuterlar ham mototsikllarga tenglashtiriladi.

Аholi punkti — kirish va chiqish yoʼllari 5.22 — 5.25 yoʼl belgilari bilan belgilangan hudud.

Yetarlicha koʼrinmaslik — yomgʼir, qor yogʼishi, tuman tushishi va shunga oʼxshash sharoitlarda, shuningdek kunning gʼira-shira vaqtida yoʼlning koʼrinish masofasi 300 metrdan kam boʼlishi.

Quvib oʼtish — egallagan harakatlanish boʼlagidan chiqib, oldinda harakatlanayotgan transport vositasidan oʼzib ketish.

Yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash — yoʼl-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarini oldini olishga, ularning ogʼir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat.

Yoʼl yoqasi — yoʼlning qatnov qismiga u bilan bir sathda bevosita tutashgan, qoplama turi bilan farq qiladigan yoki 1.1 yoʼl chizigʼi yordamida ajratilgan, ushbu Qoidalarga muvofiq harakatlanish, toʼxtash va toʼxtab turish uchun moʼljallangan boʼlagi.

Yoʼl harakatini tashkil etish — yoʼllarda harakatni boshqarish boʼyicha huquqiy, tashkiliy-texnikaviy tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui.

Piyodalarning tashkiliy jamlanmasi — Qoidalarning 16-bandi talablariga muvofiq, yoʼlda bir yoʼnalishda birgalikda harakatlanayotgan odamlar guruhi.

Transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi — oldida yalt-yalt etuvchi koʼk rangli yoki koʼk va qizil rangli chiroq mayoqchasi yoqilgan transport vositasi kuzatib borayotgan, bevosita bir-birining ketidan, bitta harakatlanish boʼlagida, chiroqlarini doimiy yoqib kelayotgan, uch va undan ortiq mexanik transport vositalari guruhi.

Bolalar guruhini tashkiliy tashish — yoʼnalishli transport vositalariga daxli boʼlmagan avtobuslarda sakkiz va undan ortiq bolalarning tashkiliy tashilishi.

Toʼxtash — transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha boʼlgan muddatga toʼxtatish (harakatsiz holatga keltirish).

Yoʼlovchi — transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs.

Chorraha — yoʼllarning oʼzaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi.

Chorraha chegarasi uning markazidan qatnov qismlari oxiridagi qarama-qarshi tomonlarning eng uzoq burila boshlagan joylarini tutashtiruvchi tasavvur qilinadigan chiziqlar bilan aniqlanadi.

Yondosh hududlardan chiqish joylari chorraha hisoblanmaydi.

Ogohlantiruvchi ishoralar — avariya holatlarining oldini olish maqsadida, shuningdek harakat yoʼnalishini oʼzgartirishda qoʼllaniladigan ishoralar.

Piyoda — transport vositasidan tashqarida boʼlgan va yoʼlda biror-bir yumush bilan band boʼlmagan shaxs.

Velosiped, moped, mototsikl, chana, aravacha va bolalar hamda nogironlar aravachasini yetaklagan, nogironlarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan shaxslar ham piyoda hisoblanadilar.

Piyodalar oʼtish joyi — yoʼl qatnov qismining piyodalar kesib oʼtishi uchun moʼljallangan, 5.11, 5.12 yoʼl belgilari va 1.14.1 — 1.14.3 yoʼl chiziqlari bilan ajratilgan boʼlagi.

Yoʼl chiziqlari boʼlmasa, piyodalar oʼtish joyining kengligi 5.11 va 5.12 yoʼl belgilari orasidagi masofa bilan aniqlanadi.

Piyodalar yoʼlkasi — yoʼlning piyodalar harakatlanishi uchun moʼljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi.

Yondosh hudud — bevosita yoʼlga tutashgan va transport vositalari oʼtib ketishi uchun moʼljallanmagan hudud (hovlilar, turar joy dahalari, avtomobilь toʼxtab turish joylari, yonilgʼi quyish shoxobchalari, korxona va shunga oʼxshashlar).

Imtiyoz — moʼljallangan yoʼnalishda boshqa yoʼl harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi.

Tirkama — mexanik transport vositasi tarkibida harakatlanishga moʼljallangan, dvigatelь bilan jihozlanmagan transport vositasi. Bu atama yarim tirkama va uzaytiriladigan tirkamalarga ham taalluqlidir.

Qatnov qismi — yoʼlning relьssiz transport vositalari harakati uchun moʼljallangan qismi.

Harakatlanish boʼlagi — avtomobillarning bir qator boʼlib harakatlanishi uchun yetarlicha keng boʼlgan, yoʼl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yoʼl qatnov qismining har qanday boʼylama boʼlagi.

Аjratuvchi boʼlak — yoʼlning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki toʼxtashi uchun moʼljallanmagan, yoʼl sathidan baland va (yoki) 1.1 yotiq chizigʼi bilan belgilangan qismi.

Ruxsat etilgan toʼla vazn — aslahalangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan, yuk, haydovchi va yoʼlovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (oʼlchovi).

Bir tarkibda harakatlanayotgan (tirkama va h. k.) transport vositalarining ruxsat etilgan toʼla vazniga shu tarkibga kiruvchi transport vositalarining ruxsat etilgan toʼla vaznlari yigʼindisi kiradi.

Reversiv harakat — yoʼl qatnov qismining maxsus ajratilgan, 5.35 — 5.37 yoʼl belgilari, 1.9 yoʼl chizigʼi bilan belgilangan va ustida reversiv svetofor oʼrnatilgan boʼlagida harakat yoʼnalishining qarama-qarshi tomonga oʼzgarishi.

Tartibga soluvchi — Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʼl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi oʼrinlarda DYHXX), harbiy avtomobilь nazorati organlari xodimi, oʼz xizmat vazifalarini bajarayotgan, ushbu Qoidalarda koʼzda tutilgan ishoralar yordamida yoʼl harakatini tartibga solish vakolatiga ega boʼlgan va uni bevosita amalga oshirayotgan, yoʼldan foydalanish xizmati xodimlari, temir yoʼl kesishmasi va sol kechuvlaridagi navbatchilar. Tartibga soluvchi maxsus kiyim va (yoki) taniqlik belgisi (qoʼl bogʼichi, jezl, qizil ishorali yorugʼlik qaytargich, qizil chiroq yoki bayroqcha)ga ega boʼlishi shart.

Yoʼl berish — yoʼl harakati qatnashchilariga nisbatan imtiyozi boʼlgan boshqa yoʼl harakati qatnashchisining harakat yoʼnalishi yoki tezligini oʼzgartirishga majbur etishi mumkin boʼlgan hollarda harakatni davom ettirmasligini yoki boshlamasligini, biror-bir manyovr bajarishi mumkin emasligini bildiruvchi talab.

Yoʼl harakati qatnashchisi — yoʼl harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yoʼlovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxs.

Transport vositasi — odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga moʼljallangan qurilma.

Trotuar — qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, maxsus toʼsiqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun moʼljallangan yoʼl qismi.

Toʼxtab turish — transport vositasiga yoʼlovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bogʼliq boʼlmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan koʼproq vaqtga atayin toʼxtatish.

Qorongʼi vaqt — kechki gʼira-shiraning oxiridan tonggi gʼira-shiraning boshlanishigacha boʼlgan oraliqdagi vaqt.

Haqiqiy vazn — transport vositasining yuki, haydovchi va yoʼlovchilari bilan birgalikdagi vazni.

Foto va video qayd etish — yoʼl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video texnik vositalari yordamida qayd etish.

Mavzu: 2. mashgʼulot-1. Haydovchi, piyoda va yoʼlovchilarning vazifalari.

3.1. Mexanik transport vositasi haydovchisi quyidagi hujjatlarni yonida olib yurishga majbur:

— tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma va uning taloni;

— transport vositasini roʼyxatdan oʼtkazilgani haqida hujjat;

— yoʼl yoki yoʼnalish varaqasi (xususiy transport vositalari egalaridan tashqari), tashilayotgan yukning hujjatlari;

— transport vositasining egasi yonida boʼlmaganida, transport vositasidan foydalanish huquqini beruvchi qonuniy rasmiylashtirilgan ishonch qogʼozi, shartnoma yoki umumiy egalik huquqi toʼgʼrisidagi guvohnomasi boʼlishi lozim. Haydovchilar mazkur hujjatlarni DАN va militsiya xodimlari talab etganda berishlari lozim.

3.2. Haydovchi (shaxsiy transport vositalarining egalaridan tashqari) umum foydalanadigan transport vositalarini tekshiruv-taftish xizmati xodimlariga toʼxtashi va yoʼl varaqasi, yuk hujjatlarini tekshirish uchun berishi shart.

3.3. Shaxsiy transport vositasining egasi yoki ishonch qogʼoziga ega shaxs tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasi boʼlgan boshqa shaxsga oʼzining transport vositasini vaqtincha boshqarishga ruxsat etishi mumkin. Аmmo oʼzi yonida boʼlishi kerak.

3.4. Transport vositasida Oʼzbekistonga kelayotgan yoki xorijga ketayotgan haydovchida:

— transport vositasi roʼyxatdan oʼtkazilganligi haqida hujjat (oldi-sotdi shartnomasi, notarial tasdiqlangan ishonch qogʼozi, bojxona guvohnomasi);

— 1968 yilgi «Yoʼllarda harakatlanish haqidagi Konventsiya» talabiga muvofiq haydovchilik guvohnomasi;

— transport vositasida u tark etayotgan davlatning raqam va farqlovchi belgisi boʼlishi shart.

3.5. Haydovchining majburiyatlari :

— harakatlanishdan oldin transport vositasining sozligini, tozaligini va toʼliq jihozlanganligini tekshirish;

— transport vositasining texnik holatini kuzatib borish;

— mototsikl, motoroller, mopedni maxsus bosh kiyimda boshqarish, yoʼlovchilarni ham maxsus bosh kiyim bilan taʼminlash;

— harakatlanishdan oldin yoʼlovchilarning transport vositasiga toʼliq chiqib, joylarini egallagan boʼlishlariga, odam tashish uchun maxsus jihozlangan yuk tashuvchi transport vositalarida odam tashiyotganda yoʼlovchilarni mazkur qoidaning 5 bandi talablarini bajarganliklariga ishonch hosil qilgan boʼlishi, transport vositasining eshiklarini yopishi shart.

— haydovchi oʼz harakatida piyoda, xususan bolalar, nogiron va qariyalarga, velosipedchilarga nisbatan nihoyatda ehtiyotkorlik choralarini koʼrishi lozim;

— haydovchi yoʼllardan foydalanuvchilarga, uning chekkasida yashovchi kishilarga yuqori darajada shovqin solib, suv sachratib va chang koʼtarib, noqulayliklar tugʼdirmaslikka harakat qilishi lozim.

3. Haydovchi quyidagi hollarda transport xizmati koʼrsatishi shart:

— xizmat vazifasi bilan bogʼliq hollarda militsiya xodimlariga;

— tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarga;

— yoʼltransporti hodisasi tufayli shikastlangan transport vositalarini shatakka olib borishda (faqat yuk avtomobillari haydovchilari);

— tibbiy yordam koʼrsatish uchun shu yoʼnalishda ketayotgan tibbiyot xodimlariga, shuningdek harakat yoʼnalishidan qatʼi nazar, hayoti xavf ostida qolgan bemorni yaqin oradagi davolash muassasasiga olib borishda (maxsus va diplomatik transport vositalari bundan mustasno).

3. Militsiya va tibbiyot xodimlari haydovchi talab qilganda oʼz guvohnomalarini koʼrsatishlari, haydovchining yoʼl varaqasiga yurilgan vaqti, bosib oʼtilgan masofa, oʼz ismi-sharifi, mansabi, tashkilotning nomini yozib berishlari lozim.

3.8. Nogiron taniqli belgisi bilan belgilangan, nogironlar boshqarayotgan transport vositalar va kajavali yoki kajavasiz mototsikllar 3.2., 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. Qoʼshimcha 18 belgisi boʼlganda 3.27 belgisining taʼsir chegarasida toʼxtashga ruxsat etiladi.

3.9. Haydovchiga quyidagilar man qilinadi:

— har qanday mastlik (meʼyoridan qatʼi nazar) yoki giyohvand moddalar taʼsirida betoblik, harakatlanish xavfsizligiga tahdid soladigan darajada charchoqlik, sezgirlik va eʼtiborni susaytiradigan dori-darmonlar taʼsiri ostida transport vositasini boshqarish;

— har qanday mastlik yoki giyohvand moddalar, harakatlanishga tahdid soladigan darajada charchagan, eʼtiborni susaytiradigan dori-darmonlar taʼsiridagi, transport vositasini boshqarish huquqini beradigan tegishli toifadagi guvohnomasi boʼlmagan yoki boʼlsada, yoʼl varaqasida ismi-sharifi koʼrsatilmagan shaxslarga transportni boshqarish uchun topshirish;

— texnik nosoz transport vositalarini boshqarish;

— moped, motoroller va mototsikllarni ovoz oʼchirgich (glushitelь)siz boshqarish yoki uni olib qoʼyib yurish;

— tegishli ruxsatsiz transport vositalariga maxsus texnik jihozlari (ratsiya, sirena va h. k.)ni oʼrnatish.

Piyodalar vazifasi

1. Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yoʼlkasidan oʼng tomonlama, agar ular boʼlmasa, yoʼl yoqasidagi yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi boʼlagi bor yoʼllarda tashqi chekkasidan) bir qator boʼlib yurishlari kerak.

Аholi yashamaydigan joylarning yoʼl yoqasida yoki qatnov qismining chetida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarshi, nogironlar yurgizgichsiz kajavasida harakatlanayotgan, mototsikl, moped, velosiped yetaklab borayotgan shaxslar esa transport vositalarining harakati boʼylab yurishlari kerak.

Eslatma:

Piyodalar yoʼlkasida, trotuarlarda, yoʼlning marzalarida piyodalar, xususan nogiron va qariyalar harakatiga xalaqit beruvchi qurilma va jihozlar oʼrnatish man etiladi.

2. Odamlar guruhi qatnov qismining oʼng tomonidan saf qatorini toʼrttadan oshirmay yurishlari mumkin. Saflar oldi va orqasidagi kuzatuvchilar chap tomonda qizil bayroqcha koʼtarib, qorongʼi va yetarli koʼrinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroqcha koʼtarib borishlari kerak.

Bolalar guruhiga faqat trotuar va piyodalar yoʼlkasida ular boʼlmaganda esa yoʼl yoqasida katta yoshdagilar kuzatuvida yurishlariga ruxsat etiladi.

3 Piyodalar yoʼlning qatnov qismini piyodalar oʼtishiga moʼljallangan joyidan, u boʼlmagan chorrahalarda trotuar chizigʼi yoki yoʼl yoqasi boʼylab harakatlanishga xavf tugʼdirmasdan, kesib oʼtishlari lozim.

4. Piyodalar svetofor yoki harakatni tartibga soluvchining ishorasiga boʼysunishlari shart.

Piyodalar zarurat boʼlmaganda qatnov qismida ushlanib qolmasliklari, toʼxtamasliklari kerak. Oʼtishga ulgurmagan piyodalar xavfsizlik orolchasida yoki qarama-qarshi yoʼnalishdagi harakat oqimini ajratuvchi chiziqlarda toʼxtab turishlari lozim. Xavfsizlikka ishonch hosil qilingachgina harakatlanishni davom ettirishlari mumkin.

5 Piyodalarga man qilinadi:

- ajratuvchi boʼlagi boʼlgan yoʼllarda piyodalarning oʼtishi moʼljallanmagan, yoʼl toʼsiqlari oʼrnatilgan joylardan qatnov qismini kesib oʼtish;

- yoʼlning qatnov qismida turishlari;

- chorrahalarda va yoʼlning qatnov qismida toʼxtagan transport vositalarining oynalari va boshqa qismlarini (ayniqsa bolalar tomonidan) oʼzboshimchalik bilan tozalash;

- yaqinlashib kelayotgan transport vositasining yoʼqligiga ishonch hosil qilmasdan, koʼrinishni cheklovchi biror toʼsiq yoki toʼxtab turgan transport vositasi orqasidan toʼsatdan chiqish;

- harakatlanayotgan transport vositasiga osilish, transport vositasi eshiklarini yopilishiga toʼsqinlik qilish.

- belgisi bilan belgilangan yoʼlda piyodalar oʼtish, dam olish yoki toʼxtab turish joylaridan tashqarida yurish.

Yolovchilar vazifalari

1. Аvtobus, trolleybus, tramvay, taksilarni faqat bekatlarda, ular boʼlmagan taqdirda yoʼl yoqasida turib kutish lozim.

2. Yoʼlovchi transport vositasi toʼxtagandan keyingina undan tushishi yoki chiqishi mumkin. Yoʼlovchilarni transport qatnovi qismi tomonidan tushishi va chiqishi, piyodalar yoʼlakchasi yoki yoʼl yoqasi tomonidan iloji boʼlmagan hollarda, boshqa harakat ishtirokchilarining harakatiga xalaqit bermaydigan hamda xavf tugʼdirmaydigan sharoitdagina ruxsat etiladi.

3. Tramvay bekatlarida yoʼlovchilarni tushirish va chiqarish maydonlari boʼlmasa, yoʼlovchilar tramvay toʼxtaganidan keyingina yoʼlning qatnov qismiga chiqishlari mumkin. Tramvaydan tushgan yoʼlovchilar yoʼlning qatnov qismini tezda tark etishlari lozim.

4. Yoʼlovchilar transport harakatlanayotgan vaqtda haydovchini chalgʼitmasliklari kerak.

5. Yuk tashuvchi transport vositalari harakatlanayotgan vaqtda uning yukxonasida boʼlgan yoʼlovchilarga tik turish, bortda yoki undan baland yuk ustida oʼtirish taqiqlanadi.

Toʼxtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yoʼlni kesib oʼtishi shart.

Mavzu : 3. mashgʼulot-1. Yoʼl belgilari.



Yoʼl belgilari 1. Ogoxlantiruvchi belgilar Ogoxlantiruvchi belgilar yoʼl harakati qatnashchilariga yoʼlning harakatlanishda vaziyatga qarab chora koʼrishni talab qiladigan xavfli qismlarining joylashuvi xamda ularning xususiyatlari toʼgʼrisida maʼlumot berish uchun qoʼllaniladi. 1.1, «Shlagbaumli temir yoʼl kesishmasi». 1.2. «Shlagbaumsiz temir yoʼl kesishmasi». 1.3.1 «Bir izli temir yoʼl». 1.3.2.«Koʼpizli temir yoʼl». Shlagbaum bilan jixozlanmagan temir yoʼl kesishmasi oldida oʼrnatiladi. 1.3:1 — bir izli yoʼl, 1.3.2 — ikki va undan ortiq izli yoʼl. 1.4.1 — 1.4.6. «Temir yoʼl kesishmasiga yaqinlashuv». Аholi yashamaydigan joylarda temir yoʼl kesishmasining yaqinligi xaqida qoʼshim chaogoxlantirish. 1.5. «Tramvay yoʼli bilan kesishuv». 1.6. «Teng axamiyatli yoʼllar kesishuvi». 1.7.«Аylanma harakatlanish bilan kesishuv». 1.8.«Svetofor tartibga soladi». Harakat svetofor orqali tartibga solingan chorraxa, piѐdalar oʼtish joyi ѐki yoʼl qismi. 1.9. «Koʼtarma koʼprik». Koʼtarma koʼprik ѐki solda kesib oʼtish. 1.10. «Soxilga chiqish». Darѐ ѐki suv xavzasi qirgʼogʼiga chiqish. 1.11.1, 1.11.2.«Xavfli burilish». Yoʼlning kichik radiusli ѐki koʼrinish cheklangan burilish joyi: 1.11.1— oʼnga , 1.11.2— chapga. 1.12.1, 1.12.2«Xavfli burilishlar». Yoʼlning xavfli burilishlari boʼlgan qismi. 1.12.1 — birinchi burilish oʼngga, 1.12.2 — birinchi burilish chapga. 1.13.«Tik nishablik». 1.14.«Tik balandlik». 1.15.«Sirpanchiq yoʼl». Yoʼlning oʼta sirpanchiq boʼlgan qismi. 1.16.«Notekis yoʼl». Qatnov qismi notekis boʼlgan yoʼl (oʼnqir-choʼnqir, oʼydim-chuqur joylar, koʼprikning yoʼlga notekis tutashuvi va shu kabilar). 1.17.«Tosh otilishi xavfi». Mukammal kopla-mali yoʼl qismida transport vositasi Bildiragi ostidan shagal, tosh va shunga uxshashlarning oti-lib chiqish ex.timoli. 1.18.1 — 1.18.3. «Yoʼlning torayishi». 1.18.1 — ikki tomonlama torayish; 1.18.2 — oʼngga torayish va 1.18.3 — chapga torayish. 1.19.«Ikki tomonlama harakatlanish». Yoʼlning karama-qarshi harakatlanish qismining boshlanishi. 1.20.«Piѐdalar oʼtish joyi». 5.16.1, 5.16.2 belgilari va (ѐki) 1.14.1 — 1.14.3 chiziqlari bilan belgilangan piѐdalar oʼtish joyi. 1.21.«Bolalar». Bolalar muassasasi (maktablar, bolalarning dam olish manzillari va shunga oʼxshashlar)ga yaqin yoʼlning qatnov qismidan bolalarning chiqib qolish extimoli. 1.22.«Velosiped yoʼlkasi bilan kesishuv». 1.23.«Taʼmirlash ishlari». 1.24.«Mol haydab oʼtish». 1.25.«Yovvoyi xayvonlar». 1.26.«Toshlar tushishi». 1.27.«Yonlama shamol». 1.28.«Pastlab uchuvchi samolѐtlar». 1.29.«Tonnelь». Sunʼiy ravishda ѐritilmagan ѐki kiraverish peshtobining koʼrinishi cheklangan tonnelь. 1.30.«Boshqa xavf-xatarlar». Ogoxlantiruvchi belgilarda koʼzda tutilmagan xavfxatarlar boʼlgan yoʼl qismi. 1.31.1, 1.31.2. «Burilishning yoʼnalishi». Kichik radiusda qurilgan, koʼrinishi cheklangan yoʼlda harakatlanish yoʼnalishi. Yoʼlning taʼmirlanaѐtgan qismini aylanib oʼtish yoʼnalishi. 1.31.3. «Burilishning yoʼnalishi». «T» simon chorraxada ѐki yoʼl ayrilishlarida harakatlanish yoʼnalishi. Yoʼlning taʼmirlanaѐtgan qismini aylanib oʼtish yoʼnalishi. 1.1, 1.2, 1.5 — 1.30 ogoxdantiruvchi belgilar aholi yashaydigan joylarda xavfli joydan 50 — 100 metr, aholi yashaydigan joylardan tashqarida esa 150 — 300 metr oldin oʼrnatiladi. Zarurat boʼlganda bu belgilar 7.1.1 qoʼshimcha belgida koʼrsatilgan boshqa masofada ham oʼrnatilishi mumkin. Аgar nishablik va balandlik ketma-ket keladigan boʼlsa, 1.13 va 1.14 belgilari bevosita nishablik va balandlik oldiga oʼrnatilishi mumkin. Аholi yashaydigan joylardan tashqarida 1.1,1.2, 1.9, 1.10, 1.21 va 1.23 belgilari takrorlanadi. Ikkinchi belgi yoʼlning xavfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr qolganda oʼrnatiladi. Аgar qatnov qismida qisqa muddatli yoʼl ishlari olib borilaѐtgan boʼlsa, 1.23 belgisi ish bajarilaѐtgan joyga 10-15 metr masofa yetmasdan (7.11 qoʼshimcha belgisiz) oʼrnatilishi mumkin. 1.3.1 va 1.3.2 belgilari bevosita temir yoʼl kesishmasining oldiga oʼrnatiladi. 2. Imtiyoz belgilari Imtiѐz belgilari — chorraxalarda, aloxida joylashgan qatnov qismlari kesishgan joylarda, shuningdek, yoʼlning tor qismida yoʼl harakati qatnashchilarining harakatlanish navbatini belgilash uchun qoʼllaniladi. 2.1. «Аsosiy yoʼl». X,arakat tartibga solinmagan chorraxalarda ikkinchi darajali yoʼlda haraxatlanaѐtgan transport vositasidan oldin oʼtish huquqi beriladigan yoʼlning boshlanishi. 2.2. «Аsosiy yoʼlning oxiri». 2.3.1.«Ikkinchi darajali yoʼl bilan kesishuv». 2.3.2. 2.3.3. «Ikkinchi darajali yoʼlning tutashuvi». 2.3.2-tutashuv oʼngdan, 2.3.3- tutashuv chapdan. 2.4. «Yoʼl bering!» Haydovchi kesib oʼtilaѐtgan yoʼldan, 7.13 qoʼshimcha belgisi boʼlganda esa asosiy yoʼldan kelaѐtgan transport vositasiga yoʼl berishi kerak. 2.5. «Toʼxtamasdan harakatlanish taqiqlangan». Toʼxtash chizigʼioldida, agar u boʼlmasa, kesib oʼtiladigan qatnov qismining chetida toʼxtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib oʼtilaѐtgan yoʼlda 7.13 qoʼshimchabelgisi boʼlganda esa asosiy yoʼldan chiqaѐtgan transport vositalariga yoʼl berishi kerak. Bu belgi temir yoʼl kesishmasi ѐki karantin maskanidan oldin oʼrnatilishi mumkin. Bunday xollarda haydovchi toʼxtash chizigʼioldida, u boʼlmasa, belgi oldida toʼxtashi kerak. 2.6. «Roʼpara harakatlanishning ustunligi». Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan xollarda yoʼlning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yoʼlning tor qismida boʼlgan ѐki roʼparadan harakatlanaѐtgan transport vositasiga yoʼl berishi kerak. 2.7. «Roʼparadagi harakatlanishga nisbatan imtiѐz». Yoʼlning tor qismida harakatlanmoqchi boʼlgan haydovchi roʼparadan kelaѐtgan transport vositasidan oldin oʼtish huquqiga ega. 3. Taqiq,lovchi belgilar Taqiqlovchi belgilar yoʼl harakatiga maʼlum cheklanishlar kiritish ѐki ularni bekor qilish uchun qoʼllaniladi. 3.1.«Kirish taqiqlangan». Barcha transport vositalarining kirishi taqiqlanadi. 3.2.«Harakatlanish taqiqlangan». Barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. 3.3.«Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan». 3.4.«Yuk avtomobillarining harakatlanishi taʼqiqlangan». Toʼla vazni 3,5 tonnadan (agar vazn belgida koʼrsatilmagan boʼlsa) ѐki toʼla vazni belgida koʼrsatilgandan ortiq boʼlgan yuk avtomobillari va transport vositalari tizimlarining, shuningdek, traktorlar, oʼziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanadi. Bu belgi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan ѐki odamlarni tashiѐtgan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi. 3.5.«Mototsikllar harakatlanishi taqiqlangan». 3.6.«Traktorlar harakatlanishi taqiqlangan» Traktorlar, oʼziyurar moslamalarning harakatla nishi taqiqlanadi. 3.7.«Tirkama bilan harakatlanish taqiqlangan» Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarnin barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek, mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanadi. 3.8.«Ot-arava harakatlanishi taqiqlangan». Ot-arava (chana), otliqlar, yuk ortilgan xayvonlarning harakatlanishi, shuningdek, mol (poda) haydab oʼtish taqiqlanadi. 3.9.«Velosipedda harakatlanish taqiqlangan.Velosiped va mopedlarning harakatlanishi taqiqlanadi. 3.10.«Piѐdalarning harakatlanishi taqiqlangan». 3.11.«Vazn cheklangan». Xaqiqiy umumiy vazni belgida koʼrsatilgandan ortiq boʼlgan transpor vositalarining, shuningdek, transport vositalari tizimlarining harakatlanishi taqiqlanadi. «Oʼqqa tushadigan ogʼirlik cheklangan». Bir gorta oʼqiga tushadigan xaqiqiy ogʼirligi belgida koʼrsatilganidan ortiq boʼlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. 3.13. «Cheklangan balandlik». Gabarit balandligi (yuk bilan ѐki yuksiz) belgida koʼrsatilgandan ortiq boʼlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. 3.14.«Cheklangan kenglik». Gabarit kengligi (yuk bilan ѐki yuksiz) belgida koʼrsatilganidan ortik, boʼlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. 3.15.«Cheklangan uzunlik». Gabarit uzunligi (yukli ѐki yuksiz) belgida koʼrsatilgandan ortiq boʼlgan transport vositalari (transport vositalari tizimlari)ning harakatlanishi taqiqlanadi. 3.16. «Eng kam oraliq». Belgida koʼrsatilganidan kam oralik, masofada harakatlanish taqiqlanadi. 3.17.«Bojxona». Bojxona (tekshiruv maskani) oldida toʼxtamasdan oʼtish taqiqlanadi. 3.17.1.«Xavf-xatar». Yoʼl-transport xodisasi ѐki boshqa xavfli xolatlar tufayli barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. 3.18.1.«Oʼngga burilish taqiqlanadi». 3.18.2.«Chapga burilish taqiqlanadi». 3.19.«Qayrilish taqiqlanadi». 3.20.«Quvib oʼtish taqiqlanadi». Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanaѐtgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib oʼtish taqiqlanadi. 3.21. «Quvib oʼtish taqiqlangan xududning oxiri». 3.22. «Yuk avtomobillarida quvib oʼtish taqiqlangan». Toʼla vazni 3,5 tonnadan ortiqboʼlgan yukavtomobillarida barcha transport vositalarini quvib oʼtish taqiqlanadi (soatiga 40 km dan kamtezlikda harakatlanaѐtgan transport vositasi,traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno). 3.23.«Yuk avtomobillarida quvib oʼtish taqiqlangan xududning oxiri». 3.24. «Yukori tezlik cheklangan». Belgida koʼrsatilganidan ortiqtezlikda (km/soat) harakatlanish taqiqlanadi. 3.25. «Yukori tezlik cheklangan xududning oxiri». 3.26.«Tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlangan». Yoʼl transport xodisasining oldini olish xollaridan boshqa vaziyatlarda tovush moslamasidan foydalanish taqiqilanadi. 3.27.«Toʼxtash taqiqlangan». Transport vositalarining toʼxtashi va toʼxtab turishi taqiqlanadi. 3.28.«Toʼxtab turish taqiqlangan». Transport vositalarining toʼxtab turishi taqiqlanadi. 3.29.«Oyning toq kunlarida toʼxtab turish taqiqlanadi». 3.30.«Oyning juft kunlarida toʼxtab turish taqiqlanadi». 3.31. «Barcha cheklovlarning oxiri». 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan oraliqlarning oxirini bildiradi. 3.1, 3.3, 3.18.1, 3.18.2, 3.19, 3.27 belgilarining belgilangan yoʼnalishli transport vositalariga, 3.2, 3.8 belgilari taʼsir oraligʼida yashovchi ѐki ishlovchi fuqarolarga tegishli ѐxud ularga va korxonalarga xizmat qiluvchi transport vositalariga daxli yoʼq. Bunday xollarda transport vositalari belgilangan joyga yaqin chorraxadan kirib ѐki chiqibketishlari kerak. Ushbu Qoidalarning 28.3 bandiga binoan «Nogiron» taniqlik belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali mototsikllarni boshqaraѐtgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 qoʼshimcha axborot belgisi boʼlganda 3.27 belgisining taʼsir oraligʼida toʼxtashga ruxsat etiladi. 3.28 - 3.30 - belgilari taksometri ishlab turgan taksilarga daxli yoʼq. 3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlari-ningqaysikesishmasi oldiga oʼrnatilsa, shu ke-:ishmaga tatbik etiladi. 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilarining taʼsiri belgi oʼrnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorraxagacha, chorraxasi boʼlmagan aholi yashaydigan joylarda aholi yashaydigan xududning oxirigacha, yoʼlga ѐndosh xududlardan dala va oʼrmonlarning yoʼl bilan tutashgan xamda ikkinchi darajali yoʼllardan chiqish joylarida, ularning oldida tegishli belgilar oʼrnatilmagan boʼlsa, bu belgilarning taʼsiri yoʼqolmaydi. Аholi yashaydigan joylarga yetmay oʼrnatilgan 3.24 belgisining taʼsiri 5.22 belgisigacha kuchini saklaydi. Belgilarning taʼsir doirasi: 3.16 va 3.26 belgilari 7.2.1 qoʼshimchabelgisi orqali; 3.20, 3.22, 3.24 belgilari 3.21, 3.23, 3.25 va 7.2.1 qoʼshimchabelgisi orqali. 3.27 — 3.30 belgilarining amal qilish oraligʼioxiriga 3.27 — 3.30 belgilari 7.2.3 qoʼshimcha belgisi bilan birga takror oʼrnatiladi ѐki 7.2.2 bilan qoʼllanadi. 3.27 belgisi 1.4 ѐtik chizigʼibilan birgalikda, 3.28 belgisi esa 1.10 ѐtiq chizigʼibilan birgalikda qoʼllanishi mumkin, bunda belgilarga amal qilish chiziqlar uzunligi bilan aniklanadi. 3.10, 3.27 — 3.30 belgilari yoʼlning qaysi tomoniga oʼrnatilgan boʼlsa, ularga faqat usha tomonda amal qilinadi. 4. Buyuruvchi belgilar Transport vositalariga koʼrsatilgan yoʼnalishda ѐki faqat maʼlum yoʼnalishlarda harakatlanishlari lozimligini buyuradi. 4.1.1. «Harakatlanish tugʼriga». 4.1.2. «X,arakatlanish oʼngga». 4.1.3. «Harakatlanish chapga». 4.1.4. «Harakatlanish toʼgʼriga ѐki oʼngga». 4.1.5. «Harakatlanish toʼgʼrigaѐki chapga». 4.1.6. «Harakatlanish oʼngga ѐki chapga». Faqat yoʼnaltirgichlar buyurgan tomonga harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat etuvchi belgi qayrilishga hamruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakat yoʼnalishiga tegishli yunaltirgichning shakli tushirilgan 4.1.1- 4.1.6belgisini qoʼllash mumkin). 4.1.1 — 4.1.6 belgilarining belgilangan yoʼnalishli transport vositalariga daxli yoʼq. 4.1.1 — 4.1.6 belgilarining taʼsiri qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʼrnatilsa shu kesishmaga tatbiq etiladi. 4.1.1 belgisi yoʼl boshlanishiga oʼrnatilsa, ung; yaqin chorraxagacha amal qilinadi. Belgi oʼng tomonda joylashgan hovli va yoʼlga tutash boshqa xududlarga burilishni taqiqlamaydi. 4.2.1.«Toʼsiqni oʼngdan chetlab oʼtish». 4.2.2.«Toʼsiqni chapdan chetlab oʼtish». Toʼsiqni koʼrsatilgan yoʼnalish buyicha chetlab oʼtishga ruxsat etiladi. 4.2.3.«Toʼsiqni oʼngdan ѐki chapdan chetlab oʼtish. Toʼsiqni har tomondan chetlab oʼtishga ruxsat etiladi. 4.3.«Аylanma harakatlanish». Yunaltirgichlarda koʼrsatilgan yoʼnalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi. 4.4.«Engil avtomobillar harakatlanadi».engil transport vositalari, avtobus, mototsikllar toʼla vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk tashuvch transport vositlarining harakatlanishiga ruxsat etiladi. Belgining taʼsir oraligʼida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korxonalarga xizmat koʼrsatuvchi transport vositalariga bu belgi tatbiq etilmaydi. Bunday xollarda transport vositalari belgilangan joyga eng yaqin chorraxadan kirib ѐki ch iqib ketishlari kerak. 4.5.«Velosiped yoʼlkasi». Faqat velosiped, mopedlarlar harakatlanishga ruxsat etiladi. Velosiped yoʼlkasidan piѐdalar ham yurishlari mumkin. 4.6. «Piѐdalar yoʼlkasi». Faqat piѐdalar yurishiga ruxsat etiladi. 4.7. «Eng kam tezlik». Faqat belgida koʼrsatilgan ѐki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etiladi. 4.8. «Eng kam tezlik belgilangan yoʼlning oxiri». 5. Аxborot-ishora belgilari Аxborot-ishora belgilari harakat qatnashchila-riga yoʼldagi harakat tartibi xususiyatlari xamda aholi yashaydigan joylar va manzillarning joylashuvi xaqida maʼlumot berish uchuy qoʼllaniladi 5.1. «Аvtomagistralь». Yoʼl harakati qoidalarining avtomagistrallarda harakatlanish tartibi oʼrnatilgan yoʼl. 5.2. «Аvtomagistralning oxiri». 5.3.«Аvtomobillar. uchun muljallangan yoʼl». Faqat avtomobillar, avtobusva mototsikllarning harakatlanishi uchun moʼljallangan yoʼl. 5.4.«Аvtomobillar uchun muljallangan yoʼlningoxiri». 5.5. «Bir tomonlama harakatlanish yoʼli». Transport vositalarining butun kenglik buyicha bir yoʼnalishda harakatlanadigan yoʼli ѐki uning qatnov qismi. 5.6. «Bir tomonlama harakatlanish yoʼliningoxiri». 5.7.1,5.7.2. «Bir tomonlama harakatlanish yoʼliga chikiq». Harakatlanish bir tomonlama boʼlgan yoʼlga ѐki qatnov qismiga chiqish. 5.8.1.«Boʼlaklar buyicha harakatlanish yunalishi». Boʼlaklar soni va har biri buyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʼnalishi. 5.8.2.«Boʼlak buyicha harakatlanish yoʼnalishi». Boʼlak buyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʼnalishi. Yoʼlning chetki chap boʼlagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu boʼlakdan qayrilishga ham ruxsat beradi. Chorraxadan oldin oʼrnatilgan 5.8.1 va 5.8.2 belgilarining taʼsiri, agar shu turkumdagi boshqa belgilar oʼrnatilmagan boʼlsa, butun chorraxaga tatbiq etiladi. 5.8.3. «Boʼlakning boshlanishi». Yoʼlning balandlikka koʼtarilish ѐki toʼxtash qismidagi qoʼshimcha boʼlagining boshlanish joyi. Аgar qoʼshimcha boʼlak oldiga 4.7 «Eng kam tezlik» belgisi oʼrnatilgan boʼlsa, koʼrsatilgan ѐki undan kattaroq tezlikda harakatlana olmaydigan transport vositasining haydovchisi asosiy boʼlakdan qoʼshimcha boʼlakka qayta tizilishi kerak. 5.8.4. «Boʼlakning boshlanishi». Uch boʼlakli yoʼllarda harakatlanish uchun oʼrta boʼlakning boshlanishi 5.8.5. «Boʼlak oxiri». Balandlikka koʼtari lish ѐki toʼxtash qismidagi qoʼshimcha boʼlakning oxiri. 5.8.6. '«Boʼlak oxiri». Uch boʼlakli yoʼlda harakatlanish uchun moʼlajallangan oʼrta boʼlakning oxiri. 5.8.7. 5.8.8. «Boʼlaklar buyicha harakatlanish yoʼnalishi». Аgar 5.8.7 belgisida biror transport vositgsining harakatlanishini taqiqlovchi belgi tasvirlangan boʼlsa, unda bu transport vositasining tegishli boʼlakda harakatlanishi taqiqlanadi. 5.8.7 va 5.8.8 belgilari yoʼnalishlar soniga koʼra toʼrt va undan ortiq boʼlakli yoʼllarga ham tatbiq etilishi mumkin. Tasviri almashadigan 5.8.7, 5.8. belgilari ѐrdamida reversiv harakat tashkil etlishi mumkin. 5.9. «Belgilangan yoʼnalishli transport vositalari uchun moʼljallangan boʼlak». Transport vositalari yoʼnalishida harakatlanadigan belgilangan yoʼnalishli transport vrsitalari uchun moʼljallangan boʼlak. Belgi qaysi boʼlak ustida joylashgan boʼlsa, shu boʼlakka tatbiq etiladi. Yoʼlning oʼng tomoniga oʼrnatilgan belgining taʼsiri oʼng boʼlakka tatbik, etiladi. 5.10.1«Belgilangan yoʼnalishli transport vositalari uchun boʼlagi bor yoʼl». Belgilangan yoʼnalishli transport vositlarining umumiy oqimga qarshi harakatlanishi uchun ajratilgan boʼlak. 5.10.1.5.10.3. «Belgilangan yoʼnalishli transport vositalari uchun boʼlagi bor yoʼlga chiqish». 5.10.4. «Belgilangan yoʼnalishli transport vositalari uchun boʼlagi bor yoʼlning oxiri». 5.11.1. «Qayrilish joyi». Chapga burilish taqiqlanadi, 5.11.2. «Qayrilish oralgʼi. Qarilish oraligʼning uzunligi. Chapga burilish taqiqlanadi. 5.12.«Аvtobus va trolleybus toʼxtash joyi». 5.13.«Tramvay toʼxtash joyi». 5.14.«Taksi toʼxtab turish joyi». 5.15.«Toʼxtab turish joyi». 5.16.1, 5.16.2. «Piѐdalar oʼtish joyi». Oʼtish joyi oldida 1.14.1 — 1.14.3 ѐtik, chizigʼiboʼlmaganda 5.16.2 belgisi yoʼldan oʼng tomonga oʼtish joyining old chegarasiga, 5.16.1 belgisi esa chap tomon oʼtish joyining orqa chegarasiga oʼrnatiladi. 5.17.1, 5.17.2. «Piѐdalarning yer ostidan oʼtishjoyi». 5.17.3, 5.17.4. «Piѐdalarning yer ustidan oʼtishjoyi». 5.18. «Tavsiya etilgan tezlik». Yoʼlning shu qismida tavsiya etilgan harakatlanish tezligi. Belgiga eng yaqin chorraxagacha amal qilinadi. 5.18 belgisi ogoxlantiruvchi belgi bilan birga qoʼllansa, uning taʼsir oralgʼi xavfli qismning uzunligi bilan aniqlanadi. 5.19.1 — 5.19.3. «Oxiri berk yoʼl, koʼcha». Yoʼl ѐki koʼchaning koʼrsatilgan yoʼnalishda oxiri berk. 5.20.1, 5.20.2. «Yoʼnalishlarning dastlabki koʼrsatkichi». Belgida koʼrsatilgan aholi yashaydigan joyga va boshqa manzillarga tomon harakatlanish yoʼnalishi. Belgida 5.29.1 belgisining xamda avtomagistralь, aeroport va boshqa ramziy belgilar tasviri tushirilgan boʼlishi mumkin. 5.20.1 belgisi yoʼlning 3.11 — 3.15 taqiqlovchi belgilaridan biri oʼrnatilgan qismlarini aylanib oʼtish kerakligini koʼrsatish uchun ham qoʼllaniladi. 5.20.3. «X,arakatlanish tasviri». Chorraxada ayrim harakatlar taqiqlangan vaqtda harakatlanish yoʼnalishi ѐki serqatnov chorraxada ruxsat etilgan harakatlanish yoʼnalishi. 5.21.1. «Yoʼnalish koʼrsatkichi». 5.21.2. «Yoʼnalishlar koʼrsatkichi». Manzillar tomon harakatlanish yoʼnalishlari. Belgilarda manzillargacha boʼlgan masofa (km) koʼrsatilishi, avtomagistrallar, aeroportlar va boshqa ramziy belgilar tasvirlangan boʼlishi mumkin. 5.22.«Аholi yashaydigan joyning boshlanishi». Ushbu Qoidalarning aholi yashaydigan joylarda harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal kilinadigan joylarning nomi xamda uning boshlanishi. 5.23.«Аholi yashaydigan joyning oxiri». Ushbu Qoidalarning aholi yashaydigan joylarda harakatlanish tartibi talablari bekor qilingan joy. 5.24.«Аholi yashaydigan joyning boshlanishi». Ushbu Qoidalarning aholi yashaydigan joylarda harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal kilinmaydigan joyning nomi xamda uning boshlanishi. 5.25.«Аholi yashaydigan joyning oxiri». 5.24 belgisi bilan koʼrsatilgan aholi yashaydigan joyning oxiri. 5.26.«Manzil nomi». Аholi yashamaydigan joylar (darѐ, koʼl, dovon, xushmanzara joy va x. k.)ning nomi. 5.27. «Masofalar koʼrsatkichi». Yoʼnalish buyicha joylashgan aholi yashaydigan joylargacha boʼlgan masofa (km). 5.28.«Kilometr belgisi»ch. Yoʼlning boshi ѐki oxirigacha boʼlgan masofa (km). 5.29.1, 5.29.2. «Yoʼl raqami». 5.29.1 — yoʼlga berilgan raqam, 5.29.2 — yoʼlning raqami va yunalishi. 5.30.1 — 5.30.3. «Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yoʼnalishi». Chorraxada yuk avtomobillari, traktorlar va oʼziyurar moslamalarga biror yunalishda harakatlanish taqiqdangan boʼlsa, bunday transport vositalariga tavsiya etilgan harakatlanish yoʼnalishlari. 5.31. «Аylanib oʼtish tasviri». Harakatlanish uchun vaqtincha ѐpib qoʼyilgan yoʼl qismini chetlab oʼtish chizmasi. 5.32.1 — 5.32.3. «Chetlab oʼtish yoʼnalishi». Harakatlanish uchun vaqtincha ѐpib qoʼyilgan yoʼl qismni chetlab oʼtish yoʼnalishi. 5.33. «Toʼxtash». Svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida transport vositalari toʼxtaydigan joy. 5.34.1, 5.34.2. «Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlangʼich koʼrsatkichi». Аjratuvchi boʼlagi boʼlgan yoʼlning harakatlanish uchun ѐpiq xududini aylanib oʼtish ѐki oʼng tomondagi qatnov qismiga qaytish uchun harakatlanish yoʼnalishi. 5.35.«Reversiv harakatlanish». Bir ѐki bir necha boʼlaklarda harakatlanish yoʼnalishi karama-qarshi tomonga oʼzgarishi mumkin boʼlgan yoʼl qismining boshlanishi. 5.36.«Reversiv harakatlanishning oxiri». 5.37.«Reversiv harakatlanish yoʼliga chiqish». 5.38.«Turar joy daxasi». Yoʼl harakati qoidalarining turar joy daxalarida harakatlanish tartibi oʼrnatilgan yoʼl. 5.39.«Turar joy daxasining oxiri». 5.40.«Falokatli xolatlar uchun kirish yoʼli». Yoʼl harakati Qoidalaridagi 20.2 bandda koʼrsatilgan xollarda foydalaniladigan yoʼl. Аholi yashaydigan joylarda oʼrnatilgan yashil ѐki koʼk asosdagi 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 belgilarida koʼrsatilgan aholi yashash joylariga shu xududdan chiqgach, tegishli avtomagistralь ѐki boshqa yoʼllar orqali borilishini bildiradi. Oq asosda koʼrsatilgan manzil shu aholi yashaydigan joyda ekanligini bildiradi. 6. Servis belgilari Servis belgilari transport vositalari, yoʼlovchilar va haydovchilarga xizmat koʼrsatish joylari xaqida maʼlumot berish uchun qoʼllaniladi. 6.1. «Tibbiy ѐrdam koʼrsatish joyi». 6.2. «Shifoxona». 6.3. «Yonilgʼishoxobchasi». 6.3. «Texnik xizmat koʼrsatish joyi». 6.4. «Transport vositalarini yuvish joyi». 6.5. «Telefon». 6.6. «Oshxona». 6.7. «Ichimlik suv». 6.8. «Mexmonxona». 6.10. «Kemping». 6.11. «Dam olish joyi». 6.12. «DАN maskani». 7. Qoʼshimcha axborot belgilari Qoʼshimcha axborot belgilari ular bilan birgalikda qoʼllangan belgilarga anikliq kiritish ѐki ularning taʼsirini cheklash uchun qoʼllaniladi. 7.1.1. «Manzilgacha boʼlgan masofa», Belgidan yoʼlning xavfli joyigacha boʼlgan masofani, yoʼl harakatiga tegishli cheklovlar kiritilgan joyni ѐki harakat yoʼnalishi buyicha oldindagi muayyan joyni koʼrsatadi. 7.1.2. «Manzilgacha boʼlgan masofa». Chorraxaoldida 2.5 belgisi oʼrnatilgan boʼlsa, 2.4 belgisidan chorraxagacha boʼlgan masofani koʼrsatadi. 7.1.3, 7.1.4. «Manzilgacha boʼlgan masofa». Yoʼldan manzilgacha boʼlgan masofa. 7.2.1. «Taʼsir oraligʼi». Ogoxlantiruvchi, buyuruvchi, axborot-ishora belgilarining taʼsir oraligʼinikoʼrsatadi. 7.2.2 — 7.2.6. «Taʼsir oralish». Bu belgilar faqat taqiqlovchi 3.27 — 3.30 belgilari bilan qoʼllaniladi. 7.2.2 — belgining taʼsiri saqlangan oraliqni koʼrsatadi. 7.2.3 — belgi taʼsir oraligʼi oxirini koʼrsatadi. 7.2.4 — haydovchilarga belgi taʼsirida ekanliklari xaqida maʼlumot beradi. 7.2.5, 7.2.6 — maydon, binolar oldi va shunga oʼxshash joylar chetida toʼxtash va toʼxtab turish taqiqlanganda belgining taʼsir oraligʼi va yunalishini koʼrsatadi. 7.3.1 — 7.3.3. «Taʼsir yoʼnalishlari». Chorraxa oldida oʼrnatilgan belgilarning taʼsir yoʼnalishini koʼrsatadi. 7.4.1 — 7.4.7. «Transport vositasining turi». Belgining taʼsiri joriy etilgan transport vositalari turini koʼrsatadi. 7.4.1 Qoʼshimchabelgisining taʼsiri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, toʼla vazni 3,5 tonnadan ortiqboʼlgan transport vositalariga, 7.4.3 qoʼshimchabelgisi esa yengil avtomobillarga, shuningdek, toʼla vazni 3,5 tonnagacha boʼlgan yuk tashuvchi transport vositalariga tatbiq etiladi. 7.5.1. «Shanba, yakshanba va bayram kunlari». 7.5.2. «Ish kunlari». 7.5.3. «Xafta kunlari». Belgiga xaftaning qaysi kunlari amal qilinishi koʼrsatilgan. 7.5.4. «Аmal qilish vaqti». Belgiga kunning qaysi vaqtida amal qilishni koʼrsatadi. 7.5.5 — 7.5.7. «Аmal qilish vaqti». Belgiga xaftaning qaysi kuni va qaysi soatlarida amal qilishnikoʼrsatadi. 7.6.1 — 7.6.9. «Transport vositasini toʼxtabturish joyiga quyish usuli». 7.6.1 — barcha turdagi transport vositalarini toʼxtab turish uchunyoʼlning qatnov qismida, piѐdalar yoʼlkasi ѐnigaqoʼyish usuli. 7.6.2— 7.6.9 piѐdalar yoʼlkasi ѐnidagi toʼxtabturish joyiga yengil avtomobillar va mototsikllarni qanday quyish usuli koʼrsatilgan. 7.7. «Yurgizgichni ishlatmasdan toʼxtab turish joyi». 5.15 belgisi bilan birgalikda qoʼllangan, toʼxtab turish joyida faqat yurgizgichi ishlamaѐtgan transport vositalarigina toʼxtab turishiga ruxsat etilganini bildiradi. 7.8. «Pullik xizmat koʼrsatish joyi». Nakd pulga xizmat koʼrsatilishini bildiradi. 7.9. «Toʼxtab turish muddati cheklangan». 5.15 belgisi oʼrnatilgan toʼxtab turish joyida transport vositalari toʼxtab turishining eng koʼp muddatini koʼrsatadi. 7.10. «Аvtomobillarni koʼrikdan oʼkazish joyi». 5.15 ѐki 6.11 belgisi bilan koʼrsatilgan maydonlarda estakada ѐki koʼzdan kechirish chukurchalari borligini bildiradi. 7.11. «Toʼla vazni cheklangan». Toʼla vazni qoʼshimcha belgida koʼrsatilgan miqdordan ortiq boʼlgan transport vositalariga taalluqli. 7.12. «Xavfli yoʼl ѐqasi». Yoʼl ishlari bajarilaѐtgani sababli yoʼl ѐqasiga chiqish xavfli ekanligi xaqida ogoxlantiradi, 1.23 belgisi bilan qoʼllaniladi. 7.13. «Аsosiy yoʼlning yoʼnalishi». Chorraxada asosiy yoʼlning yoʼnalishini koʼrsatadi. .7.14. «Harakatlanish boʼlagi». Belgi ѐki svetofor taʼsiridagi harakatlanish boʼlagini koʼrsatadi. 7.15. «Koʼzi ojiz piѐdalar». 1.20, 5.16.1, 5.16.2 belgilari xamda svetofor bilan qoʼllaniladi, piѐdalar oʼtish joyidan koʼzi ojiz kishilar foydalanishi xaqida ogoxlantiradi. 7.16. «Nam qoplama». Belgi qatnov qismining qoplamasi nam boʼlgan vaqtda taʼsir etishini koʼrsatadi. 7.17. «Nogironlar». 5.15 belgisi bilan qoʼllaniladi. Toʼxtab turish joyi (ѐki uning bir qismi) ushbu Qoidalarning 28.3 bandita muvofiq «Nogiron» taniqliq belgisi oʼrnatilgan transport vositalari uchun ajratilganligini koʼrsatadi. 7.18. «Nogironlar mustasno». Belgilarning taʼsiri ushbu Qoidalarning 28.3 bandiga muvofiq «Nogiron» taniqlik belgisi oʼrnatilgan, transport vositalariga va motokajavalarga joriy etilmaydi. Qoʼshimcha belgilar qaysi belgi bilan birga joriy etilsa, bevosita shu belgi tagiga joylashtiriladi. 7.2.2 — 7.2.4, 7.13 qoʼshimcha belgilari yoʼlning, yoʼl ѐqasining, piѐdalar yoʼlkasmining tepasiga oʼrnatilgan belgining ѐniga joylashtiriladi. Vaqtinchalik (koʼchma tirgakdagi) va doimiy belgilar maʼno jixatidan bir-biriga zid kelgan xollarda xaydovchilar vaqtincha oʼrnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak. Eslatma: Ogoxlantiruvchi, taqiqlovchi, buyuruvchi, axborot-ishora yoʼl belgilarining tagida mazkur yoʼl belgisining taʼsir oraligʼini koʼrsatuvchi 7.2.1 qoʼshimcha axborot belgisi oʼrnatilgan boʼlsa, yoʼl belgilarining taʼsir oralgʼi oxirini koʼrsatuvchi yoʼl belgisi oʼrnatilishi shart emas.


Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish