O`qituvchilar va talabalar bilan o‟tkaziladigan ma‟rifiy ishlar.
1. Barcha fanlarni o‟qitishda ta‟lim jarayonida asosiy e‟tiborni talabalarni ma‟naviyatli va ma‟rifatli qilib tarbiyalashga qaratish.
2. Har o`quv yilining sentyabr oyida birinchi kurs talabalariga mustaqillik tamoyillarini chuqur singdirish maqsadida mustaqillik ramzlariga baishlangan qo‟shimcha darslar (10-20 soat) tashkil etish. (Bu darslarni ijtimoiy fanlar va adabiyot fanlari o`qituvchilari o`tkazsalar, maqsadga muvofiq bo‟lar edi).
3. Barcha talabalar uchun har chorshanba kuni darsdan so‟ng mutazam o‟tkazilib turiladigan quyidagi ma‟naviy ma‟rifiy o‟quvlarni tashkil qilish:
1 chorshanba Prezidentimiz asarlari va nutqlarini o‟rganish.
2 chorshanba Prezident farmonlari, hukumat qarorlari va respublika qonunlarini o‟rganish.
3 chorshanba axloqiy ma‟rifiy o‟quvlari (bunda Qur‟oni karim, hadis va din ilmining ko‟zga ko‟ringan namoyandalari asarlaridan ham keng foydalanish).
4 chorshanba bozor iqtisodiyoti munosabatlari o‟quvi.
Ushbu o‟quvlar tasdiqlangan jadval asosida tarix, falsafa, iqtisodiy nazariya, siyosatshunoslik, etika va estetika, odobnoma, huquq kafedralari professor o`qituvchilarini to‟liq jalb qilgan holda, Qur‟oni karim, hadis ilmi hamda islom tarixini yaxshi biladigan mutaxassislar ham ishtirok etgan holda o‟tkaziladi.
4. Barcha professor o`qituvchilar uchun har oyning juma kunlarida muntazam ravishda quyidagi ma‟naviy ma‟rifiy o‟quvlarni tashkil qilish:
a) Mustaqillik darslari (Prezident asarlari, nutqlari, farmonlari, qaror v qonunlar o‟rganiladi);
b) bozor iqtisodi munosabatlari;
v) ma‟naviyat darsi (talabalarga o‟qilayotgan ma‟naviyat asoslari buyicha hamda islom tarixi va qonun qoidalarini yaxshi biladigan mutaxassislarni ham jalb etgan holda);
g) sharq pedagogikasi;
d) sharq falsafasi
Ushbu ma‟rifiy ishlarni uyushtirish uchun ma‟naviyat va ma‟rifat bo‟limi xodimlari mas‟uldirlar. Ular dars mavzusi, reja va dasturlarni, dars jadvallarini, ma‟ruzachi professor-o`qituvchilarni, chetdan taklif qilinayotgan ma‟ruzachilar tayyorlashlari va ta‟minlashlari lozim. Darslarni tashkil etishda esa fakultet dekanlarining muovinlari bo‟lim xodimlariga yaqindan yordam qilishlari kerak.
Universitet (o`quv yurti) rahbariyati ma‟ruzachilar va muloqot darslarini olib boradigan o`qituvchilarga qo‟shimcha soatbay haq to‟lashlari, ularni har tomonlama rag`batlantirib turishlari lozim.
O`quv yurti miqyosida ma‟naviyat va ma‟rifat ishlari reja va tadbirlarini tuzish va uni amalga oshirishda yana quyidagi vazifalarga e‟tiborni qaratish ham muhimdir:
- talabalar turar joylariga biriktirilgan ijtimoiy va umumiy oliy o`quv yurti kafedralari ma‟naviy ma‟rifiy, tarbiyaviy ish rejalarini muhokama qilib, ularning bajarilishini nazorat qilish;
- mustaqillik va ma‟naviyat mavzuida seminarlar tashkil etish;
- tarixiy yodgorliklar, ma‟rifiy maskanlar, san‟at koshonalari hamda mustaqillik davrida qad ko‟targan inshootlarga o‟quvchi yoshlar va talabalarning ekskursiyalarini tashkil qilish;
- o‟lkashunoslik va Vatanimiz tarixiga oid to‟garaklar ishini jonlantirish;
- “Yil professori”, “Yil dotsenti”, “Yil o`qituvchisi” tadbirlarini o‟tkazish jarayonida ishtirokchilarning ma‟naviy ma‟rifiy, axloqiy, tarbiyaviy ishlarda ishtirokiga e‟tibor qaratish;
- ijtimoiy kafedra o`qituvchilari, xotin qizlar uyushmasi hamkorligida talabalar o‟rtasida “Odob saboqlari”, “Odobnoma”, “Hayot va turmush odobi” mavzusida davra suhbatlari o‟tkazish.
- barcha kurs va guruhlarda “Vatan tarixini bilimay turib, uni to‟la sevib bo‟lmaydi”, “Vatan ostonadan boshlanadi” mavzuida davra suhbatlari, viktorina, ilmiy tarbiyaviy soatlar o‟tkazish;
- harbiy sport to‟garaklari ishlarini yanada jonlantirish guruhlarda mardlik jasurlik darslarini tashkil etish;
fakulteto`larda, yotoqhonalarda, shuningdek mahallalarda “Ayol madaniyati”, “Qizlar iffati”, “Ayol ma‟rifati”, “Ayol tarbiyachi ustoz”, “Ayol ko‟ngil malhami”, “Ayol tadbirkor”, “Ayol jamiyatning faol ishtirokchisi” kabi mavzularda suhbato`lar, uchrashuvlar (kechalar) va ilmiy amaliy anjumanlar o‟tkazish;
- jamoa yoshlarining umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida ma‟naviy, iqtisodiy, huquqiy, ekologik, mehnat, estetik madaniyatini shakllantirish maqsadida taniqli san‟atkor, huquqshunos, ta‟lim va fan arboblari, mehnat faxriylari, sog`liqni saqlash xodimlari bilan ijodiy kechalar va uchrashuvlar uyushtirish;
- talaba qizlar ongini umuminsoniy va ma‟naviy qadriyatlar, milliy istiqlol va mustaqillik mafkurasi asosida shakllantirish hamda ularning oila va jamiyat ishlarida faolligini oshirish maqsadida o`quv yurtida “Qizlar klubi” faoliyatini yanada jonlantirish;
- ma‟naviyat va ma‟rifat borasidagi yangiliklardan muntazam xabardor bo‟lib turish maqsadida jurnal va gazetalarga obuna bo‟lishni tashkil etish;
- milliy mafkura va yoshlar tarbiyasi mavzuida universitet (o`quv yurti) professor o`qituvchilarining nazariy konferentsiyasini o‟tkazish;
- milliy udumlarimiz bo‟lgan “ustoz va shogirdlik” tizimi mohiyatini chuqur o‟rganish asosida professor o`qituvchilar va talabalar o‟rtasida “ustoz shogirdlik” tizimini yo‟lga qo‟yish;
- talabalar turar joylarida “namunali xona”, “namunali qavat”, “namunali turar joy” ko‟rik tanlovlarini muntazam tashkil etib borish;
- talabalar va professor o`qituvchilar o‟rtasida muntazam ravishda milliy an‟analarimiz va urf odatlarimizni tarannum etuvchi ko‟rik tanlovlarni tashkil qilish;
- o`quv yurtida an‟anaviy sport musobaqalarini o‟tkazishda milliy uyinlarimizga alohida e‟tibor qaratish;
- muallimlar va talabalarning Toshkent shahridagi teatrlarga, muzeylarga, diqqatga sazovor bo‟lgan joylarga jamoa bo‟lib borishlarini tashkil qilish;
- o`quv yurti professor o`qituvchilari va talabalarining shoir va yozuvchilar, davlat va jamoat arboblari, mehnat faxriylari kabi taniqli kishilar bilan uchrashuvlarini uyushtirib borish.
Bularning barchasi ma‟naviy va ma‟rifiy ishlarning mazmuni va yo‟nalishini anglatuvchi tadbirlardir. Zero, o`quv yurtlari talabalari orasida bo‟ladigan ma‟naviy va ma‟rifiy ishlarni shartli ravishda bir necha majmua (bloklar) ga bo‟lgandik. Ana shu majmualar bo‟yicha tuzilgan rejalar yoshlarga ma‟naviy tarbiya berishning qanday saviyada ekanligini ko‟rsatuvchi mezondir. Mazkur majmualarning, deylik, birinchisi, talabayoshlarning bilim doirasi, umummadaniyati va saviyasini yuksaltirishga bag`ishlangan viktorinalar, guruhlararo, kurslararo bilimdonlik va zukkolik yuzasidan musobaqalar tashkil etishdan iborat. Bunda tashkilotchilar Vatanimiz, qardosh xalqlar, umumjahon adabiyoti, san‟ati, umuman madaniyatiga oid savollar tuzib, ishtirokchilarning bu boradagi bilimlarini sinaydilar, g`oliblarga tantanali suratda sovrinlar topshiradilar. Bunday tadbirlar ishtirokchilarni rag`batlantirishdangina iborat bo‟lib qolmasligi kerak. Bilag`onlik, zukkolik ko‟rsatgan talabalarga nisbatan tengdoshlarida havas uyg`otishi, ularda “Men ham o‟shanday bo‟lolmaymanmi?”, degan intilish tug`dirishi, g`oliblarni tantanali taqdirlash boshqalarda ham o‟shalarning o‟rnida bo‟lish orzusini uyg`otishi lozim. Bir gap bilan aytganda, bilag`onlikni, zukkolikni talab etuvchi viktorina, musobaqa kabi tadbirlar ma‟naviyat va ma‟rifatni ulug`lovchi katta tashviqiy ahamiyatga ega bo‟lishi lozim. Agar, bordiyu, bunday tadbirlar xorijiy tillarni bilish musobaqasiga mo‟ljallangan bo‟lsa, yanada yaxshi. Chunki hozirgi paytda xorijiy tillarni mukammal o‟rganmay turib, chinakam, mukammal inson sanalish qiyin bo‟lib qoldi. Bu zamonamizning talabi, davr ehtiyojidir.
Ma‟naviy va ma‟rifiy ishlar yuzasidan o‟tkaziladigan tadbirlarning muayyan majmui xalqimizning tarixi, urfodatlari, rasmrusmlari asosida tayyorlanib, talabayoshlarda milliy qadriyatlarimizga hurmat uyg`otish ruhida o‟tkazilishi muhimdir. SHuni ham aytish kerakki bunda milliy o‟ziga xoslikka haddan tashqari e‟tiborni qaratish, boshqa millatlarning an‟analari, urfodatlarini ozgina bo‟lsada kamsitish, behurmat qilish kabilarga mutlaqo yo‟l qo‟yib bo‟lmaydi. Milliy qadriyatlar bo‟yicha tayyorlanadigan tadbirlar umuminsoniy qadriyatlar bag`rida, u bilan ichki, uzviy aloqadorlik tarzida o‟tkazilishi lozim. Jumladan, xalqimizning to‟ylari haqida gap ketganda, bir mintaqada tarixan yonmayon yashab kelgan, hozir respublikamizda bahamjihat istiqomat qilayotgan turli millat va elatlarning to‟ylari bilan qiyoslab, boshqa millat va elatlarning to‟ylariga ham hurmat hissini uyg`otgan ma‟qul. Ayni paytda, xalqimizning to‟ylaridagi ayrim nomaqbul jihatlarga, jumladan ortiqcha sarfharajatlarga, keragidan ziyod hashamlarga, shuhrat orttirish maqsadida “behuda bel sindirishga” urinishlarni tanqidiy baholashlarga ham ozgina bo‟lsada, e‟tibor berilgani durust. Natijada, bunday tadbirlarning ma‟rifiy jihati kuchayadi.
Ma‟naviy va ma‟rifiy ishlarning muayyan majmui Navro‟z bayrami singari xalqimizning ajoyib an‟analariga bag`ishlanadi. Bunday sanalarni nishonlaganda ham talaba-yoshlarga ma‟naviy va ma‟rifiy jihatdan tarbiya berish masalasiga alohida e‟tiborni qaratish kerak. Jumladan, Eron va Turonzamin xalqlarining talaygina an‟analari, urfodatlari rusm-rusumlari, umuman turmush tarzidagi umumiylik, mushtaraklik mavjudligi misolida azaldan ushbu mintaqadagi xalqlarning o‟zaro iqtisodiy va madaniy aloqalari mavjudligiga e‟tiborni qaratish va Navro‟z singari bayramlar qardosh xalqlar, qo‟shni xalqlar o‟rtasidagi do‟stlik, hamjihatlik, totuvlikni mustahkamlashga xizmat qilib kelganini ta‟kidlash joiz. Bu bilan Navro‟z bayrami tashkilotchilari talabayoshlarda baynalmilallik, do‟stlik va o‟zaro xayrixohlik tuyg`ularini kuchaytirishga muvaffaq bo‟ldilar. Aslida, qadimdan etib kelgan an‟ana va rasm-rusumlarni nishonlashdan ko‟zlangan maqsad ham shudir. Ta‟kidlash lozimki, Navro‟z bayramiga diniy tus berish o‟zini oqlamaydi. Umuman, talabayoshlarga diniy ma‟rifiy tarbiya berishda ham Respublika hukumatining dinga bo‟lgan munosabatini aniqlashtiruvchi, belgilovchi, shuningdek vijdon va e‟tiqod erkinligiga oid hujjatlari doirasida ish tutmoq kerak. Aks holda kutilmagan, noma‟qul natijalar kelib chiqishi mumkin. Quyidagi taxminiy reja beriladi.
Jamoaning o`quv yili uchun ma‟naviy-ma‟rifiy ishlar
Do'stlaringiz bilan baham: |