62
3.4 “Maktabim – qutlug‟makonim, kitobim – oftobim” bo`limidagi
topishmoqlarni o‟rgatish usullari
Xalq оg‘zaki ijоd namunalari orqali o‘quvchilar ezgulik, tug‘riso‘zlik,
sоfdillik, nafоsat, do‘stlik, o‘rtоqlik, ahllik haqidagi tasavvurga ega bo‘ladilar.
Topishmoq o'quvchilarni topqirlik va hozirjavoblikka o'rgatadi. Shu sababli
xalq og'zaki ijodining bu janridan darslikhuda ham keng qo'llanilgan. 1-2-sinf
,,0'qish kitobi" da topishmoqlar ko'proq, har bir matn ostida keltirilgan. Bundan
ko'zlangan maqsad matn mazmunini topishmoqlar asosida ham o'zlashtirilishiga
erishishdir. Masalan, I-sinf ,,0'qish kitobi" da „Kitobga mehr" matni ostida „Qat-
qat qatlama, Aqling bo'lsa tashlama" topishmog'i keltirilgan va mavzuga juda mos
tanlangan. Topishmoqlar bunday shaklda berilganda ularning javobi oson topiladi.
1-4-sinf o'qish darsliklarida „Topishmoqlar" mavzusi ostida har xil topishmoqlar
ham berilgan bo'lib, ular o'quvchilarning topqirligini yanada oshiradi, tafakkurini
o'stiradi. 1 -2-sinf darsliklarida topishmoq javoblari ularning ostiga yozib qo'yilgan
yoki rasmlar orqali berilgan. 3-4-sinflarga o'tgach esa javoblar qayd etilmagan.
Buning sababi shuki, bu davrga kelib o'quvchilar topishmoqlar ustida ishlash
ko'nikmalarini hosil qilgan bo'ladi.
Topishmoqlar bolalar shoirlari tomonidan ham yaratilib kelinmoq-da. Bunday
topishmoqlar sho'x, qiziqarli bo'ladi. Masalan, 4-sinf ,,0'qish kitobi" da „Buni
toping, qizlarim" (G'. G'ulom) topishmoqlari keltirilgan.
- To‘ni silliq, tuki yo‘q.
- Malla tukli, sap-sariq,
Hammasi to‘g‘, po‘ki yo‘q,
Murabbosi mazalik.
Ichi qizil, ko‘ki yo‘q,
Palovga bossa bo‘lar,
Uni cho‘g‘olmas chumchuq,
Podvalga ossa bo‘lar.
Bu nima, qizim Qunduz?
Tishlab ko‘rib, ayt, Mehri,
- Bumi, dadavoy? Tarvuz.
- Bumi dadavoy? Behi.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, topishmoqning ta'limiy va tarbiyaviy
ahamiyati mantiqiy tafakkurni rivojlantiradi. Ularga javob topish ermak uchun
emas, bilaki o`rganilayotgan bilimlar sistеmasining taraqqiyoti uchun zarurdir.
63
Shuning uchun topishmoqlar darsi, sinfdan tashqari soatlar tashkik etilsa,
darslarda mavzularga oid topishmoqlardan foydalanilsa, maqsadga muvofiq
bo`ladi.
Savod o‘rgatish davrida topishmoqlardan foydalanish maktabga dastlab
qadam qo‘ygan bolalarni qiziqib savod chiqarishlarida muhim vosita bo‘ladi.
Topishmoqlar bolalarni har tomonlama yetuk, zukko va bilimdon
bo‘lishlarida muhim ro‘l o‘ynaydi.
Topishmoq xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi va boy janrlaridan biri
bo‘lib, ular odatda xalqning urf-odatlari, ruhiyat hamda axloqiy-estetik
qarashlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Topishmoq she'riy yoki nasriy
tuzilishdagi savol va topshiriqlardir.
Topishmoqlar narsaning bir necha xil belgilari yashirin, sirli holda
beriladi. Har bir topishmoqning zamirida topilishi lozim bo‘lgan bir ma‘no va
«kim?», «nima?» so‘roqlarida yashiringan javob yotadi. Odamlar shu
so‘roqlarga qarab topishmoqda yashiringan narsani topishga harakat qiladilar.
Ayniqsa, bolalar topishmoqdagi jumboqni bilishga, uni topishga juda
qiziqadilar. Topishmoqlar mavzulari tabiat va kundalik hayotda uchrab
turadigan aniq hodisa va narsalardan iborat bo‘ladi. Odatda, topilishi lozim
bo‘lgan narsa yoki hodisaning biror belgisi taqqoslash yo‘li bilan obrazli
ifodalanadi. Ba‘zi topishmoqlar narsaning bajaradigan vazifasiga, harakatiga,
uning nimadan yoki qanday ishlanganiga qarab, shu xususiyatlar asosida
yaratilishi mumkin.
Mayda, yoqutday qizil,
Shirin, nordon, xilma-xil.
Qalin, taxir po‘sti bor,
Hamma yerda do‘sti bor.
(anor)
Qizil yuzli bir pari
Yer tagida zindonda.
Mayda o‘rim sochlari
Ochiq, yalang maydonda.( sabzi )
64
«Boshi taroq, dumi o‘roq».
«Men yuraman, u qoladi».
«Bir parcha patir – olamga tatir».
«Ichi bo‘yoq, sirti tayoq»
kabi topishmoqlar shular jumlasidandir. Bolalarga topishmoqlarning javobini
tasavvur qilishlari va topishlari oson bo‘lishlari uchun velosiped, shaftoli,
turp, kitob, xo‘roz, iz, oy, qalam, toshbaqalarni rasmlari ham berilgan. Xullas
topishmoqlarda xalq donishmandligi aks etadi. Ular o‘ziga xos mazmuni va
ifoda shakli bilan bolalarni ziyraklikka, kuzatuvchanlikka o‘rgatadi, ularning
fikrlar qobiliyatlarini o‘stiradi.
Topishmoqda yashirilgan narsalar uning javobi hisoblanadi. Topishmoqning
javobini topish uchun topishmoq matnini e'tibor bilan o'qish, nimaga ishora
qilinayotganligini fahmlash, topishmoqning asosiy xususiyat va belgilari aynan
nimaga qaratilganligini taxmin qilish bilan ham topishga harakat qilish kerak.