Klinik manzarasi limfa tugunining kattalashishi va uni paypaslab ko'rilganda bezillashi aniqlanadi. Barcha yallig'lanish holati limfa tugunidan tevarakdagi kletchatkaga o'tadi. Qator hollarda limfa tuguni yiringlab iriydi va shu joyda bilqillash (yiringli suyuqlanish) paydo bo'ladi.
Davosi. Birlamchi yallig'lanish o'chog'ini davolash kerak. Limfadenitning boshlang'ich holatda issiq qilinadi, osoyishta sharoit yaratiladi. Antibiotiklar va sulfanilamidlar buyuriladi. Yiringli irish boshlanganda yiringli bo'shliq kesiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |