(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
44. Texnik holati va jihozlari yo‘l harakati xavfsizligi talablaridan hatto bittasiga javob bermaydigan transport vositasi ham nosoz hisoblanadi va undan foydalanish taqiqlanadi.
Texnik ko‘rikdan o‘tkazishda DYHXX organlari tomonidan texnik jihatdan nosoz deb topilgan transport vositasining, shuningdek texnik holati belgilangan talablarga javob bermaydigan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari kamchiliklar va nosozliklar bartaraf etilgunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda yechib olinadi;
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshisi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Bunday transport vositasini takroriy ko‘rikdan o‘tkazish oldingi ko‘rikdan o‘tkazilgan vaqtidan boshlab yigirma kundan kechikmay, ushbu Nizomda belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Bu holda texnik holatni tekshirish faqat oldingi ko‘rikdan o‘tkazishda yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiq bo‘lmagan ko‘rsatkichlar bo‘yichagina o‘tkaziladi.
Transport vositasi oldingi ko‘rikdan o‘tkazish vaqtidan boshlab 20 kundan ortiq bo‘lgan muddatda takroriy ko‘rikdan o‘tkazishga qo‘yilgan taqdirda texnik holatni tekshirish to‘liq hajmda o‘tkaziladi.
(44-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Mavzu:12. mashgʼulot-1. Raqam va taniqli belgilar, ogoxlantiruvchi qurilmalar, yozuv belgilanishlar.
Transport vositalariga quyidagi taniqlik belgilari o‘rnatilishi kerak:
- «Avtopoyezd» — yuk avtomobillari va g‘ildirakli traktor (1,4 tonna va undan yuqori) larda tirkama bo‘lganda, shuningdek tutashtirilgan avtobus va trolleybus kabinalari tomining old qismi o‘rtasiga bir qator qilib 150 dan 300 millimetrgacha oraliqda ko‘ndalang joylashgan uchta zarg‘aldoq rangli chiroq yoki ichidan yoritiladigan, tomonlarining har biri 250 millimetr bo‘lgan sariq rangli uchburchak shaklidagi belgi;
- «Turumlangan» (tishli, shipli) — turumlangan shinali mexanik transport vositasining orqasiga tomonlari teng, ichiga qora rangda «T» harfi tushirilgan, qizil hoshiyali, oq rangdagi uchburchak shaklidagi belgi. Uchburchakning tomonlari transport vositasining turiga qarab 200 — 300 millimetrgacha, hoshiyaning kengligi uchburchak tomonining 1/10 qismiga teng bo‘lishi kerak;
- «Bolalar guruhini tashish» — bolalar guruhini tashkiliy tashishda, transport vositasining old va orqa tomonlariga qizil hoshiyali, ichiga 1.21 yo‘l belgisidagi bolalar timsolining tasviri tushirilgan, sariq rangdagi, tomonlari teng bo‘lgan to‘rtburchak (kvadrat) ko‘rinishidagi belgi. To‘rtburchakning tomonlari 250 — 300 millimetrgacha, hoshiyaning kengligi to‘rtburchak tomonining 1/10 qismiga teng bo‘lishi kerak;
- «Kar haydovchi» — kar-soqov yoki kar haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomonlariga ichiga diametri 40 millimetr bo‘lgan uchta qora doira tushirilgan, diametri 160 millimetrni tashkil etadigan sariq rangli doira shaklidagi belgi;
- «Boshqarishni o‘rgatish transport vositasi» — boshqarishni o‘rgatishda foydalaniladigan transport vositalarining old va orqa tomoniga ichiga qora rangda «O‘» harfi tushirilgan, tomonlari 200 millimetrdan 300 millimetrgacha bo‘lgan, qizil hoshiyali, oq rangli uchburchak shaklidagi belgi;
- «Tezlik cheklangan» — o‘ta og‘ir, xavfli va katta o‘lchamli yuklarni tashiyotgan, shuningdek transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘rsatilgan eng yuqori tezligi ushbu Qoidalarning 78, 79 va 80-bandlarida belgilangan tezlikdan kam bo‘lgan hollarda transport vositasi kuzovi orqa devorining chap tomoniga 3.24 — «Yuqori tezlik cheklangan» yo‘l belgisining kichraytirilgan, rangli tasviri tushirilgan shaklidagi belgi. Belgining diametri 160 millimetrdan kam bo‘lmasligi, hoshiyasining kengligi belgi diametrining 1/10 qismiga teng bo‘lishi kerak;
- «Xavfli yuk» xavfli yukni tashiyotgan transport vositasining old va orqa tomoniga o‘rnatilgan o‘lchami 690 x 300 millimetr, o‘ng qismi 400 x 300 millimetr bo‘lgan zarg‘aldoq rangli, chap qismi esa yukning xavfli xususiyatini bildirib turgan belgilar tushirilgan qora hoshiyali (kengligi 15 millimetr) oq rangdagi to‘rtburchak shaklidagi belgi (ushbu Qoidalarga 4-ilova);
- «Katta o‘lchamli yuk» — ichiga kengligi 50 millimetrli, diagonal bo‘yicha navbatma-navbat qizil va oq rangli chiziqlar tushirilgan, nur qaytaradigan yuzali, o‘lchami 400 x 400 millimetrli to‘rtburchak shaklidagi belgi;
- «Uzun o‘lchamli transport vositasi» — yukli yoki yuksiz uzunligi 20 metrdan oshadigan transport vositasining, ikki yoki undan ko‘proq tirkamali avtopoyezdlarning orqasiga kengligi 40 millimetr bo‘lgan qizil hoshiyali, o‘lchami 1200 x 200 millimetr bo‘lgan, tarkibning tasviri tushirilgan sariq rangli to‘rtburchak shaklidagi belgi.
Ko‘rsatilgan o‘lchamli belgini joylashtirishning imkoniyati bo‘lmasa, bir xil ikkita 600 x 200 millimetr o‘lchamdagi belgini transport vositasining o‘qiga simmetrik ravishda o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi.
«Avariya sababli to‘xtash» — miltillovchi qizil chiroq va davlat standarti talablari asosidagi uchburchak shaklidagi belgi.
Haydovchilarning xohishiga ko‘ra quyidagi taniqlik belgilari o‘rnatilishi mumkin:
- «Shifokor» — shifokor-haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomoniga o‘rnatiladigan, tomonlari 140 millimetr bo‘lgan, ko‘k rangli, to‘rtburchak ichida diametri 90 millimetrli oq doiraga qalinligi 25 millimetrli qizil xoch tasviri tushirilgan belgi;
- «Nogiron» — birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomoniga o‘rnatiladigan barcha tomonlari 150 millimetr bo‘lgan va qora rangli 7.17 yo‘l belgisining tasviri tushirilgan sariq rangli to‘rtburchak shaklidagi belgi.
177. Mexanik transport vositalarini shatakka olishda egiluvchan ulagichni ko‘rsatadigan ogohlantiruvchi, o‘lchami 200 x 200 millimetr bo‘lgan, diagonali bo‘yicha ketma-ket joylashgan 50 millimetr qalinlikdagi qizil va oq rangli chiziqlar tushirilgan, yorug‘lik qaytaradigan yuzali bayroqchalar yoki taxtachalar shaklidagi ogohlantiruvchi qurilmalar o‘rnatilishi kerak.
Egiluvchan ulagichga kamida ikkita ogohlantiruvchi qurilma o‘rnatiladi.
Ogohlantiruvchi belgilar haydovchiga yo'lning xavfli qismiga yaqinlashayotganligi, xavfning turi va shakli haqida axborot beradi. Xavf-xatar ramziy shaklda ifodalanadi. Ogohlantiruvchi belgilarning asosi oq, hoshiyasi qizil rangda bo'lgan teng tomonli uchburchak shaklidan iborat. Bu yo'l belgilari haydovchi chora ko'rishi talab qilinadigan xavfli qismlarga aholi yashaydigan joylarda 50-100 metr, aholi yashamaydigan joylarda 150-300 metr masofa qolganda o'rnatiladi. Aholi yashamaydigan joylarda bu guruhdagi belgilarning olisroq masofada o'rnatilishi transport vositalarining tezligi bilan izohlanadi. Shahardan tashqaridagi tezlik shahardagidan bir muncha yuqori bo'ladi. Haydovchi yo'l belgisi o'rnatilgan joydan xavfli qism boshlanadigan joygacha tezlikni pasaytirib ulgurishi lozim. Yo'l sharoiti qanchalik murakkab va jiddiy bo'lsa, shunchalik ko'p ogohlantiruvchi belgilar o'rnatiladi. Izoh: Har bir belgi rasmi ketidan belgi to'grisida ma'lumot beriladi. _
1.1-
Do'stlaringiz bilan baham: |