Yiringli perikardit. Perikarditning yiringli yallig'lanishi (pericarditis purulenta) stafilakokk, enterobkaterial, sil infeksiyasi yoki aralash mikroflora sabab bo'ladi. Kasallik ko'pincha yiringli o'choqlardan gematogen yo'l bilan metastazlanib rivojlanadi. Masalan, o'tkir gematogen osteomiyelitda ana shunday. hodisa bo'ladi. Kamdan-kam hollarda yiringli perikardit qo'shni to'qimalardan (yiringli plevritda, mediastinitda) infeksiya tushganda paydo bo'lishi mumkin, kasallik to'g'ridan-to'g'ri shikastlanish oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |