Mavzu. Mantiq ilmining predmeti va axamiyati. Reja: Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti


SHarkda birinchilardan bo‘lib mantik, ilmi bilan shu- g‘ullangan, arab-musulmon dunyosida peripatetizmga yo‘l ochib bergan mutafakkir Al-Kindiydir



Download 446,93 Kb.
bet8/12
Sana20.04.2022
Hajmi446,93 Kb.
#567233
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
SHarkda birinchilardan bo‘lib mantik, ilmi bilan shu- g‘ullangan, arab-musulmon dunyosida peripatetizmga yo‘l ochib bergan mutafakkir Al-Kindiydir.

Abu Yusuf Yokub ibn Ishoq Al-Kindiy (taxminan. 800 y.,Basra - 870 y.y.,Bag‘dod)


Abu YUsuf YOkub ibn Ishoq Al-Kindiy - arab faylasufi va olimi. U qadimgi grek, hind va forslarning falsafiy-mantiqiy merosini yaxshi bilgan, arab tilida falsafiy atamalarni ishlab chiqishda faol qatnashgan va uz davrida birinchi bo‘lib fanlarni tasniflashga uringan.
Al-Kindiyning dunyoqarashida mantiq ilmiga oid ma- s al al ar alohida o‘rin egallaydi. U qadimgi yunon mutafak- kirlari asarlarini tarjima qilib, ularga sharxdar yozgan.
O‘rta asrlarda yozilgan «Al-Fixrist» nomli bibliogra­fik asarda (muallifi Ibn an-Nadim, 995 y. vafot etgan) Al-Kindiyning «Aristotelning o‘nta kategoriyalari haqida», «Kategoriyalar»dagi Aristotelning maqsadi haqida» nom­li asarlari to‘grisida ma’lumot beriladi. An-Nadimning ta’kidlashicha, Al-Kindiy «Ikkinchi analitika»ga oid ikki traktat yozgan: «Mantiqiy isbotlashga doyr qisqacha riso- la» va «Isbotlash haqida risola». SHuningdek, Al-Kigщiy «Sofistlarning adashtirishlariga qarshi ogohlangirish» nomli risolasida Aristotelning «Sofistika»siga bo‘lgan munosabatini bayon qiladi. Al-Kigщiyning «SHe’r san’ati haqida» nomli asari Aristotelning «Poetika»siga kom­mentariya sifatida yozilgan.
U Aristotelning «Ikkinchi analitika»sini Evklid geometriyasi bilan solishtirish goyasini ilgari suradi. Mantikiy isbotlashni tushunish va undan foydalanish uchun geometriyani o‘rganish zarur, deb hisoblaydi. Uningcha, faqat shundagina Aristotelning yaratgan qoidalarini tu­shunish mumkin. Al-Kindiy birorta buyumni isbotlashni uning mavjudligiga, borligiga ishonmasdan turib boshlash mumkin emas, deydi.


