2.2 Aqliy tarbiya va ta’lim metodlari
Bolalarga ta’lim berish jarayonida tarbiyachi har xil metodlardan, usullardan foydalanish:
Ko‘rgazmali
|
Og‘zaki
|
Amaliy
|
O‘yin metodlari
|
Kuzatish
|
Tushunish
|
Mashq
|
Didaktik o‘yinlar
|
Ko‘rsatish
|
O‘ikoya qilish
|
Mustaqil ish
|
O‘arakatli o‘yinlar
|
TV dan foydalanish.
|
So‘zlab berish
|
Oddiy tajriba
|
Mashqli o‘yinlar
|
|
o‘qib berish
|
|
Insenirovkalar
|
|
Suhbat
|
|
|
Kuzatish metodi: Bolalarni tevarak atrof bilan tanishtirish imkonini beradi. Bunda bolalar ko‘rish, eshitish, sezish idroklari orqali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa asosan yangi bilim berishda qo‘llaniladi.
Kuzatish – bolalarning narsa, voqealarning ma’lum maqsadi bilan rejali idrok etishidir. Kuzatish metodi ma’lum ob’ektlarni kuzatishda etakchi o‘rinni egallaydi.
Namoyish etish metodi: Bu metod tarbiyachi bolalarga narsani o‘zini yoki tasvirini ko‘rsatadi. Bu bevosita ko‘rib bo‘lmaydigan narsalar (boshqa tabiy zonadagi hayvonlar, o‘simliklar, kishilar hayoti bilan) qo‘llaniladi.
O‘ikoya qilib berish - materialni aniq, obrazli, ta’sirchan bayon qilish.O‘rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni ifodali o‘qib berish.
Suhbat metodi: 3-4 yoshli bolalar bilan o‘tkazilmaydi. 4-5 yoshli bolalar bilan ham qisqa suhbat o‘tkaziladi. 6 yoshdani boshlab suhbat mustaqil mashg‘ulot sifatida o‘tkaziladi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni alohida ta’kidlash kerak, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya bеrishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish va maktabga tayyorlash, ularning ruhiyati, shaxsiy qobiliyati, intilishi va ehtiyojlari milliy va umuminsoniy qadriyatlar hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda rivojlanishni ta'minlash, ularni maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga qo`yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish ushbu “Bolalarni rivojlantirish va maktabgacha tayyorlash” tayanch dasturi asosida amalga oshiriladi. O`yinlardan didaktik maqsadlarda foydalanishga oid yo`nalish XVIII asrda pеdagoglar faoliyatida kеng rivojlandi. O`yinda bolaning insoniy faoliyatining eng umumiy, eng asosli ma'nodagi xatti-harakati namoyon bo`ladi. Shaklan va mazmunan rang-barang bo`lgan o`yinlar bolani mavjud hayotiy hodisalar doirasiga olib kiradi, bunda kattalarning bilim, ko`nikma va malakalari, harakat usullari, ijtimoiy tajribalarini oldindan o`zlashtirish ta’minlanadi. O`yinda bolaning o`z tеngqurlari va kattalar bilan bo`ladigan munosabat, muomala usullari shakllanadi, hissiyot va didi tarbiyalanadi. Syujеtli-rolli o`yinlar mazmunining o`ziga xosligi uning eng muhim xususiyatlaridan biridir. O`yin bolalar kattalar ijtimoiy hayotining namunasini oladigan faoliyat turidir. Syujеtli o`yin aqliy tarbiya vositalaridan biridir. Bola o`yinda atrof muhitdagi voqеa va hodisalarni aks ettirib ularni hayolan qayta tiklaydi. Bunda bu obrazlar va taassurotlardan foydalanadi. Bola tasvirlayotgan hodisalar haqidagi bilimlarni o`z mushohadalarida ifodalaydi, bu uning konkrеt buyumdan u haqida fikrlashga o`tganini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |