Bashoratlash bo‘lajak mashg‘ulotni tashkil etilishining turli variant- larini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qu- lini tanlab olish.
Loyihalashtirish (rejalashtirish) bolalaming o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo‘lib, u mashg‘ulotga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Shuning uchun pedagog mashg‘ulotning texnologik modeli va kartasini ishlab chiqishi lozim. Mashg‘ulot loyihasi qisqa va aniq, erkin tu- zilgan, pedagog o‘zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon so‘rash, qayerda mavzuni kiritish, mashg1 ulot keyingi bos- qichiga qanday o‘tish, oldindan ko‘zda tutilmagan qiyinchiliklar yo’zaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo'yicha qayta o‘zgar-tirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Mashg‘ulot loyihasi an’anaviy rejadan boshqarishga doir ta’sir ko'rsatishlaming aniq va tushunarli belgilab olinishi, kutiladigan natijalarning oldindan aniqlanganligi bilan farq qiladi.
Eksko’rsiya ta limni tashkil etish shakli sifatida
Eksko’rsiya - bolalarga ta’lim berishning maxsus shakli. U ozida tabiiy sharoitlar
bolalarni tabiat, madaniy obyektlar, kattalarmehnati bilan tanishtirish imkoniyatini beradi. Eksko’rsiya vaqtida bolalar olamning turfa xilligi, rivojlanishini anglaydilar, narsa-hodislar orasidagi aloqadorliklarni ko’zatadilar.
Ilk va kichik guruhda eksko’rsiya maktabgacha ta’lim muassasasining ichkarisida, yer maydonchasida, o‘rta guruhdan boshlab muassasadan tash- qarida o‘tkazlla boshlanadi.
Eksko’rsiya uyushtirishni rejalashtirishda quyidagi jihatlami hisobga olish lozim:
eksko’rsiya narsa-hodisalami dastlabki yorqin, yaxlit idrok etilishini ta’minlashi keraq
bolalaming tanish obyekt yoki hodisalar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, chuqurlashtirish, umumlashtirish uchun takroran eksko’rsiya uyushtiriladi. Takroriy eksko’rsiya bola dastlabki eksko’rsiya paytida ko’zatgan obyekt, hodisalarning yangi sifat va xususiyatlarini ochib be- rishga xizmat qiladi:
dasturiy materialni bosqichma-bosqich murakkablashtirish ikki yo'nalishda amalga oshirilishi zarur: ko’zatilgan hodisalar koiamini kengaytirish va u yoki bu hodisalar haqidagi bilimlarni ketma-ketliqia chuqurlashtirish va umumlashtirish;
har bir eksko’rsiyada ta’limiy va tarbiyaviy vazifalar birgaliqia hal etilishi lozim. Shuning uchun o‘zlashtirilishi lozim boMgan bilim va ko’nikmalar hajmini rejalashtirish hamda qanday his-tuyg‘u, munosabat, axloqiy sifat, estetik ehtiyojlami faollashtirish avvaldan o'yianishi keraq
Eksko’rsiya o‘zaro bir-biri bilan bog’‘langan aniq tarkibiy to’zilishga ega: tayyorlov bosqichi, eksko’rsiyaning borishi va eksko’rsiyadan keyin amalga oshiriladigan ish.
Tayyorlov bosqichi ham pedagogni, ham bolalarni eksko’rsiyaga tayyorlashni o‘z ichiga qamrab oladi. Pedagog eksko’rsiya mavzusini, uning mazmun-mohiyatini, o‘tkazilish muddatini belgilaydi, Shuningdek eksko’rsiya uyushtiriladigan obyektning joylashgan o‘rni va holatini ham ko‘zdan kechiradi. Eksko’rsiya davomida beriladigan namunaviy savollami to’zadi, she’r, maqol va topishmoqlardan namunalar tanlaydi.
Bolalarni eksko’rsiyaga tayyorlash ularda o'rganish ko‘zda tutilgan obyekt va hodisalarga doir qiziqish va ehtiyojni hosil qilishni talab etadi. Buning uchun quyidagi pedagogik usul va vositalardan foydalaniladi: 1) eksko’rsiya jarayonida bolalar kuzatishi mumkin bo'lgan narsa-buyumlar va hodisalar haqida qiziqarll ma’lumotlar berish; 2) bolalardagi mavjud tajribalarga tayanish; 3) bolalarga emotsional ta'sir ko;rsatish maqsadida san’at asarlaridan foydalanish.
Eksko’rsiyani amalga oshirish jarayonida ta’limning turli uslublari (kuzatish, suhbat, tushuntirishjdan foydalaniladi. Dastlab bolalarga obyekt bilan to‘liq tanishish imkoniyati beriladi. Shu bilan birga bolalarning ko’zatilayotgan obyektni aniq idrok etishlarini badiiy iboralar yordamida amalga oshirish mumkin: pedagogning o‘zi yoki bolalardan biri she’rdan parcha o'qiydi. Obyekt yaxlit tarzda idrok qilib bo‘linganidan so‘ng, bolalar uni chuqurroq anglab olishlari uchun tahlil qilishga o‘tiladi. Bunda turli xil savollardan foydalaniladi:
dalillar keltirishni talab etuvchi savollar (qanday nomlanadi, qanday qismlardan iborat, qanday xususiyatlar va o‘ziga xosliklarga ega);
fikrlashni faollashtiruvchi, qiyoslash, taqqoslash, farqini ajratish, umumlashtirishni talab etuvchi savollar (munosabat, aloqadorliklarni hosil qilish uchun);
anglash faolligini rag‘batlovchi, ijodiy fikrlash, xulosalar chiqarish- ga undovchi savollar.
Ayrim eksko’rsiyalar jarayonida suhbat asosiy uslub sifatida xizmat qiladi. Ayniqsa, bolalarni turli kasb egalari (oshpaz, temirchi, sotuvchi, fermer, xususiy tadbirkor) faoliyati bilan tanishtirish paytida mazkur uslubdan foydalanish yaxshi samara beradi. Buning uchun tarbiyachi suhbat jarayonida foydalaniladigan savollarni avvaldan tayyorlab olishi zarur.
Shuningdek eksko’rsiya jarayonida bolalarning fikriy faolligini qo‘ llab- quvvatlash lozim. Ana shu maqsadda bilish-izlanishni rag‘batlovchi usul- lardan foydalaniladi: bolalarga ular nimalarni o‘ylayotgani, ularni nimalar qiziqtirayotgani, ularning fikricha nima tushunarsiz ekanligi haqida savollar beriladi; ular guvohi bo'layotgan obyekt, hodisaga mos she'iv maqol, topishmoqni yodga tushirish so'raladi.
Eksko’rsiya so‘nggidabolalar nimalarni ko‘rganHklari, bilib olganliklari haqida umumiy xulosalar chiqariladi. Bir nechta bolaga ularga nimalar qiziqarli bo‘lganligi haqida gapirib berishni taklif etish mumkin.
Eksko’rsiyadan so 'ng amalga oshiriladigan ish bilimlarni kengaytirish, aniqlashtirish, tizimlashtirishga, eksko’rsiya jarayonida tug'ilgan his- tuyg‘u, munosabatlarni mustahkamlashga yo‘naltiriladi. Buning uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:
eksko’rsiya davomida to‘plangan materiallar(tosh, yong'oq, na’ma- tak va boshqalar)ni chiroyli qilib bezatish;
bolalarning eksko’rsiyadan olgan taassurotlarini boyitish maqsadida badiiy asarlarga (kitoblar, musiqa, qo‘shiq, amaliy san'at buyumlari)mu- rojaat qilish;
kitob burchagida (“Bizning shahrimiz”, “Bizning bog’‘”, “0‘zbekis- ton - serquyosh o‘lka” albomlarini to’zish), tabiat burchagida (maketlar tayyorlash, kolleksiyalar to‘plash, gerbariy to’zish) ishlash;
o'yinlami (teatrlashtirilgan, didaktiq syujetli-rolli) tashkil etish;
ma’lum bir belgilangan mavzu yo’zasidan amalga oshirilgan o‘quv ishining yakuniy qismi bo‘yicha umumlashtiruvchi suhbat o‘tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |