Alp Er To’nga jangnomasidan.
Yoki shu ruknning o‟zida eng qadimgi turkiy yozuvlar, bitiktoshlardagi hozirgi davr uchun ibratli bo‟lgan hikmatlardan namunalar berish mumkin. Shundan so‟ng turkiy adabiy tilning shakllanishiga muhim ta‟sir ko‟rsatgan buyuk allomalar Mahmud Qoshg`ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiylarning buyuk asarlari tasviri tushurilib, birinchi kitob ustiga “Devonu lug`otit turk”, ikkinchi kitob ustiga “Hibbat ulhaqoyiq”, uchinchi kitob ustiga “Qutadg`u bilig” deb yoziladi va ushbu asarlardan hikmatli baytlar keltiriladi. Masalan:
Biri to‟g`rilikka tayanch – Adolat,
Biri Davlat erur, u qutli g`oyat.
Uchinchi – ulug`lik Aql ham Zako,
To‟rtichi – qanoat erur bebaho.
Yusuf Xos Hojib.
Bilimni buyuk bil, uquvni ulug`,
SHu ikkov ulug`lar kishini to‟liq.
Yusuf Xos Hojib .
Mahmud Qoshg`ariy, Ahmad YUgna
3jihoz “Islom nuri ziyosi” deb yuritilib, muqaddas “Qur‟on” tasviri beriladi va quyidagi oyat yozib qo‟yiladi.
“Iqra va Robbuka akram, allazi allama bil qalam. Allama – l –insona ma lam ya‟lam”. (“O‟qi! Sening o‟ta karamli pavardigoring qalam vositasi bilan ta‟lim berdi. Insonga u bilimagan narsalarni o‟rgatdi”. ) Ushbu oyatning pastki qismida kitob tasviri tushurilib, uning ustiga “Al – jomi‟ as - sahih”, deb yoziladi va Imom Buxoriy hazratlarining quyidagi hadislari keltiriladi:
“Kimki ilm olgan bo‟lsa, payg`ambar alayhissalomdan to‟liq meros olibdir. Kimki ilm istab qadam qo‟ysa, Olloh taolo unga jannat yo‟lini oson qilgaydir”.
Tagidan buyuk muhaddis olimlar – Imom Buxoriy, Imom Termiziy hamda buyuk mutasavvuf shayxlar – Abdulxoliq G`ijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband nomlari yozilib, “Vatanni sevmoq iymondandir”, “Beshikdan qabrgacha ilm izla” kabi va boshqa hadislar “Diling Ollohda, qo‟ling mehnatda bo‟lsin” singari hikmatlar keltirilsa, bobolarimiz da‟vatlarini zamondoshlarimizga etkazib, ularda ilmga ishtiyoq hamda buyuk ajdodlarimizdan faxrlanish tuyg`usini uyg`otgan bo‟lamiz.
4jihoz “Qomusiy ma‟rifat yog`dusi”, deb nomlanib, butun bashariyatga daxldor, O‟rta Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalar Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg`oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning suratlari hamda tarjimai hollari beriladi.
Har bir alloma suratining ostki qismida kitob tasviri tushurilib, kitobda har birining yozgan asarlari ro‟yxati berilishi mumkin. Bundan tashqari buyuk qomusiy olimlarimizning donishmandona fikrlari, hikmatlari, baytlari berilsa yoki ular yaratgan olamshumul ixtirolar sanalsa ham o‟quvchilar ma‟naviyatini yanada oshiradi.
5jihoz “Temuriylar davri ma‟naviyati”, deb nomlanib, diqqat bevosita Sohibqiron Amir Temur shaxsi, uning hukmronligi yillarida fan va madaniyatning gullab-yashnaganligi, hokimiyatni idora etish usullari singari milliy qadriyatlarga qaratilishi kerak. Bu ruknda Amir Temurning portreti va uning dasturi bo‟lmish “Kuch – adolatda. Adolat rahbaringiz va dasturingiz bo‟lsin” shiori beriladi. SHu ruknning o‟zida Sohibqiron tomonidan bunyod etilgan tarixiy obidalar va unga vobasta ravishda mustaqillik yillarida qurilgan “Temuriylar tarixi Davlat muzeyi” hamda Toshkent, Samarqand, SHahrisabz shaharlarida o‟rnatilgan Amir Temurning haykallaridan biri tasvirlanadi. SHuningdek, qomusiy olim, temuriylar davrining buyuk arbobi Mirzo Ulug`bek portreti, uning qisqacha tarjimayi holi, yozgan asarlari keltiriladi. Buyuk shoir, temuriylar davrining eng zabardast vakillaridan biri bo‟lmish hazrat Alisher Navoiyning ham mo‟‟tabar siymosi, uning hayoti va ijod yo‟li, asarlaridan namunalar beriladi.
Masalan:
Haq yo‟linda kim senga bir harf o‟qitmish ranj ila,
Aylamak bo‟lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Yana Temuriyzoda Zahiriddin Muhammad Boburning ham siymosi, tarjimai holi, yozgan asarlaridan namunalar keltirish mumkin.
Bulardan tashqari ushbu ruknda temuriylar davrida juda rivojlangan hattotlik, miniatyura musavvirligi, naqqoshlik, musiqa, zardo‟zlik, kulolchilik san‟atidan ayrim namunalar keltirilsa yanada yaxshi bo‟ladi. Ayniqsa, miniatyura musavvirligi maktabining asoschisi Kamoliddin Behzod siymosi va uning asarlaridan namunalar berilsa, nur ustiga a‟lo nur bo‟lar edi.
6jihoz “XX asr ma‟naviy inqirozi va yutuqlari”, deb nomlanib, sobiq sho‟ro tizimi davrida milliy qadriyatlarimizga nisbatan olib borilgan siyosat hamda uning ma‟naviy inqirozga olib kelganligi to‟g`risidagi fikrlar o‟z ifodasini topishi kerak. Xususan, til, urf-odatlarimiz, an‟analarimiz, qadriyatlarimiz, milliy ma‟naviy merosimiz toptalganligini ifoda etuvchi ko‟rgazmalar, lavhalar o‟z ifodasini topsa, xonaning ko‟rgazmaliligi oshadi. SHuningdek, milliy g`oya va mafkurani ilgari surgan, kuylagan ulug` allomalar, shoir va yozuvchilar portretlari, ularning mo‟‟tabar asarlari, hikmatli so‟zlari donishmand fikrlaridan namunalar keltirish
mumkin. Masalan, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Mahmudxo‟ja Behbudiy, Munavvar Qori, Cho‟lpon, Fitrat kabilarning asarlari, she‟rlaridan namunalar berish kerak:
“Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidur”.
Abdulla Avloniy.
“Milliy tilni yo‟qotmak – millatning ruhini yo‟qotmakdir ”
Abdulla Avloniy.
Turkiston shonimiz, turonli unvonimiz,
Vatan – bizim jonimiz, fido o‟lsin qonimiz!
Abdulhamid Cho‟lpon.
Do'stlaringiz bilan baham: |