Uning fikricha, isbotlashning mak,- sadi buyumni tashkil etuvchi shaklni o‘rganishdan iboratdir.
Al-Kshiyning falsafiy va mantiqiy asarlari, uning ratsionalistik yo‘nalishdagi fikrlari Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd, Beruniy va boshqa progressiv mutafak- kirlar dunyoqarashining shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Uning asarlari O‘rta asrlardayoq G‘arbiy Evro- pada keng shuhrat qozondi.
1X-X1 asrlarda mantiq masalalari bilan astoydil shu- g‘ullangan O‘rta Osiyo mutafakkirlaridan Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiylarni ko‘rsatish mumkin. Bu mutafakkirlarning mantiqqa bagishlab yozgan asarlari asosan to‘qqiz nomdan iborat ekanligini va ularning nom- lanishi, ketma-ketligi bir xil ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Bunga sabab shuki, Aristotelning «Organon»ini tashkil etuvchi oltita mantiqiy traktatlariga («Kategoriya- lar», «Talqin haqida», «Birinchi analitika», «Ikkinchi analitika», «Topika», «Sofistik radsiya») suriyaliklar uning «Ritorika»si bilan «Poetika»sini ko‘shdilar. Bun- dan avvalroq esa unta Porfiriyning «Isotuvchi» asari qo‘shilgan edi. SHunday qilib, «Organon» to‘qqiz traktatdan iborat bo‘lgan yaxlit ta’limot sifatida arab faylasuflari tomonidan qabul qilingan. SHu asosga kura Forobiy, Ibn Sino, Al-Xorazmiylar mantiqqa oid ta’limotlarini aynan shu tartibda ishlab chikdilar.
Mantiq masalalarini keng va izchil tadqiq etgan mutafakkir Al-Forobiy (873-950 y.y.)dir. U Sirdaryo bo‘yidagi Utror shahar-qal’asida, turkiy harbiy o il ada dunyoga keldi. Buxoro va Samarkand shaharlarida bilim oldi. U qadimgi grek, hind falsafasini chuqur o‘rgandi, ilmning turli sohalariga oid 1 bOdan ortiq turli hajmdagi riso- lalar yozib qoldirdi, umrining so‘nggi yillarini Damashkda o‘tkazdi. Forobiy asarlarining katta qismi falsafa va mantiq ilmiga oidsir.
G Forobiyda mantiqiy bilimlar sistemasi «Isoguv- chi» (Kirish), «Maqulot» (Kategoriya), «Ibora» (Hukm), «Qiyos» (Sillogizm, Birinchi analitika), «Burxon» (Is- botlash, «Ikkinchi analitika»), «Jadal» (Dialektika), «Safsata» (Sofistik radsiya), «Xitoba» (Ritorika), «SHe’r» (Poetika) asarlarini o‘z ichiga oladi. SHuningdek, Forobiy «Mantiq ilmiga kirish», «Akd hakdsa», «SHartli hukmlar», «Sillogizm» kabi asarlarida mantik masalalarini ishlab chikdi. «Ilmlar tasnifi» asarida ham mantik ilmining predmeti, tuzilishi, ilmlar sistemasida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida fikr yuritadi.
Mutafakkirning ta’kidlashicha, mantik san’ati in- tellektning mukammallashuviga olib keluvchi va insonni haqikat tomon yo‘naltiruvchi qonunlarning majmuasini o‘rganadi. Bu qonunlar insonlarni bilish jarayonidagi turli xato va adashishlardan sakdaydi. Inson bu qonunlar yordamida bilimlarini tekshirib, ularning chin yoki xa- toligini anikdash imkoniga ega bo‘ladi.
Forobiyning mantiqiy ta’limoti uning gnoseologik ta’limoti bilan uzviy boglikdir. Uningcha, fikrlar ta- biatdagi narsa va hodisalarni sezgilar orqali bilish asosida vujudga keladi. U bilishda sezgilarning roliga juda katta o‘rin beradi. Fikr shakllari o‘rtasidagi aloqa, munosabatlar real munosabatlarni ifodalash jarayonida vujudga kelishini ta’kidlaydi.
Mutafakkir mantiq shshining til, grammatika, falsafa bilan o‘zaro aloqadorligini ko‘rsatib o‘gadi. U «Falsafa- ni o‘rganishdan avval nimalarni bilish kerak» nomli risolasida falsafiy argumentlash bilan, ya’ni falsafiy masalalarni asoslaщ, isbotlash bilan tanishishdan avval sil- logizmlarni, ya’ni mantiqiy xulosa chiqarish usullarini bilib olish zarur, deydi. Forobiy, ayniqsa, Aristotelning «Analitikalar»ini o‘rganish zarurligani ta’kidlaydi. Bu kitoblarni o‘rganish chin isbot bilan xato isbotni bir- biridan farkdashga, mutlaqo xato bo‘lgan fikr bilan bir oz xato bo‘lgan fikrni ajratishga yordam beradi.
Forobiy fikricha, sillogizm va isbotlash usuli eng to‘g‘ri, haqiqatga olib keluvchi usul bo‘lib, ilm-fan, falsa­fa shularga asoslanadiGForobiy asosiy mantiqiy shakl- 'lao‘G"bulgan 'tusho‘ncha, xukm va ularning turlari, xulosa chi- qarish, ayniqsa, sillogizm va uning fshuralari, moduslarini chuqur taxlil kilib, ular to‘g‘risida izchil ta’limot yaratdi.
U to‘g‘ri tafakkurlashning asosiy prinsiplari: aynanlik, hukmlarning o‘zaro zid bo‘lmasligi, izchilligi, xar qanday xulosaning etarlicha asoslanganligi kabi muxim mantiqiy masalalarni ham xar tomonlama ishlab chikdi.

Download 446,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish