Oldingi tahrirga qarang. davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijdagi nufuzli ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarda ta’lim olishini tashkil etishga ko‘maklashish.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son) 5. O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosatini va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirishga oid birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-martdagi PF-6184-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2021-y., 06/21/6184/0192-son) Oldingi tahrirga qarang. 7. Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ixtiyoriga o‘tkazilsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son) 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshida yuridik shaxs tuzmagan holda Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil qilinsin.
Quyidagilar:
a) Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
respublika budjetidan 100 mlrd so‘m miqdorida bir martalik beg‘araz moliyaviy yordam, shundan 25 mlrd so‘mi 2019-yilda;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining har yili tasdiqlanadigan parametrlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar;
Oldingi tahrirga qarang. davlat organlari va tashkilotlarining (Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi va ularning tizimidagi tashkilotlar bundan mustasno) budjetdan tashqari jamg‘armalariga tushadigan tushumning 1 foizi miqdoridagi ajratmalar;
(8-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi PF-6256-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2021-y., 06/21/6256/0636-son) xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak vositalari va grantlari;
Jamg‘armaning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar va boshqa moliyaviy instrumentlar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar;
b) Jamg‘arma mablag‘lari sarflanadigan yo‘nalishlar etib belgilansin:
davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish;
davlat fuqarolik xizmati sohasidagi ilmiy va boshqa tadqiqotlarga ko‘maklashish, tadqiqotchilik ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar ajratish;
malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashovchi vatandoshlarni va xorijiy davlatlarning fuqarolarini jalb etish;
davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahlil tizimidan foydalanish, texnik qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;
davlat fuqarolik xizmatchilarining xorijda tajriba orttirishlarini, shuningdek, geraldika fani rivojlanishi bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etish;
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish sohasida o‘qitish tadbirlari, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan chet ellarda tashkil qilish va ularda ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlari mehnatini moddiy rag‘batlantirish, shu jumladan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining qaroriga binoan har oylik ustamalarni to‘lash;
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa yo‘nalishlar.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etuvchi hisoblanadi.
9. Quyidagilar belgilansin:
a) davlat organlari va tashkilotlaridagi davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish ochiq mustaqil tanlov asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi, saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlar bundan mustasno:
2020-yil 1-yanvardan boshlab — tajriba tartibida, 2-ilovaga muvofiq butun vertikal bo‘ylab — davlat boshqaruvi organlarida va hududlardagi barcha davlat tashkilotlarida;
2021-yil 1-yanvardan boshlab — davlat fuqarolik xizmati nazarda tutilgan respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida;
b) ochiq mustaqil tanlov asosida davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinadigan shaxslar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va tegishli ravishda uning filiallari bilan kelishmasdan turib lavozimdan ozod qilinishi mumkin emas;
v) davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ularning tashkiliy-shtat tuzilmalarini o‘zgartirish masalalariga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan kelishib olinishi lozim;
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi;
d) davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bo‘linmalari faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
e) davlat organlari va tashkilotlari kadrlar bo‘linmalarining rahbarlari:
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va tegishli ravishda uning filiallari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
har uch yilda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligida attestatsiyadan o‘tadi.
10. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining quyidagi tartibni o‘rnatish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin, unga muvofiq:
davlat organlari va tashkilotlari davlat fuqarolik xizmatchilarining ishlab chiqarishdan ajralgan holda har yili qisqa muddatli (30 — 60 soatli) malaka oshirish kurslaridan o‘tishini ta’minlashi shart;
davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, yangi kompetensiyalarni o‘rgatish qonun bilan belgilanadigan tartibda ajratiladigan Jamg‘armaning grant mablag‘lari, davlat organlari va tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga tegishli davlat organi va tashkilotining buyurtmasi asosida amalga oshiriladi. Bunda, davlat fuqarolik xizmatchisining ish joyidagi lavozimi, o‘rtacha oylik ish haqi va mehnat staji saqlab qolinadi;
davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, yangi kompetensiyalarga o‘rgatishni tashkil etishga shartnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, belgilangan tartibda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan litsenziyalangan nodavlat ta’lim muassasalari jalb etiladi. Bunda, davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, yangi kompetensiyalarni o‘rgatish bo‘yicha xizmatlarning davlat xaridlarini eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan tuziladigan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarga muvofiq amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi;
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini saralab olish bo‘yicha respublika “Taraqqiyot” tanlovini o‘tkazish Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida qabul qilish parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari bilan majburiy tartibda kelishib olinadi.
11. Barcha darajalardagi davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnat huquqlariga so‘zsiz rioya etish, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish holatlariga, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatini obro‘sizlantiradigan boshqa xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida qattiq ogohlantirilsin.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mazkur band talablariga so‘zsiz rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlasin va ushbu talablarning buzilishiga yo‘l qo‘yadigan davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlariga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritsin.
12. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori loyihasini kiritsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning maqsad va vazifalarini yoritish bo‘yicha maqolalar va mavzuga oid ko‘rsatuvlarni muntazam ravishda tashkil etib borsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.