Mavzu: Mahalliy va umumiy xirurgik infeksiyalarning chiqarish sabablari, klinik belgilari, tekshirish, davolsh va parvarishlashda o’ziga xos xususiyatlari. Reja



Download 468,2 Kb.
bet21/40
Sana06.01.2022
Hajmi468,2 Kb.
#323219
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
Bog'liq
XIRURGIK

Etiologiyasi va patogenezi. Stafilokokklar,enterobakteriya-lar (ichak tayoqchasi), kamdan-kam hollarda saprofitlar hamda anaeroblar kasallikning qo'zg'atuvchilari hisoblanadi.

Klinik manzarasi. Kasallik og'ir kechadi. Bemorning ahvoli darhol yomonlashadi, harorati birdan ko'tariladi (40°C atrofida bo'ladi), belda qattiq og'riq bo'ladi. To'qima shishi yuzaga keladi, leykotsitlar soni ko'payib ketadi, gohida siydikda piuriya aniqlanadi, mikroskop orqali kuzatilganda esa leykotsitlar va si-lindrlar ko'riladi. Ammo siydik tekshirilganda ba'zi bir hollarda patologik siljish kuzatilmaydi. Noaniq holatlarda buyrak atrofi bo'shlig'ida ultratovush yordamida tashxis qo'yish funksiyasi o'tkazish mumkin

Davosi. Paranefritni muvaffaqiyatli davolashning muhim omili— bu,o'z vaqtida operatsiya qilishdir, Lyumbotomiya o'tkaziladi, yiringlangan joy keng yoriladi, antiseptik eritmalar bilan yuviladi va drenaj qilinadi, faol aspiratsiya yuzaga keltiriladi. Pionefroz yuz bergan hollarda buyrak olib tashlanadi (nefrektomiya).

ParaBroktit. To'g'ri ichak oldi kletchatkasining yiringli yallig'lanish kasalligi. Kasallikni aksari aralash infeksiya (stafilakokk,streptakokk, ichak tayoqchasi va boshqalar) keltirib chiqaradi. Infeksiyaning kirish yo'li- yo'riqlar, lat yeyish, bichilish (matseratsiya)dir.

Paraproktitning quyidagi turlari farq qilinadi:

1. teri osti paraproktiti;

2. shilliq parda osti paraproktiti;

3. quymich-rektal paraproktit;

4. chanoq-to'g'ri ichak paraproktiti;

5. retrorektal paraproktit;

6. surunkali (pararektal oqmalar



Klinikasi paraproktitning turiga bog'liq. Teri osti turida yallig'lanish sohasida terming giperemiyasi, og'rishi, defekatsiya vaqtida og'riqning kuchayishi kuzatiladi. Bu sohani palpatsiya qilganda zich infiltrat aniqlanadi. Organizimning yallig'lanishiga nisbatan unchalik kuchli bo'lmagan umumiy reaksiyasi vujudga kelishi mumkin.

Shilliq parda ostidagi turida defikatsiya vaqtida og'riq qayd qilinadi. Rektal tekshiruvda to'g'ri ichak shilliq pardasida infiltratsiya sohasi aniqlanadi.

Quymich-rektal turida yallig'lanish holati to'g'ri ichak atrofidagi chanoq kletchatkasini egallaydi. Bu turi lo'qillovchi og'riq, yuqori harorat, et uvishishi bilan o'tadi; rektal tekshirishda to'g'ri ichak tevaragida kuchli infiltratsiya aniqlanadi.

Chanoq-to'g'ri ichak turida yallig'lanish chanoq tubidan yuqoriga tarqaladi va orqa chiqaruv yo'li sohasida yallig'lanishning tashqi belgilari bo'lmagan holda og'ir septik holat bilan kechadi.

Retrorektal turida yallig'lanish limfadenitdan boshlanib, to'g'ri ichakning orqa tomonida joylashadi, keyin tevarak-atrofidagi to'qima yiringlab iriydi. Kasallik oraliqning kuchli og'rishi, yuqori harorat,et uvishishi, leykotsitoz va shu kabilar bilan kechadi.

Paraproktitning hamma turlarida to'g'ri ichakni barmoq yordamida qunt bilan tekshirish tavsiya etiladi.



Davosi. Kasallikning boshida, hali to'qimalar yiringlab iriy boshlamaganda, umumiy antibiotikoterapiya, kaliy permanganat solingan iliq vannachalarda o'tirish buyuriladi. Konservativ davo naf bermagan hollarda paraproktitning hamma turlarida yiringlagan joyni kesib, yiringli bo'shliqni yaxshi drenajlash talab etiladi. Yi-ringli soha sfinkter shikastlanishining oldini olish uchun kesilganda anal teshik tevaragi yarimoysimon kesiladi. Bemorga operatsiyadan keyin 3—4 sutkagacha defekatsiya aktini to'xtatib turish uchun opiy nastoykasi va shlaksiz parhez ovqatlar beriladi. Umumiy an-tibakterial va dezintoksikatsion terapiya olib boriladi. Jarohatga yiringli jarohatlarni davolashning umumiy qoidalariga binoan davo qilinadi. O'tiriladigan vannachalar tayinlanadi. Har bir defekatsiyadan keyin albatta yara bog'lanadi.


Download 468,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish