Ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementlari va kalkulatsion moddalari bo‘yicha o‘rganish quyidagicha farqlanadi, ya’ni bo‘limlar va korxona bo‘yicha jami xarajatlar faqat iqtisodiy elementlari bo‘yicha o‘rganiladi, mahsulotlar turi va turkumi bo‘yicha esa ishlab chiqarish xarajatlari kalkulatsiya moddalari asosida ko‘rib chiqiladi. Tahlil etishda ishlab chiqarish xarajatlarining jami o‘zgarishi va uning tarkibi bo‘yicha o‘zgarishlari mutlaq va nisbiy jihatdan o‘rganiladi. Nisbiy jihatdan o‘rganishda har bir turkum xarajat moddasi yoki elementining jami ishlab chiqarish xarajatlari tarkibidagi salmog‘iga baho beriladi.
1.6. Ishlab chiqarishdagi mehnatga haq to‘lash xarajatlarining tahlili
Raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida har bir korxona maqsadlarini amalga oshirilishida asosiy omil inson, ya’ni korxona xodimlaridir. Korxona xodimlarining moddiy va ma’naviy manfaatdorligi esa ish samaradorligini oshishiga olib keladi.
Iste’mol fondi xarajatlari deganda korxonada band bo‘lgan xodimlar va ular nomidan to‘lanadigan xarajatlar tushuniladi. Bunga, mehnat haqi sifatida hisoblanadigan va to‘lanadigan xarajatlar, to‘lovlar, rag‘bat-lantirishlar kiritiladi. Xodimlar nomidan to‘lanadigan to‘lovlar tarkibiga ularning ishga qatnashi va ovqatlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, kiyim-kechaklar, kommunal xizmat va uy-joy uchun to‘lovlar, ularni o‘qitish bilan bog‘liq, shu kabi va boshqa to‘lovlar kiritiladi. Mehnat haqi – bu jamiyat ko‘lamida Milliy daromadning ishchilar va xizmatchilar o‘rtasida ular mehnatini miqdori va sifatiga muvofiq taqsimlanadigan hamda shaxsiy iste’moli maqsadlari uchun foydalaniladigan qismidir. Korxona mehnatga haq to‘lashdan mehnat unumdorligini oshirishni, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishni, mahsulot sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni eng muhim vositasi sifatida foydalaniladi. Ish haqini tashkil etish va ularni shakllan-tirishdan asosiy maqsad barcha xodimlarni ish haqi yakka va kollektiv mehnat natijalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lishiga erishishdan, mahnatga haq to‘lashga bir xillik elementlarini bartaraf etishdan iborat. Korxonada mehnat haqi xarajatlarini tahlil etishda, mehnat haqi fondining reja va o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishi va o‘zgarish sabablariga, bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mehnat haqi fondi hamda uning o‘zgarishiga baho beriladi. Mehnat haqi fondining shakllanishi va uning berilishi davlat tashkilotlari tomonidan tartibga solib turiladi va nazorat qilinadi. Bu bevosita kredit tashkiloti hisoblangan bank tizimi va uning bo‘limlari bo‘lishi mumkin. Mehnat haqi fondining hisoblanishi va berilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan har yili qayta tuziladigan uslubiy yo‘riqnoma bu boradagi