M avzu:9. mashg‘ulot-1. Xarakatlanishning aloxida sharoitlari.
|
Mavzu:10. mashg‘ulot-1. Odam va yuklarni tashish.
“Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 13-moddasida avtomobilda tashishlar tashuvchilar tomonidan maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshirilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu qonunning 15-moddasida yo‘lovchilar, bagaj va yuklar tashish shartlari va tomonlarning javobgarligini nazarda tutuvchi tashish shartnomasi asosida tashilishi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 711-moddasi 1-qismida yuk tashish shartnomasi tushunchasi berilgan bo‘lib, unda yuk tashish shartnomasi bo‘yicha yuk tashuvchi yuk jo‘natuvchi tomonidan o‘ziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga yyetkazib berish va uni olishga vakolat berilgan shaxsga (oluvchiga) topshirish, yuk jo‘natuvchi esa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni to‘lash majburiyatini olishi belgilab qo‘yilgan. 2-qismida esa yuk tashish shartnomasi tuzilganligi tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan hujjat (transport yukxati, konosament yoki yukka doir boshqa hujjat)ni tuzish va uni yuk jo‘natuvchiga topshirish yo‘li bilan tasdiqlanishi ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyundagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Nizom umumiy qoidalarining 2-bandida tijorat asosida amalga oshiriladigan yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati litsenziyalanishi kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, tijorat asosida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyati yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. Ushbu nizomga asosan, jismoniy shaxs daromad ko‘rish maqsadida odam va yuk tashishi qonunga xilof hisoblanadi. Ya'ni, bunday faoliyat bilan shug‘ullanish uchun yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishingiz va ruxsatnoma (litsenziya) olishingiz kerak.
Lisenziya olish tartibi yuqorida ko‘rsatilgan Nizomda tushuntirilgan. Unga ko‘ra, litsenziya:
O‘zbekiston Respublikasida yo‘lovchilar va yuklarni shaharlararo va xalqaro tashishlar bo‘yicha — O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan;
Yo‘lovchilar va yuklarni shaharda, shahar atrofida tashishlar bo‘yicha (Toshkent shahrida va Toshkent viloyati shaharlarida yo‘lovchilarni tashish bundan mustasno) — Agentlikning hududiy bo‘limlari tomonidan;
Toshkent shahrida yo‘lovchilarni shaharda tashish bo‘yicha — Toshkent shahar hokimligining Yo‘lovchilar tashish transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti tomonidan (Toshkent shahrida taksichilik qilish tartibi haqida bu yerda o‘qing);
Toshkent viloyati doirasida yo‘lovchilarni shaharda va shahar atrofida tashish bo‘yicha — Toshkent viloyati hokimligining Yo‘lovchilar tashish transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti tomonidan qabul qilinadi.
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |