- Oilaning milliy ruhi - xalqning milliy ruhiyatini
- belgilaydi. Shu ma’noda har bir oila, uning a’zosida
- milliy psixologiyani shakllantiruvchi muqaddas
- ijtimoiy institutdir. Bu institut necha ming yilliklar
- davomida jahon xalqlarining bir-birlariga
- o‘xshamaydigan turfa milliy man’naviy qiyofalarini
- tarbiyalab kelayotir. Shuning uchun ham oiladagi
- bolalarda estetik tasavvurlari shakllantirish ham
- ma’lum jihatidan “milliy qiyofa”ga ega bo‘lishi
- lozim.
Bolalarda estetik tasavvurlarni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar tizimida yana bir ijtimoiy masalalar borki, ularni pedagogika nuqtai nazardan to‘g‘ri yo‘naltirmaslik tarkib toptirilayotgan sifatlarni milliy ma’naviy qiyofa kasb ettirishga monelik qiladi. Bular ijtimoiy muhit, qarindosh urug‘lar, mahalla, ta’lim-tarbiya maskanlari (bolalar bog‘chalari), ta’lim muassasalariga qatnovchi aksariyat farzandlarning ta’sir doirasi kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Zero,oila faqat er bilan xotin orasidagi o‘zaro munosabatlarini emas, balki ota-onalar bilan farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar, qarindosh-urug‘lar oralaridagi munosabatlar ham ifodalanadi. Jamiyat bag‘rida oilalar tashkil topib, taraqqiy etib borar ekan, o‘zi ham ana shu jamiyatning kichik bir bo‘lagi sifatida namoyon bo‘ladi. Oilalar jamiyatdagi ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar oila taraqqiyotiga doimo ta’sir etadi. Oiladagi ta’lim-tarbiya xususiyatlari esa jamiyatda ham o‘z aksini topadi. Shuning uchun ham oiladagi badiiy-estetik mazmundagi holatlarni faqat oilaga, unda voyaga yetayotgan farzandning estetik tasavvurlarini shakllantirish vositasi sifatida baholanishi lozim. Bu ta’lim-tarbiyaviy jarayonning jamiyat ma’naviyati, jumladan uning estetik olamiga ta’siri kuchlidir. Bu o‘z navbatida muhim ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida e’tirof etilishiga asos bo‘ladi. Qolaversa, oiladagi estetik munosabatlar – oila hayotining tashqi ifodasi, namoyon bo‘lgan holda, oilada axloqiy ruhiy munosabatning rivojlanishiga, binobarin, oilaning mustahkamlanishiga kuchli ta’sir qiladi. - Bolalarda estetik tasavvurlarni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar tizimida yana bir ijtimoiy masalalar borki, ularni pedagogika nuqtai nazardan to‘g‘ri yo‘naltirmaslik tarkib toptirilayotgan sifatlarni milliy ma’naviy qiyofa kasb ettirishga monelik qiladi. Bular ijtimoiy muhit, qarindosh urug‘lar, mahalla, ta’lim-tarbiya maskanlari (bolalar bog‘chalari), ta’lim muassasalariga qatnovchi aksariyat farzandlarning ta’sir doirasi kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Zero,oila faqat er bilan xotin orasidagi o‘zaro munosabatlarini emas, balki ota-onalar bilan farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar, qarindosh-urug‘lar oralaridagi munosabatlar ham ifodalanadi. Jamiyat bag‘rida oilalar tashkil topib, taraqqiy etib borar ekan, o‘zi ham ana shu jamiyatning kichik bir bo‘lagi sifatida namoyon bo‘ladi. Oilalar jamiyatdagi ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar oila taraqqiyotiga doimo ta’sir etadi. Oiladagi ta’lim-tarbiya xususiyatlari esa jamiyatda ham o‘z aksini topadi. Shuning uchun ham oiladagi badiiy-estetik mazmundagi holatlarni faqat oilaga, unda voyaga yetayotgan farzandning estetik tasavvurlarini shakllantirish vositasi sifatida baholanishi lozim. Bu ta’lim-tarbiyaviy jarayonning jamiyat ma’naviyati, jumladan uning estetik olamiga ta’siri kuchlidir. Bu o‘z navbatida muhim ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida e’tirof etilishiga asos bo‘ladi. Qolaversa, oiladagi estetik munosabatlar – oila hayotining tashqi ifodasi, namoyon bo‘lgan holda, oilada axloqiy ruhiy munosabatning rivojlanishiga, binobarin, oilaning mustahkamlanishiga kuchli ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |