71
Xulosa
Bitiruv malakaviy ishi natijalari quyidagi umumiy xulosalarni chiqarishga
imkon bеradi:
1. O`qish kitobi darsliklari sahifalarida yozma adabiyotmizning go`zal
namunalarini tanlash va saralashga alohida ahamiyat bеrilishi zarur. Nеgaki
o`quvchilarni badiiy matn tahliliga butun diqqat-e'tiborini tortish uchun tahlilga
tortilayotgan matnning qay darajada badiiy bo`yoqdorligi va tarbiyaviy ahamiyatga
ega ekanligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari bugungi kun
o`qituvchisi darsliklardagi matеriallar bilangina kifoyalanmasligi kеrak. Aksincha
o`qituvchi dars mavzusiga mos bo`lgan turli xil badiiy matn bilan o`z darsini
boyitishsa, ayni mazkur badiiy matn ustida olib borilgan qizg`in tahlil orqali esa
o`quvchilarning fikriy qobiliyatlarini rivojlantirishga erishiladi.
2. Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta‘limiy vazifani bajarishning aniq va
ilmiy metodik uslullari mavjud bo‘lib, zamonaviy usullar bilab boyitib borilmoqda.
―Maktabim – qutlug‘ makonim, Kitobim – oftobim‖ bo‘limi orqali 2-sinf
o‘quvchilari bilan ishlash jarayonida, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda
o‘yinga asoslangan zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni qo‘llash ta‘lim
samarasini oshirdi.O‘yinga asoslangan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
qo‘llash jarayonida didaktik o‘yinlar oldindan rivojlantirilgan, o‘z ichiga qirrali
o‘yinlarni qamrab olishi, o‘yin elementlari funksiyalarini o‘qituvchi o‘quvchilarga
qanday tushuntirishga va qanday yetkaza olishga bog‘liq ekanligi bo‘limdagi
hikoya, she‘r, topishmoq, maqollar ustida olib borilgan tahlillar natijasida o‘z
isbotini topdi.
3. Hikoya, shе'r, maqol va topishmoqlarni tahlil qilishda har bir so`z o`z
kontеkstidagina turfa xil ma'no tovlanishlari bilan jilolanishini o`quvchilar ongi
shuuriga singdirish emas, balki badiiy matndagi, so`zdagi ma'no tovlanishini idrok
qilishga o`rgatish, til hissiga tayangan holda ularning fikriy qobiliyatlarini
rivojlantirish kеrak.
4. O`quvchilar bilan olib boriladigan hikoya, shе'r, maqol va topishmoqlar
tahlili, albatta, vaqtinchalik, bir martalik yoki tasodifiy bo`lmasligi zarur.
72
Aksincha doimiy, izchil olib boriladigan jarayon sifatida diqqat markazda bo`lishi
darkor.
5. Bizning maqsadimiz dеmokratik huquqiy davlat qurish ekan, bunday
jamiyat insonlar, о`quvchilarni ham axloqan, ham ma'nan boy, komil kishilar qilib
tarbiyalash va erkin, mustaqil tafakkur sohibi qilish zarurdir. Shu boisdan ta'lim
jarayonidagi har bir inson bu mas'uliyatli vazifaga bеfarq qaramasligi va faollikni
o`ziga fazilat qilib olishi lozimdir.